9.1-rasm. Xususiy kapital tarkibi Shulardan kelib chiqib, xususiy kapital tarkibini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:
Subyekt tashkil etilayotganda shakllanadigan kapitallar:
Xususiy kapital hisobining asosiy maqsadi buxgalteriya hisobi axborotidan foydalanuvchilar uchun xususiy kapital shakllanishi, tarkibiy tuzilishi va dinamikasi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarni tayyorlash hamda taqdim etish.
Barcha mulk shakllaridagi korxonalarda xususiy kapital hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
korxona muassislari, kapitalning shakllanish bosqichlari va aksiyalar turlari bo‘yicha axborot to‘plash;
ustav kapitalining holati va harakati xususida hisobot tuzish bo‘yicha ma’lumotlar olishni ta’minlash;
qo‘shilgan kapital hamda rezerv kapitalining shakllanishi bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida hisobda aks ettirish;
korxona sof foydasining shakllanishi va uning taqsimlanishini o‘z vaqtida hisobga olish hamda nazorat qilish;
davlatga qarashli korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning ustav fondini, shuningdek, xususiy hamda aralash mulkchilikka asoslangan korxonalarning ustav kapitali ahvolnini va harakatini o‘rganish;
oddiy va imtiyozli aksiyalarni qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mulklar hamda ustav kapital (fond)ga kiritilgan mablag‘larni qayta baholash natijasida yuzaga kelgan tafovut summalar monitoringini o‘tkazish;
rezerv kapitalini hisobga oluvchi schyotlar (pul mablag‘laridan tashqari), korxona ta’sis hujjatlariga asosan foyda hisobidan hosil qilingan kapitallar, keyinchalik kiritilgan (ustav kapitalida ko‘rsatilmaydigan) aktivlarni qayta baholash yuzasidan keladigan farq mablag‘larining mavjudligi va harakatini belgilash;
korxona faoliyatining hamma davri va hisobot davridagi taqsimlanmagan foydalari hamda qoplanmagan zararlar summasining holati, harakati yuzasidan axborotlarni umumlashtirish;
xususiy kapital qatoriga qo‘shiladigan va korxona faoliyatini moliyalashtirish manbai sifatida qaraladigan grantlar hamda subsidiya kapitallarning holati, harakati to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish va hakozo.