Moliyaviy hisob va hisobat


-jadval Joylashtirilgan aksiyalar nominal qiymatini oshirish hisobiga aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining oshirilishi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə123/174
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#164705
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

9.2-jadval
Joylashtirilgan aksiyalar nominal qiymatini oshirish hisobiga aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining oshirilishi

Muomala mazmuni

Debet

Kredit

Taqsimlanmagan foyda hisobiga kapitalning oshishi aks etgiriladi

8700;
6610

6610;
8310, 8320

Obuna vositasida qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirishda buxgalteriya yozuvlari quyidagicha bo‘ladi:
9.3-jadval
Qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish hisobiga aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining oshirilishi

Muomala mazmuni

Debet

Kredit

Taqsimlanmagan foyda hisobiga qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ustav kapitalning oshirilishi

8720;
6610

6610;
8310; 8320

Qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish hisobiga ustav kapitalning oshirilishi

4610

8310; 8320

Turli mulkchilik shaklidagi korxonalar xususiy kapitali o‘zgarshi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 5-shakl “Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot”da aks ettiradi. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish maqsadi bo‘lib, xususiy kapitalning hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan holati va hisobot davri mobaynida uning tarkibidagi o‘zgartirishlar haqidagi axborotni ochib berish hisoblanadi.


Hisobotda xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi, ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) sotib olingan o‘z aksiyalari va boshqa xususiy kapital elementlari haqidagi axborot ochib berilishi kerak.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan tegishli axborotni ochib berishi kerak.
8330-“Pay va ulushlar” schyoti davlat korxonalari, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar, xususiy va boshqa korxonalar hisobida ishlatiladi.
MChJ (QMJ) ustav kapitalining miqdori jamiyatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga ko‘ra qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan kam bo‘lmasligi lozim.
Jamiyatning barcha ishtirokchilari ta’sis hujjatida belgilangan va jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida o‘z hissalarini to‘liq kiritishi kerak. Hissalar to‘liq kiritilganda ishtirokchi(lar)ga tasdiqlovchi guvohnoma beriladi.
Jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirishga u to‘liq to‘langanidan keyingina yo‘l qo‘yiladi.
Jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlari sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan (agar jamiyatning ustavida bunday qarorni qabul qilish uchun ovozlarning bundan ko‘proq soni zarurligi nazarda tutilgan bo‘lmasa) qabul qilingan qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Jamiyat ustav kapitalining ko‘paytirilishi jamiyatning mol-mulki hisobiga yoki jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalari hisobiga va agar bu jamiyatning ustavi bilan taqiqlangan bo‘lmasa, jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Korxona ro‘yxatdan o‘tgandan keyin uning ustav kapitali ta’sischilarning ta’sis hujjatlarida belgilangan hamda ustavda qayd etilgan pay va ulushlaridan tashkil topadi va 8330-“Pay va ulushlar” schyotining kreditida 4610-“Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari” schyoti bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi.
Misol. MChJ ustav kapitali 73,1 million so‘mdan iborat. Ta’sischilar ustav kapitalini quyidagicha shakllantiradilar:

  • ikki komplekt mebel – 5000 ming so‘m;

  • bir dona LG LCD televizori – 2000 ming so‘m;

  • bir dona Netbuk – 2500 ming so‘m;

  • bir dona LG konditsioneri – 2500 ming so‘m;

  • bir dona gilam – 400 ming so‘m;

  • bir dona faks apparati – 200 ming so‘m;

  • 7,7 tonna temir metal Ugolok – 15400 ming so‘m;

  • 13,75 tonna temir-metal Armatura – 22000 ming so‘m;

  • naqd pul – 23100 ming so‘m.


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin