Moliyaviy hisob va hisobat


Qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə59/174
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#164705
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

4.6. Qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
Daval xom ashyosi - daval xom ashyosini qayta ishlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaga muvofiq, buyurtmachiga qayta ishlashdan olingan mahsulotni qaytarib berish sharti bilan sanoat asosida qayta ishlash uchun boshqa shaxsga - qayta ishlovchiga berilgan va buyurtmachiga tegishli bo‘lgan xom ashyo va materiallar.
Buyurtmachi - daval xom ashyosini sanoat asosida qayta ishlashga berayotgan tashkilot;
Qayta ishlovchi - daval xom ashyosini sanoat asosida qayta ishlashga qabul qiluvchi va qayta ishlashdan olingan mahsulotni kelgusida buyurtmachiga qaytarib beruvchi tashkilot.
Daval xom ashyosini qayta ishlovchiga berish“Daval xom ashyosini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi” yoki “Daval xom ashyosini topshirish nakladnoyi” bilan rasmiylashtiriladi.
Daval xom ashyosi harakatining nazoratini ta’minlash maqsadida “Daval xom ashyosini hisobga olish vedomosti”ni yuritish lozim. Daval xom ashyosini hisobga olish vedomosti qayta ishlovchining rahbari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatlangan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Daval xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulot buyurtmachiga qaytarib berilganda, daval xom ashyosini qayta ishlash bo‘yicha ishlarning haqiqatda bajarilganligini tasdiqlovchi schyot-faktura hamda “Daval xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi” va “Daval xom ashyosining ishlatilishi to‘g‘risida hisobot” yozib beriladi.
“Daval xom ashyosining ishlatilishi to‘g‘risida hisobot” ikki nusxada tuziladi, qayta ishlovchining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanadi. Birinchi nusxa buyurtmachiga beriladi, ikkinchisi esa qayta ishlovchida qoladi.
Masala. “Paxta tozalash” AJ (davalga beruvchi) o‘zi qayta ishlashga ulgurmayotgan paxta xom-ashyosini daval asosida qayta ishlash uchun o‘ziga eng yaqin joylashgan “Amudaryo paxta tozalash” AJ (qayta ishlovchi) bilan shartnoma tuzdi. Daval asosida beriladigan paxta xom-ashyosining qiymati 17 000 000 so‘m. “Amudaryo paxta tozalash” AJ daval asosida berilgan paxta xom-ashyosining 2 000 000 so‘m qiymatdagi chigitini qaytarib berdi. Taxminiy smetaga muvofiq daval asosida berilgan paxta xom-ashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ish va xizmatlar qiymati 1 800 000 so‘mni tashkil etadi. Shartnoma shartiga ko‘ra daval asosida berilgan paxta xom-ashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ish va xizmatlar uchun haq to‘lash taxmnniy smetada ko‘rsatilgan kiymatning 40 % oldin avans tariqasida amalga oshiriladi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin