Moliyaviy hisob va hisobat


Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə61/174
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#164705
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

4.7. Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi
Tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatda mavjudligini aniqlash, ularning sotish sof qiymatini tasdiqlash va ularning but saqlanishini nazorat qilish maqsadida tashkilotlar tomonidan vaqti-vaqti bilan, lekin yilda kamida bir marotaba tovar-moddiy zaxiralarni inventarlash o‘tkaziladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni inventarlash 19-son buxgalteriya hisobi milliy standarti “Inventarlashni tashkil etish va o‘tkazish” bilan belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Inventarizatsiya o‘tkazilishi tartibiga ko‘ra, rejali va rejasiz bo‘lishi mumkin.
Nazorat organining nazorat-taftish ishlari rejasiga asosan o‘tkaziladigan inventarizatsiya rejali inventarizatsiya deb ataladi. Inventarizatsiyaning bu turi korxonalar va xo‘jaliklararo tashkilotlar taftish komisiyalari ish faoliyatida keng tarqalgan bo‘lib, ko‘p hollarda maxsus (shtatdagi) nazoratchilarning tekshirish o‘tkazish rejalariga ham kiritiladi. Rejali inventarizatsiya buxgalteriya hisob tizimida muhim o‘rin tutadi. Maxsus qarorga ko‘ra, har bir xo‘jalik mablag‘lari va moddiy boyliklari turi bo‘yicha ma’lum bir vaqt ichida inventarizatsiya o‘tkazib turilishi kerak.
Quyidagi holatlarda inventarizasiya muddatidan oldin o‘tkazilishi shart:

  • korxona mol-mulkini ijaraga berish, sotib olish, shuningdek davlat korxonasini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish chog‘ida;

  • tovar-moddiy boylliklar qayta baholanganda;

  • moddiy javobgar shaxs o‘zgarganida;

  • talon-taroj qilish yoki suiiste’mol qilish, shuningdek boyliklarning buzilishi bilan bog‘liq faktlar aniqlanganda;

  • yong‘in yoki tabiiy ofatlar sodir bo‘lganda;

  • korxona tugatilayotganida tugatish balansini tuzish oldidan va boshqa hollarda.

Tekshirish ko‘lamiga ko‘ra inventarizasiya yoppasiga yoki tanlab o‘tkaziladigan, o‘tkazish vaqti bo‘yicha rejalashtirilgan yoki to‘satdan o‘tkaziladigan inventarizasiyalarga bo‘linishi mumkin.
Inventarlash natijasida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralar kamomadi summasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda tabiiy yo‘qolish me’yorlari chegarasida, shuningdek kamomadning aniq aybdorlari aniqlanmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, uni moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan hisobot davridagi moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga kiritiladi.
Inventarizasiya - TMZning haqiqatda mavjudligini aniqlash, ularning sotish sof qiymatini tasdiqlash va ularning but saqlanishini nazoratini ta’minlab beruvchi jarayondir.27
Ishlab chiqarish zaxiralarini inventarizatsiya qilish bir yilda kamida bir marta moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin, lekin hisobot yilining 1 oktyabridan keyin amalga oshiriladi.
Inventarizasiya jarayonida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralarining kamomadi haqiqiy (balans) qiymati bo‘yicha hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti;
kredit “Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar” (1000-2900).
Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatidan yuqori bo‘lsa, daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti – aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymatiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti
- kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga; kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan tovar-moddiyzaxir larining bozor qiymati va kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy balans qiymati o‘rtasidagi farqiga.
Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati (undirladigan summa) kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatidan past bo‘lsa, ko‘rilgan zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymatiga;
debet 9430 “Boshqa operasion xarajatlar” schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati va kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymati o‘rtasidagi farqiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti - kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga.
Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda, kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining kamomadidan ko‘rilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 9430 “Boshqa operasion xarajatlar” schyoti;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar” schyoti.
Inventarizasiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan (ortiqcha) tovar-moddiy zaxiralari aniqlangan sanadagi aynan shunga o‘xshash tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati bo‘yicha baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet “Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar”;
kredit 9390 “Boshqa operasion daromadlar” schyoti.
Aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan kamomad summaning undirib olinishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet “Pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar” (5000, 5200, 5600,5700) yoki “Mehnat haqi bo‘yicha xodim hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar” (6700), yoki boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar;
kredit 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi”



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin