Moliyaviy hisob va hisobat



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə63/174
tarix20.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#164705
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

Reinvestitsiyalar — investitsiyalardan olingan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqi, texnik yordam, texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlar hamda boshqa shakldagi mukofotlar.
Investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishda moliyaviy investitsiyalar va ular bo‘yicha olingan daromadlarni to‘g‘ri hisobga olish, ularni maqsadli ishlatilishini nazorat qilish, investitsiyalar samaradorligini tahlil etish muhim o‘rin tutadi.
Investitsiyalar hisobini vazifalari quyidagilardir:
-uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni hamda ular bo‘yicha olingan daromadlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri aniqlash;
-uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar uchun ajratilgan mablag‘larni o‘z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;
- investitsiyalarni hisobga olishda BHMS va BHXSlarni keng qo‘llash;
-uzoq muddatli investitsiyalardan olingan daromadlarning korxona moliyaviy natijalarida aks ettirilishini ta’minlash;
-moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlardan byudjetga tegishli qismini amaldagi me’yoriy hujjatlarga, soliq kodeksining talabiga muvofiq, to‘g‘ri hisoblashni tashkil qilish, byudjetga tegishli qmsmini o‘z vaqtida o‘tkazishni ta’minlash;
-uzoq va qisqa muddatli molmyaviy investmtsiyalar hmsooiga kelib tushgan mablag‘lardan korxonani kengaytirish, rivojlantirish va korxonajamoasi ehtiyoji uchun ishlatishni ta’minlash.
5.2. Investitsiyalarni turkumlash va baholash
Respublikamiz iqtisodiyotiga safarbar etilgan investitsiyalar import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishning barpo qilinishi va yangi mahsulot turlarining o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq.

5.1-rasm. Investsiyalarning turlari.
Investitsiya kiritish maqsadlari va ular bilan bog‘liq risklardan kelib chiqqan holda investitsiyalar venchur (riskli), bevosita, portfel va annuitet kabi turlarga tasniflanadi.
Demak, investitsiyalar aniq va noaniq, lekin ehtimol risklar ostida kapitalni muayyan jarayonlarga, muayyan vaqtga bog‘lash bo‘lib, uning hozirgi qiymatini saqlash, kapitallashtirish va jamg‘arish maqsadiga qaratiladi.
Kapital investitsiyalarga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiyalashga, rekonstruktsiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.
Innovatsiya investitsiyalariga yangi yoki takomillashtirilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni), ishlab chiqarish jarayonini, tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yangi marketing uslubini yoki tashkiliy uslubni ishlab chiqish va o‘zlashtirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.
Ijtimoiy investitsiyalarga inson salohiyatini, ko‘nikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.
Moliyaviy investitsiyalar - xo‘jalik yurituvchi subyekt tasarrufidagi daromad olishga (foiz, royalti, dividend va ijara haqi shaklida) mo‘ljallangan, investitsiya qilingan sarmoya qiymatining ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniya boshqa naf olish uchun foydalanadigan aktivlar.30
Moliyaviy sarmoya - bu sizning mablag‘ingizni katta miqdorda o‘sishi yoki qadriga etishiga umid bilan pul qo‘ygan aktivdir. Bu g‘oya shundan iboratki, uni keyinchalik yuqori narxda sotishingiz yoki unga ega bo‘lganingizda pul topishingiz mumkin bo‘ladi. 31
Joriy (qisqa) investitsiyalar - erkin sotiladigan va bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda egalik qilishga qaratilgan qimmatli qog‘ozlardir, ular odatda bozor (likvidli) qimmatli qog‘ozlari deb ataladi.
Qisqa muddatli investitsiyalar kompaniyaning balansidagi mavjud aktivlar bo'limida hisobning bir qismidir. Ushbu hisob kompaniyaning bir yil ichida naqd pulga aylanishi kutilgan har qanday sarmoyani o'z ichiga oladi. Aksariyat hollarda, bu hisoblarda qimmatli qog'ozlar va obligatsiyalar mavjud bo'lib, ular tezkor ravishda tugatilishi mumkin.32
Joriy (qisqa) investitsiyalar ulushi, qarz va qimmatli qog‘ozlari bilan aks ettirilgan bo‘lishi mumkin.
Ulushli qimmatbaho qog‘ozlar, odatda, oddiy va imtiyozli aktsiyalar bilan ifodalanadi.
Qarz qimmatli qog‘ozlari odatda obligatsiyalar, xazina veksellar, depozit sertifikatlari va hokazolar bilan ifodalanadi.
Uzoq muddatli investitsiyalar - bir yildan uzoq bo‘lgan muddatda egalik qilishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan investitsiyalardir. Ular odatda investitsion portfelda ulushli (aktsiyalar) va qarz (uzoq muddatli obligatsiyalar) qimmatli qog‘ozlar bilan ifodalangan bo‘ladi.
Uzoq muddatli investitsiya kompaniya balansining aktiv tomonida joylashgan bo‘lib, u kompaniyaning investitsiyasini, shu jumladan zaxiralarni, obligatsiyalarni, ko'chmas mulkni va naqd pulni bir yildan ortiq vaqt davomida foydalinishi tushiladi. Uzoq muddatli investitsiya hisoboti asosan qisqa muddatli investitsiya hisobidan farq qiladi, chunki qisqa muddatli investitsiyalar eng ko'p sotiladigan bo'lsa, uzoq muddatli investitsiyalar hech qachon sotilmasligi mumkin.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin