Qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqning korxonaga o‘tishini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar asosida aks ettiriladi
0610
5110
Qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bilan bog‘liq, ularning qiymatiga kiritiladigan xarajatlar aks ettiriladi
0610
6010; 6990
Bunda xarid qilingan qimmatli qog‘ozlarning xarid qiymati ularning nominal qiymatidan yuqori bo‘lsa, unda xarid qilish paytidan so‘ndirish paytigacha bo‘lgan davr mobaynida xarid va nominal qiymatlar o‘rtasidagi farq summasi hisobdan chiqariladi:
Misol . Korxona summasi 22 mln so‘m bo‘lgan 4 000 dona aktsiyani xarid qildi. Aktsiyalarning nominal qiymati 5000 so‘m. Korxona mazkur aktsiyalar paketini 15 oy o‘tgandan keyin sotishni rejalashtirgan.Aktsiyalarni sotib olish narxi va nominal qiymati o‘rtasidagi farq 2 mln so‘mni [(5 500 - 5 000) x 4 000] tashkil etadi. U 15 oy davomida moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga hisobdan chiqarilishi kerak.