Moliyaviy ijara bo‘yicha joriy majburiyatlarni so‘ndirish aks ettiriladi
625
6950
5110
5
Yil oxirida to‘lovlarni uzoq muddatlidan joriy qismiga o‘tkazish
7500
7910
6950
Misol. Korxona avval ishlatilgan ofis uskunasini tekinga oldi. Qabul qilish-topshirish xujjatlari bo‘yicha uskuna qiymati 12000 ming so‘mni tashkil etdi. Avval hisoblangan eskirish summasi — 4800 ming so‘m. Korxonaning uskunani o‘rnatish va tekshirish xarajatlari 260 ming so‘mni tashkil etdi. Ofis uskunasining boshlang‘ich qiymati 12260 ming so‘m (12000 + 260) bo‘ladi. Korxonaning uskunani yaroqli holatga keltirish xarajatlari uning boshlang‘ich qiymatiga qo‘shiladi. Uskunani tekinga olish bo‘yicha foyda solig‘i 12000 ming so‘m miqdoridan hisoblanishi kerak.
Bu yerda quyidagi savol paydo bo‘ladi: avval hisoblangan eskirish summasi (uskuna yangi emas) qabul qilish-topshirish xujjatlarda qanday aks ettiriladi?
Korxona buxgalteriyasi uskuna kelib tushgach (u eski yoki yangiligidan qat’i nazar), o‘rnatilgan ko‘rsatma bo‘yicha hisob inventar kartochkasini ochib, unga obyekt haqida barcha ma’lumotlarni kiritadi, ya’ni obyekt haqida boshlang‘ich axborotlarni tuzadi: uskuna qiymati, mazkur korxonadagi foydali xizmat muddati, amortizatsiyani hisoblash usuli va boshqa. Bunda asosiy vositalar obyektining xizmat muddati mazkur obyektdan avvalgi mulkdor foydalangan muddat hisobga olingan holda belgilanishi mumkin. Shunday qilib, uskunani kirim qilishda ilgari hisoblangan eskirish summasi e’tiborga olinmasligi kerak.