Mol yetkazib beruvchi bilan yakuniy hisob-kitob amalga oshirildi
6010
5210
6
Import qilishda yuzaga keladigan hamda asosiy vosita xarid qiymatiga kiritiladigan bojxona to‘lovlari va boshqa xarajatlar aks ettiriladi
0820
6990
7
Import shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar foydalanishga topshirildi
0100
0820
Misol. Korxona oldin foydalanilgan engil avtomobilni moliyaviy ijaraga olish to‘g‘risida shartnoma tuzdi(2 yil). Avtomobilning boshlang‘ich qiymati 20000ming so‘m. Hisoblangan eskirish 5 000 ming so‘mni tashkil etadi. Ikki yilga ijara haqi shartnomaga ko‘ra avtomobilning qoldiq qiymatiga teng va 15000 ming so‘mni tashkil etadi. Ushbu summa har oy teng ulushda to‘lanishi lozim.
Ijara to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlar joriy va uzoq muddalilarga bo‘linadi. Joriy qismi 6950-“Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi” schyotida, uzoq muddatlisi esa 7910-“To‘lanadigan uzoq muddatli ijara” schyotida aks ettiriladi. Har oylik ijara haqi 625 ming so‘mni tashkil etadi.
Molyaviy ijara shartnomasiga asosan olingan asosiy vositalar ijarachi tomonidan 0310-“Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyotida hisobga olinadi. Ularga hisoblangan eskirish 0299-“Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyotida aks ettiriladi.