Moliyaviy hisobotlar tarkibi



Yüklə 77,74 Kb.
səhifə1/5
tarix27.12.2023
ölçüsü77,74 Kb.
#200332
  1   2   3   4   5
Moliyaviy hisobot va uning tarkibi. Oraliq moliyaviy hisob


Moliyaviy hisobotlar tarkibi
Reja:

  1. Moliyaviy hisobot va uning tarkibi. Oraliq moliyaviy hisobotlar.

  2. Moliyaviy hisobotni tuzishga tayyorgarlik ko‘rish tartibi (inventarizatsiya).

  3. Moliyaviy hisobot axborotidan foydalanuvchilar.

  4. Buxgalteriya balansi va uni tuzish tartibi.


1.Moliyaviy hisobot va uning tarkibi. Oraliq moliyaviy hisobotlar.
Hisobotlarni tuzish va taqdim etish jarayonida moliyaviy hisobotlarga alohida e’tibor qaratamiz va uning maqsadiga to‘xtalib o‘tamiz.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 22- moddasiga muvofiq moliyaviy hisobotga quyidagicha ta’rif berilgan: “Moliyaviy hisobot - buxgalteriya hisobi sub’ektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir.
Bizning fikrimizcha umumlashtirgan holda moliyaviy hsobotga quyidagicha tarif berish mumkin.
Moliyaviy hisobot – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning hisobot davri davomida amalga oshirgan moliyaviy mablag‘larining harakati va natijalari to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lib, undan xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy tahlil, oqilona nazorat yuritilishi va samarali boshqarish uchun foydalaniladi.
Moliyaviy hisobotning maqsadi xo‘jalik sub’ektining moliyaviy ahvoli, faoliyati, moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishdan iborat. Biroq moliyaviy hisobot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan butun axborotni o‘z ichiga olmaydi, chunki hisobot asosan avvalgi voqealarning natijalarini aks ettiradi.
Moliyaviy hisobotning maqsadi— buxgalteriya hisobi sub’ektining hisobot sanasidagi moliyaviy ahvoli, uning hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining aylanishi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishdan iborat hisoblanadi. Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi. Buxgalteriya hisobi sub’ekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o‘z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini moliyaviy hisobot tarkibiga kiritadi. Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 24- moddasiga muvofiq moliyaviy hisobotning hisobot davri
1 yanvar - 31 dekabr kalendar yili yillik moliyaviy hisobotning hisobot davri bo‘lib hisoblanadi. Yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxs huquqi qo‘lga kiritilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31 dekabriga qadar bo‘lgan davr, yuridik shaxs bo‘lmaganlar uchun esa, ular davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘sha yilning 31 dekabriga qadar bo‘lgan davr birinchi hisobot yili deb hisoblanadi. Agar yuridik shaxs 1 oktyabrdan keyin ro‘yxatga olingan bo‘lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 dekabrida tugaydi. Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 25- moddasiga muvofiq moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:

  • davlat soliq xizmati organlariga;

  • ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;

  • davlat statistika organlariga;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.

Moliyaviy hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilishi mumkin.
Moliyaviy hisobot yilning har choragida taqdim etiladi.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar buxgalteriya balansidan hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan iborat faqat yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Yuqorida aytib qtilgan axborotlardan tashqari, moliyaviy hisobotda batafsilroq ma’lumotlar ham beriladi. 1-BHMAga asosan, moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarga pul mablag‘lari harakati oqimini taxmin qilishga yordam beradigan, korxonaning mulki va ixtiyoridagi resurslari tqg‘risida quyidagi ma’lumotlarni qz ichiga olishi lozim:

  • korxonaning nazorati ostida bo‘lgan aktivlar haqida;

  • korxonaning passivlari haqida;

  • korxonaning taqsimlanmagan daromadi, korxonaning bir davrdan boshqa davrga o‘tishdagi iqtisodiy imkoniyatlari va majburiyatlaridagi o‘zgarishlar haqida;

  • pul mablag‘larining harakati haqida.

Moliyaviy hisobot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan butun axborotni o‘z ichiga olmaydi, chunki hisobot asosan bo‘lib o‘tgan voqealarning natijalarini aks ettiradi. Korxonaning istiqboli (prognozi) va budjetiga oid barcha hisob-kitoblar fan va texnikaning yutuqlariga asoslanib, istiqboldagi rivojlanishni hisobga olib real bo‘lishi lozim. Bunday budjetlash va istiqbolni belgilash to‘g‘ri va aniq hisobot ma’lumotlari negizidagina ro‘yobga chiqishi mumkin, ana shu hisobot ma’lumotlarining o‘zi esa istiqbolni belgilash davri boshlanishi oldidan korxona erishgan darajani ta’riflab beradi.
Hisobot shakllarida korxona ishlab chiqarish-xo‘jalik va moliya faoliyati natijalarining yig‘ma ma’lumotlarni jamlaydi. Buxgalteriya, statistika, operativ-texnikaviy hisobot ma’lumotlarida asosiy va oborot mablag‘larining holati, ularning shakllanish manbalari va ulardan foydalanishning holati hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi umumlashgan va hisobot shakllari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan ko‘rsatkichlarning tizimlashtirilgan majmuasidan iboratdir. Hisobot ko‘rsatkichlaridan korxona va uning alohida tarkibiy bo‘linmalari (uchastka, tseh va shu kabilar) ho‘jalik faoliyatiga baho berish uchun keng ko‘lamda foydalaniladi. Haqiqiy ko‘rsatkichlarni rejadagi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslashning mumkinligi korxona faoliyatini boshqarish, nazorat qilish va bu faoliyatga holisona baho berishning zarur shartidir. Taqqoslash uchun muhimi- ushbu ko‘rsatkichlar o‘sha bir hil ko‘rsatkichlar doirasini, bir davrni qamrab olishi, yagona uslub asosida aniqlanishi va baho berilishidir.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobotga uslubiy rahbarlik qiladi, mazkur vazirlik barcha tashkiliy- huquqiy shakllardagi korxonalarda amal qilishi lozim bo‘lgan moliyaviy buxgalterik hisoboti shakllarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Korxona yillik hisobotni tuzayotganda O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni, korxonalar moliyaviy - ho‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi, shuningdek, boshqa me’yoriy va qonun hujjatlariga tayanishi lozim.
Turlariga ko‘ra u operativ, buxgalteriya(boshqaruv hisobotlari, moliyaviy hisobot), statistika va soliq hisobotlariga bo‘linadi.
Korxonalarning hisobotini quyidagi alomatlarga ko‘ra, ya’ni turlari, tuzishning maqsadi, davriyligi, hajmi va shu kabilarga qarab tasnif etish mumkin.

Moliyaviy holatni aniqlash bilan bevosita bog‘liq elementlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, rezervlar, daromadlar va xarajatlar. Ular quyidagi tarzda aniqlanadi:
1. Aktivlar - sub’ekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir.
2. Majburiyatlar - shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakat amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to‘lash va boshqalar yoxud muayyan harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan o‘z majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir;
3. Xususiy kapital - sub’ektning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir;
4. Rezervlar - kelgusida muayyan xarajatlarga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan xususiy kapitalning bir qismidir;
5. Daromadlar - hisobot davrida aktivlarning ko‘payishi yoxud majburiyatlarning kamayishidir;
6. Xarajatlar - hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning ko‘payishidir;
7. Moliyaviy natijalar - xo‘jalik yurituvchi sub’ektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining yakuniy iqtisodiy yakunidir.
Baholash - aktivlar va majburiyatlar e’tirof etiladigan va moliyaviy hisobotlarda qayd etiladigan pul o‘lchovining usulidir.
Moliyaviy hisobotlarda baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
1. Boshlangich qiymat. Aktivlar sotib olti vaqtida erishilgan tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra belgilangan joriy qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni bajargunga qadar to‘lanadigan pul mablaglari summasi bo‘yicha majburiyatlarga almashib olingan mablaglar summasida aks ettiriladi.
2. Joriy qiymat. Aktivlar ana shu yoki shunga o‘xshash aktiv endigina sotib olingan bo‘lgandagi holatda to‘lanishi kerak bo‘lgan pul mablaglari summasi bo‘yicha hisobotda aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni to‘lash uchun talab etiladigan pul mablaglarining diskontlanmagan summasida aks ettiriladi.
3. Sotish qiymati. Aktivlar sotishdan olinishi mumkin bo‘lgan pul mablaglari summasi bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar ularni to‘lash qiymati bo‘yicha aks ettiriladi, bunday qiymat esa majburiyatlarni to‘lash uchun talab etiladigan pul mablaglarining diskontlanmagan summasidir.
4. Diskontlangan qiymat. Aktivlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektning oldin faoliyati davomida aktivlarni ko‘paytirishi lozim bo‘lgan bo‘lgusi pul mablaglari tushumining diskontlangan qiymati bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi.
Majburiyatlar kelgusida o‘tkaziladigan pul mablaglarining diskontlangan qiymatidan iborat bo‘lgan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning oddiy faoliyati davomida majburiyatlarni to‘lash uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi.
5. Balans qiymati - hisobot sanasida buxgalteriya balansida aktivlar va majburiyatlarni aks ettirish qiymatidir.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda boshlangich qiymatni baholash uchun asos qilib oladilar. Undan odatda baholashning boshqa asosiy tushunchalari bilan birgalikda foydalaniladi.

Yüklə 77,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin