Moliyaviy hisobotlarda moliyaviy koeffitsientlardan foydalanish



Yüklə 120,21 Kb.
səhifə1/2
tarix26.10.2023
ölçüsü120,21 Kb.
#161471
  1   2
MOLIYAVIY HISOBOTLARDA MOLIYAVIY KOEFFITSIENTLARDAN FOYDALANISH


MOLIYAVIY HISOBOTLARDA MOLIYAVIY KOEFFITSIENTLARDAN FOYDALANISH

Reja
1.Moliyaviy koeffitseintlar. Moliyaviy koeffitseintlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqliklar.


2. Rentabillik ko'rsatkichlari. Aktivlarning aylanuvchanligi ko'rsatkichlari.
3. O'z mablag'i yoki qarz olingan mablag'lardan moliyalashtirish yoki moliyaviy "dastak".
4. Moliyaviy revilij ko'rsatkichlari. Likvidlik ko'rsatkichlari. Bozor qiymati "bahosi" ko'rsarkichlari.
5. Moliyaviy koeffitseintlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqliklar.
6. Moliyaviy "richag" (dastak) samarasi.
7. Foiz stavkasi va faoliyat siklining REOga ta'siri.
8. Moliyaviy koeffitseintlardan foydalanish asosida tahlilni cheklash.


Tayanch iboralar: Moliyaviy hisobot, moliyaviy koeffseint, foiz stavkasi, samaradorlik, rentabillik ko'rsatkichlar, faoliyat sikli, moliyaviy revilij, moliyashtirish, korxona, xojaliklar, yakka egalik qilish, shirkat, korporatsiya birjadan tashqari bozor, moliyaviy oqimlar, ahloqiy risk, yoqimsiz (noqulay) tanlov, umrbod (hayotiy) renta, "komitent-komissioner" muammosi, qarzlarni ta‘minlash printsipi (uslubi), qayd qilingan daromadli vositalar, pul bozori, kapital bozori, likvidlik, qoldiq talab.
1. Moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili.
Korxona moliyaviy holatini tahlil qilish jarayonida ayniqsa, uning likvidligi va to‘lovga layoqatliligini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona balansining likvidligi deganda, balansdagi likvid mablag‘larning balansida ko‘rsatilgan majburiyatlarni qoplash darajasi tushuniladi.Aktivlarning likvidligi - balans likvidligining aksi bo‘lib, vaqt bo‘yicha aktivlarning pul mablag‘lariga aylanishi tushuniladi. Likvidlilik darajasi bo‘yicha balans aktivini guruhlashtirish:eng ko‘p to‘lov qobiliyatli aktivlar, tez sotiladigan aktivlar, sekin sotiladiga aktivlar, qiyin sotiladigan aktivlar.Balans passivlari ularni to‘lash muddatlari darajasi buyicha quyidagicha guruxlashtiriladi: eng tez to‘lanadigan majburiyatlar, qiska muddatli passivlar, uzoq muddatli passivlar, doimiy passivlar.Korxonaning to‘lov qobiliyati eng muhim ko‘rsatkich hisoblanib, u korxona moliyaviy holatining barqarorligini ifodalaydi. To‘lov qobiliyati korxonaning o‘z aylanmma mablag‘larining saqlanuvchanligi, tez pulga aylanadigan (likvid) aylanma aktivlarning holatiga ulardan samarali foydalanishiga bog‘liq. Bularga quyidagilar kiradi:
- joriy (umumiy) likvidlik koeffitsiyenti. U aylanma aktivlarga qo‘yilgan moliyaviy resurslarning necha so‘mi joriy majburiyatlar bir so‘miga to‘g‘ri kelishini ifodalaydi.
- oraliq (muddatli) likvidlilik koeffitsiyenti. U joriy majburiyatlardagi pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va boshqa aktivlar ulushini tavsiflaydi.
- mutlaq likvidlik koeffitsiyenti. Bu ko‘rsatkich pul mablag‘larining qisqa muddatli majburiyatlardagi ulushini tavsiflaydi.
Moliyaviy barqaror korxona deganda, korxona aktivlariga qo‘yilgan mablag‘larni o‘z mablag‘lari hisobiga qoplaydigan, muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlariga yo‘l qo‘ymaydigan hamda o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajaradigan korxona tushuniladi. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlarining ahamiyati asosan kreditorlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.. Ularga mustaqillik, moliyaviy qaramlik va moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari kiradi:
- mustaqillik koeffitsiyenti. Ushbu ko‘rsatkich korxona mablag‘larining qarz mablag‘lariga qaram emasligini tavsiflaydi. U o‘z mablag‘larining xo‘jalik mablag‘lari umumiy summasiga nisbati tariqasiga aniqlanadi;
- moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti. Ushbu ko‘`rsatkich korxonani o‘z mablag‘larining bir so‘miga qancha xo‘jalik mablag‘lari too‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi va xo‘jalik mablag‘larining o‘z sarmoyasiga nisbati sifatida aniqlanadi;.
- moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti. U o‘z mablag‘larining qarz mablag‘lariga nisbati sifatida aniqlanadi.
Moliyaviy hisob va buxgalteriya hisobining asosiy printsiplari va amaliy normalari o‘rtasidagi mavjud farqqa qaramay, firmaning moliyaviy hisobotlarida uning moliyaviy ahvoli, o‘tmishdagi xo‘jalik faoliyati samaradorligi to‘g‘risida mahlumotlar bo‘ladi va ular rahbarlarga kompaniyaning bo‘lajak ishini tahlil qilish va istiqbollarini belgilashda, albatta, asqotadi. Kompaniyaning moliyaviy hisobotlari asosida kompaniya faoliyatining moliyaviy natijalarini tahlil qilishda bir qator maxsus koeffitsientlardan foydalaniladi va bu koeffitsentlar yordamida turli kompaniyalar ko‘rsatkichlarini yoki bitta kompaniyaning turli yillardagi ko‘rsatkichlarini taqqoslash mumkin.
Mazkur koeffitsentlardan foydalanib, firma faoliyati samaradorligining quyidagi beshta asosiy jihatlarini tahlil ilish mumkin:
1. Rentabellik;
2. Aktivlarning aylanuvchanligi;
3. O‘z mablag‘i yoki qarz olingan mablag‘lardan moliyalashtirish yoki moliyaviy “dastak”;
4. Likvidlik;
5. Bozor qiymati (bahosi).
Quyidagi jadvalda ushbu koeffitsentlarning barchasi va «Fayz»korporatsiyasi uchun ularni hisoblab chiqarish misollari ko‘rsatilgan. Jadvalda birinchi bo‘lib, rentabellik (yoki daromadlilik) koeffitsenti keltirilgan. Tahlil davomida firma sotish rentabelligi koeffitsentini, uning aktivlari rentabelligi yoki kapital daromadliligini aniqlash mumkin. Birinchi va ikkinchi holatda foyda ko‘rsatkichi sifatida foizlar va soliqlarni to‘lashdan oldingi korporatsiya foydasi olinadi (FSTOKF), oxirgi holatda esa – sof foyda olinadi. Bundan tashqari, agar moliyaviy koeffitsentni hisoblab chiqish uchun asos bo‘ladigan bitta ko‘rsatkich kompaniya faoliyatining moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisobotdan olingan bo‘lsa, demak mahlum davrni ifodalaydi. Ikkinchi komponent esa balansdan olinadi va kompaniyaning mahlum vaqtdagi moliyaviy ahvolini aks ettirsa, u holda, odatda, yil oxiri va yil boshidagi balans ko‘rsatkichlarining o‘rtacha arifmetik soni hisoblab chiqariladi va bu son maxraj sifatida ishlatiladi.
Bundan keyin jadvalda aktivlar aylanuvchanligi koeffitsenti keladi. Ular yordamida firma daromad olish maqsadida o‘z aktivlaridan qanchalik samarali foydalanayotganini aniqlash mumkin. Aktivlar aylanuvchanligi – bu umumiy mezon. Debitorlik qarzi aylanuvchanligi va tovar-moddiy zaxiralar aylanuvchanligi esa tegishli toifadagi aktivlarni baholash uchun qo‘llaniladigan maxsus mezonlardir.
Keyin jadvalda moliyaviy “dastak” koeffitsentlari sanab o‘tilgan bo‘lib, ular firma kapitali tuzilmasini va firmaning kreditorlar oldida qarzdorligi darajasini aks ettiradi. Qarzdorlik koeffitsenti kapital tuzilmasini o‘lchashga xizmat qiladi.
Foizlarni qoplash koeffitsenti yordamida esa firmaning foiz to‘lovlari bo‘yicha xarajatlarni ko‘tara olish qobiliyatini o‘lchash mumkin.
Jadadvaldagi to‘rtinchi guruh koeffitsentlari likvidlik koeffitsentlaridan tashkil topgan. Bu koeffitsentlar firma o‘zining qisqa muddatli majburiyatlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga, yoki o‘z hisob varaqlari bo‘yicha to‘lashga va shundan keyin to‘lovga qodir bo‘lib qolishini baholash uchun ishlatiladi. Likvidlik darajasini baholashga xizmat qiladigan asosiy koeffitsentlar – bu joriy likvidlik koeffitsenti va ancha aniqroq hisoblanadigan kritik baholash koeffitsentlari bo‘lib, ular yordamida eng yuqori likvidlikka ega aylanma aktivlar: pul mablag‘lari va bozor qimmatli qog‘ozlari baholanadi.
So‘nggi bo‘limida bozor qiymati koeffitsentlari sanab o‘tilgan bo‘lib, ular yordamida firmaning buxgalteriya hisobidagi mahlumotlar uning bozor qiymatiga qanchalik to‘g‘ri kelishi baholanadi. Bu guruhdan eng ko‘p qo‘llaniladigani – bu aktsiya bahosi va sof foyda nisbati koeffitsenti (R/E) va aktsiyalarning bozor va balans qiymati nisbati koeffitsentidir (M/V).
Firmaning moliyaviy koeffitsentlarini tahlil qilishda, avvalambor, quyidagi ikki jihatni inobatga olish zarur:
 vaziyat kimning nuqtai nazaridan baholanadi: aktsiyadorlarning nuqtai nazaridanmi yoki kreditorlarningmi?
 ko‘rsatkichlarni taqqoslash uchun mezon sifatida nimadan foydalaniladi?
Mezoniy etalonlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
 xuddi shu davr bo‘yicha boshqa kompaniyalarning moliyaviy koeffitsentlari;
 o‘rganilayotgan kompaniyaning turli davr bo‘yicha moliyaviy koeffitsentlari;
 moliyaviy bozorlardan olish mumkin bo‘lgan mahlumotlar, masalan, aktivlar bahosi yoki foiz stavkalari.
Hozirgi paytda turli (jumladan, sanoat) sohalar(i) bo‘yicha moliyaviy koeffitsentlar to‘g‘risidagi mahlumotlarni olish mumkin bo‘lgan ko‘plab manbalar mavjud. Dan & Bradstreet, (2) Robert Morris byurosining yillik hisobotlar bo‘yicha tadqiqotlari, (3) Savdo palatasining har chorakdagi moliyaviy hisobotlari va (4) turli tijorat assotsiatsiyalari ana shular jumlasidandir. Bundan tashqari, bu mahlumotlar endilikda kompaktdisklarda va Internet orqali tarqatilmoqda.


Yüklə 120,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin