Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish


 Moliyaviy hisobotlarini tuzish va taqdim etish



Yüklə 232,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix17.05.2023
ölçüsü232,51 Kb.
#115674
1   2   3
13-MAVZU Молиявий хисобот

13.2. Moliyaviy hisobotlarini tuzish va taqdim etish
Birinchi navbatda, shuni aytish joizki, korxonalar (xorijiy investitsiyali 
korxonalardan tashqari) majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak va 
yillik hisobotini topshiradi:
• 
ta’sis hujjatlariga binoan mulkdorlar (mulkni boshqarish bo‘yicha vakolatli 
organlar, ta’sischilar); • davlat soliq inspektsiyasiga;


• 
0‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatini ay rim 
tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuksaltirilgan boshqa 
davlat organlariga. 0‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi 
Qonuniga binoan: - barcha korxona va muassasalar uchun hisobot yili 1 уanvardan 
31-dekabrgacha bo‘lgan davr hisoblanadi.

yangi tashkil etigan korxona va muassasalar uchun birinchi liisobot yili 
boMib, ular yuridik huquqqa ega bo‘lgan sanadan shu yilning 31 dekabrigacha 
bo‘lgan davr hisoblanadi. 1-oktyabrdan keyin tashkil etilgan (tugatilgan, qaytadan 
tashkil etilgan) korxonalar va ulaming strukturaviy bo‘linmalari asosida tashkil 
etilganlardan tashqari korxonlara uchun ulaming yuridik huquqqa ega bo‘lgan 
sanadan keyin yilning 31-dekabrigacha bo‘lgan davmi birinchi hisobot yili davri 
hisoblashga ruxsat beriladi.

korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini 0‘zbekiston 
Respubilkasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar.
Shuni ham eslatib o‘tish kerakki, korxonaning xo‘jalik faoliyati natijalari, mulkiy va 
moliyaviy holati to‘g‘risidagi yillik buxgalteriya hisoboti foydalanuvchilar (birja, 
xaridor, mol yurituvchi va boshqalar) uchun ochiq bo‘lib nashr etilishi mumkin. 
Nashr etilgan hisobotning to‘g‘riligi mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan 
tasdiqlanadi.
Hisobot buxgalteriya hisobining natijasi bo‘lib, subyektning moliyaviy bo‘g‘indagi 
o‘zgarishlarini aniqlab beradi131.
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi tizimining yakuniy natijasi sifatida moliyaviy 
hisobot subyektining moliyaviy holatini va uning moliyaviy ahvolidagi 
o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Bunday axborotlardan ko‘plab iste’molchilar quyidagi 
maqsadlardla foydalanadi:
a) kreditlar berish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va investitsion qarorlar qabul qilish 
uchun;
b) subyektning kelgusidagi pul oqimlarini baholash;
c) subyektning resurslari, majburiyatlari va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida 
tasavvurga ega bo‘lish.
Moliyaviy hisobotning tarkibi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 
22moddasi va 1-son BHMSning 12-bandida ko‘rsatilgan.
Xo‘jalik subyektlarining (kichik korxona va mikrofirmalardan tashqari) yillik 
moliyaviy hisobotlari quyidagilardan tashkil topadi:

«Buxgalteriya balansi» (1-shakl);

«Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» (2-shakl);

«Pul oqimi to‘g‘risida hisobot» (4-shakl);

«Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot» (5-shakI); - izohlar, hisob-kitoblar va 
tushuntirishlar. Moliyaviy hisobotlarda quyidagi axborotlar to‘liq aks 
ettirilishi kerak:
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, 
identifikatsiyalangan nomeri va subyektni aniqlab olish uchun zarur bo‘ladigan 
boshqa rekvizitlar;


2. Xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, 
indentifikatsiyalangan nomeri va subyektni aniqlab olish uchun zarur boMadigan 
boshqa rekvizitlar;
3. Moliyaviy hisobot bir korxonanikimi yoki bir guruh korxonanikimi;
4. Hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotlar qaysi davami o‘z ichiga olishi;
Topshirilgan hisobot axborotlarini to‘g‘ri tushunish uchun quyidiga rekvizitlar 
keltirilishi lozim;
1. Moliyaviy hisobotda qo‘llanilgan valyuta turi;
2. Hisobotda foydalanilgan raqamlaming aniqlik darajasi, masalan, keltirilgan 
raqamlar ming hisobida yoki million hisobida ekanligi va h.k.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarini keyingi yilning 15 fevraldan 
kechiktirmasdan topshirishlari kerak.
Bir shaharda joylashgan subyektlar uchun moliyaviy hisobotni topshirgan kuni deb 
uni tegishli joyga haqiqiy taqdim etgan kuni hisoblanadi. Boshqa shaharlarda 
joylashgan subyektlar uchun moliyaviy hisobotni pochta orqali jo‘natgan kuni 
hisoblanadi (bu kun pochta korxonasini qo‘ygan shtampasida ma’lum).
Basharti hisobotni jo‘natgan sana dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, hisobot topshirish 
sanasi dam olish kunidan keyingi kunga ko‘chiriladi.
Choraklik yoki yillik hisobotlarni o‘z vaqtida tuzishni ta’minlash uchun 
buxgalteriyaning barcha bo‘limlarini ishlarni bajarishi muddatlarini ko‘rsatib 
yig‘ma ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi t|iiyida yuritilsa, grafik bilan 
belgilangan muddatlarda jumal - ordcrlaming jami chiqariladi, zarur bo‘lsa bir 
registrdagi summa boshqa registrlarga o‘tkaziladi va korrespondentlanuvchi 
schyotlar o‘zaro muqobil tekshiriladi.
Moliyaviy hisobotga tushuntirishlaming asosiy maqsadi korxonaning moliyaviy 
ahvoli va uning mahsulot, tovar, ish va xizmatlar bo/.oridagi o‘mi to‘g‘risida 
to‘liqroq axborotlar olish uchun hisobot •.liakllarining mazmunini to‘ldirishdan 
iborat.
Tushuntirish xatining mazmuni korxonaning joriy investitsion va moliyaviy 
faoliyatining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, jnmladan korxona ixtiyorida 
qoladigan foydaning taqsimlanishi yoki (aqsimlanmasligi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlami o‘z ichiga oladi. Hisob siyosatining tovar-moddiy zaxiralami 
baholash, ulaming tayyorlanishi va ishlatilishi, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar 
bo‘yicha amortizatsiya hisoblash hamda ular faol qismidan foydalanishning 
samaradorligini tahlil qilish, mahsulot (ish, xizmat) realizatsiyasidan olinadigan 
tushumlami hisoblash variantlari, yangi mahsulotlami ishlab chiqishga doir turli 
investitsion loyihalaming rejalashtirilish va amalga oshirilishi, uning sifatini 
yaxshilash va hokazolar bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.
2015-yilga qadar soliq to‘lovchilar qay tarzda hisobot taqdim etishni o‘z 
xohishlariga qarab tanlashlari mumkin edi - shaxsan olib borib berish, pochta orqali 
buyurtma xat bilan yoki Internet tarmog‘i orqali elektron hujjat tarzida. Biroq, 
2015yilning 1-yanvaridan boshlab barcha tadbirkorlik subyektlari soliq hisobotlarini 
faqat elektron hujjat tarzida taqdim etishlari lozim.


Moliyaviy hisobot shakllariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi, imzolar muhr 
bilan tasdiqlanadi.
Moliyaviy hisobotda o‘chirish va ustiga yozishlar bo‘lmasligi kerak. Xatolar 
tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ulami moliyaviy hisobotlarga imzo 
chekkan shaxslar tasdiqlab, tuzatish sanasini ko‘rsatadilar.

Yüklə 232,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin