Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish


 Buxgalteriya balansini tuzish tartibi



Yüklə 232,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix17.05.2023
ölçüsü232,51 Kb.
#115674
1   2   3
13-MAVZU Молиявий хисобот

13.3. Buxgalteriya balansini tuzish tartibi
Hisobotlami tuzish va ulami tegishli nazorat organlariga taqdim etish bu 
buxgalteriya hisobining asosiy vazifasiga kiradi. Buxgalteriya hisobini yuritishning 
asosiy maqsadi ma’lum bir xo‘jalik subyektining barcha xo‘jalik muomalalarini 
rasmiy ravishda hisobda aks ettirish va ma’lum bir davrlarda foydalanuvchilarga 
zaruriy ma’lumotlami berish hisoblanadi.
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. U 
korxona mablag‘larini guruhlash va tarkibini pul bahosida aks ettirish hamda pul 
mablag‘larini, ularni hosil etish manbalarini muayyan sanaga joylashtirish usulidan 
iborat. Shunday qilib, buxgalteriya balansi quyidagi elementlami o‘z ichiga oladi: - 
korxona egalik qiladigan vositalami aks ettiruvchi aktivlar;
- korxona tasarrufidagi o‘z sarmoyasi;
- keyinchalik belgilanishi bo‘yicha qaytarilishi lozim bo‘lgan aktivlami sotib olish, 
hosil qilish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlar.
Buxgalteriya balansi hisobot kuniga korxona mulkining tarkibi (aktivda) va uning 
shakllanish manbalarini (passivda) ko‘rsatadi.
Balans “teng bo‘lgan” aktiv va passivdan iborat bo‘ladi. Balans aktivi davr boshiga 
ham, oxiriga ham balans passiviga teng bo‘lishi kerak. Balansda “tengsizlik” bo‘lishi 
shuni bildiradiki, buxgalteriya hisobida xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan va buxgalter bu 
xatoliklarni topib, tuzatishi lozim. Shu sababli balans tuzishdan oldin analitik 
schyotlaming aylanmalari va hisobot davri oxiridagi qoldiqlarini Bosh kitobdagi 
sintetik schyotlaming aylanmalari va hisobot davri oxiridagi qoldiqlari bilan 
solishtirib chiqish lozim. Agar, buxgalterlarning aytishicha “schyotlar bo‘yicha 
tarqatish” lo‘g‘ri amalga oshirilgan bo‘lsa, debet bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlar к 
I edit bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlarga teng bo‘ladi. To‘g‘ri larqatishdan tashqari, 
balansning moddalari aktivlar va majburiyatlar bo'yicha sinchiklab qilingan 
inventarizatsiya bilan asoslangan bo‘lishi lozim.
Aktivlar — bu korxonaning unga foyda keltirishi lozim bo‘lgan mulkidir. 
Bular birinchi navbatda - asosiy vositalar (ishlab chiqarish uskunasi, binolar, 
inshootlar, transport va boshqa shunga o‘xshashlar), kassadagi va hisobraqamdagi 
pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, tovar- moddiy zaxiralari, debitorlik qarzlari. 
Aktivlar uzoq muddatli (1 yildan ortiq vaqt ishlatiladi) va joriy yoki aylanma
(aylanma) (1 yil ichida iste’mol qilinadi, ishlatiladi, sotiladi yoki pulga aylantiriladi) 
aktivlar bo‘lishi mumkin. Pul mablag‘lari har doim joriy (aylanma) aktiv deb 
hisoblanadi.
Passivlar — bu korxonaning majburiyatlari va qarzlari, ular aktivlar nima 
hisobiga olinganligini ko‘rsatadi. Aktivlar o‘zidan o‘zi pay do bo‘lmaydiku, ular har 


doim muayyan manbalar hisobiga paydo bo‘ladi (qarzlar va boshqa majburiyatlar, 
xususiy kapital).
Balans qanday bo‘limlardan tashkil topganligi va ularda nimalar aks ettirilishi 15son 
BHSM “Buxgalteriya balansi”da bayon etilgan.
Balans tuzishning bitta o‘ziga xos bo‘lgan tomonini ko‘rib o‘tamiz. Balans passivining I boiimi “0‘z 
mablagiari manbalari”ning “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” moddasida hisobot 
yilining sof foydasi (yoki zarari) va o‘tgan yillarning jamlangan foydasi (yoki zarari) aks ettiriladi. 

Yüklə 232,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin