4. MHXS (IFRS) bo’yicha moliyaviy hisobotni tayyorlashning kontseptual asoslari Buxgalteriya hisobi ma’lum bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risida moliyaviy ma’lumotlarni aniqlash, qayta ishlash va moliyaviy hisobot shaklida faoliyat yurituvchi sub’ektning moliyaviy holatiga qiziquvchi foydalanuvchilarga ma’lumotni yetkazib berishni amalga oshiradigan axborot tizimdir. Buxgalteriyaning maqsadi - turli foydalanuvchilarni ma’lumotga bo’lgan ehtiyojini, ushbu ma’lumotni olish uchun eng kam sarf-xarajatlar bilan qondirishdir.
1. Foydalanuvchilar va ularning axborotga oid talablari
Buxgalteriya hisobi foydalanuvchilar tomonidan foydalaniladigan moliyaviy ma’lumot hajmi va tavsifi bilan bog’liq.
Ma’lumot foydalanuvchilari ikki guruhga bo’linishi mumkin: ichki foydalanuvchilar, ya’ni korxona boshqaruvchilari; tashqi foydalanuvchilar, ya’ni korxonadan tasharidagilar.
O’z navbatida buxgalteriya ma’lumotidan foydalanuvchilarning ushbu guruxlarini foydalanuvchilarning quyidagi turkumlariga ajratish mumkin:
korxonani boshqaruvchilar;
sub’ektdan tashqarida bo’lib, unda bevosita moliyaviy manfaatga ega bo’lganlar;
sub’ekt faoliyatida bilvosita moliyaviy manfaatga ega bo’lganlar.
Sub’ektdan tashqarida bo’lib, unda bevosita moliyaviy manfaatga ega bo’lganlarga quyidagilar kiradi:
Mavjud va bo’lg’usi investorlar; - Mavjud va bo’lg’usi kreditorlar; - Xaridorlar.
Sub’ekt faoliyatida bilvosita moliyaviy manfaatga ega bo’lganlarga quyidagilar kiradi:
Boshqa guruhlar (auditorlar, maslahatchilar, iste’molchilar guruxlari va hok.)
Moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun foydalaniladigan buxgalteriya tamoyillarini xalqaro miqyosida bir shaklga keltirish maqsadida Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari bo’yicha Qo’mitasi (MHXSQ) tuzilgan. Ushbu Qo’mita tomonidan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) ishlab chiqilib chop etilgan va hamma joylarda tadbiq etish va rioya qilish uchun tavsiya etilgandir.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish kabi MHXSning asosiy maqsadiga erishish uchun quyidagilar belgilanishi kerak
vazifalarni echish uchun talab etiladigan moliyaviy ma’lumot; - axborot tizimini tuzish tamoyillari; - moliyaviy hisobot elementlari.