Moliyaviy investitsiyalar auditi


Moliyaviy investitsiyalar bo`yicha moliyaviy natijalarni tekshirish



Yüklə 149 Kb.
səhifə8/9
tarix22.05.2023
ölçüsü149 Kb.
#120043
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pechat Azizbek moliyaviy-investitsiyalar-auditi

5. Moliyaviy investitsiyalar bo`yicha moliyaviy natijalarni tekshirish
Subyektning moliyaviy investitsiyalardan oladigan daromadlari 9520-«Dividend ko`rinishidagi daromadlar», 9530 - «Foiz ko`rinishidagi daromadlar» va 9560 «Qimmatli qog`ozlarni qayta baholashdan olinadigan daromadlar» schyotlarida hisobga olinadi va «Mahsulot (ish, xizmat) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`g`risidagi Nizom» ga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar qatoriga kiritiladi.
«Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi... to`g`risidagi Nizom» da «Sarflangan (qimmatli qog`ozlarga, shuba subyektlarga va h.k.larga) mablag`larni qayta baholashdan olingan daromadlar»7 ni qayta baholashdan ko`rilgan zararlar qimmatli qog`ozlarga qilingan investitsiyalar va shu'ba subyektlarga berilgan mablag`larni har chorakda (yilda) qayta baholash, ya'ni ularni balansda bozor bahosi bo`yicha aks ettirish tavsiya etiladi. Ammo, bunday hisob yuritish siyosatiga qimmatli qog`ozlar bozori keng rivojlanganda erishilib, bozor qiymati haqida muntazam axborotlar mavjud sharoitda bo`lishi mumkin.
Auditor sotib olingan qimmatli qog`ozlardan tashqari subyektning o`zida chiqarilgan qimmatli qog`ozlar saqlanishi ham mumkinligini bilishi zarur. Bunday qimmatli qog`ozlar o`z jamoasi a'zolariga sotilguncha yoki birjaga berilgunga qadar 006-«qat'iy hisobot blankalari» degan balansdan tashqari schyotda hisobga olinadi.
Qo`shimcha daromad olish maqsadida ikkilamchi sotish uchun birjada sotib olingan yoki jismoniy shaxslardan (masalan, subyekt xodimi ishdan bo`shab ketayotganida) sotib olingan subyekt aksiyalari quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi, qimmatli qog`ozlarning xarid qiymatiga:
Debet 8620 - «Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli»,
Kredit 5000 - «Kassadagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlar».
Subyekt aksiyalarini ikkilamchi sotish quyidagicha aks ettiriladi, ikkilamchi sotish qiymatiga:
Debet 5000 - «Kassadagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlar»,
Debet 5100 - «Hisob-kitob schyotidagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlar»,
Debet 5200 - «Chet el valutasidagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlar», Kredit 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi».

  • qimmatli qog`ozlarning xarid bahosiga:

Debet 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»,
Kredit 5610 - «Pul ekvivalentlari» (turlari bo`yicha).

  • ikkilamchi sotish qiymatining xarid bahosidan oshgan qismiga:

Debet 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»,
Kredit 9590 - «Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari».
Agar harid qiymati ikkilamchi sotish qiymatidan yuqori bo`lsa, u holda: Debet 9690 - « Moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa xarajatlar», Kredit 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi».
Auditor bunday hollarda samarasiz moliyaviy muomalalar amalga oshirilganligining obyektiv (balki subyektiv) sabablarini aniqlashi, oqilona ish yuritilganda yo`l qo`yilmasligi mumkin yo`qotishlar ko`lamini aniqlashi va bu haqda direktorlar kengashida yoki aktsiyadorlar majlisida bildirishi zarur.
Boshqa subyektlarning ustav kapitaliga hissa qo`shish ko`rinishidagi qilingan moliyaviy investitsiyalar auditi ushbu subyektlar ustavlarini tahlil qilib, daromad olish shartlarini hamda bunday investitsiyalar samaradorligining to`g`riligi va hisobda to`liq aks ettirilganligini aniqlashdan iborat.
Moliyaviy investitsiyalar boshqa subyektlar faoliyatida hissa qo`shib ishtirok etish, aksiyalar bo`yicha dividendlar va obligatsiyalar bo`yicha daromadlar olish maqsadida amalga oshirilib, hisobda quyidagicha aks ettiriladi, olingan dividendlar (foizlar) summasiga:
Debet 5100 - «Hisob-kitob schyotidagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlar»,
Debet 5200 - «Chet el valutasidagi schyotlarni hisobga oluvchi schyotlar», Kredit 9520 - «Dividendlar ko`rinishidagi daromadlar» yoki, Kredit 9530 - «Foizlar ko`rinishidagi daromadlar».
Daromadlarning to`liq aks ettirilganligini tekshirishda, ularning miqdori buxgalteriyada hisobga olish maqsadida quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo`lganda tan olinadi:

  • subyekt ushbu daromadlarni olish huquqiga ega;

  • daromadlar summasi aniqlangan bo`lishi mumkin;

  • muayyan muomala natijasida subyekt iqtisodiy manfaatining ko`payishigaishonch bo`lganida.

Subyektning moliyaviy investitsiyalardan olgan barcha daromadlari soliqqa tortish maqsadida ikkita guruhga bo`linadi:

  • umum qabul qilingan tartibda realizatsiyadan tashqari daromadlar tarkibidasoliqqa tortiladigan daromadlar (hamkorliqdagi faoliyatdan olingan daromadlar);

  • maxsus tartibda soliqqa tortiladigan daromadlar. Bularga aksiyador - subyektgategishli va bu qimmatli qog`ozlar egasining emitent - subyekt foydasini taqsimlashda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi aksiyalar bo`yicha olingan daromadlar;

O`zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog`ozlari va mahalliy organlar qimmatli qog`ozlari;
O`zbekiston Respublikasi hududida tashkil qilingan boshqa subyektlar ustav kapitalida hissa qo`shib ishtirok etishdan olingan daromadlar. Bunday daromadlar belgilangan foiz stavka bo`yicha soliqqa tortiladi va daromadlarni to`lash manbalaridan to`lanadi.
Qimmatli qog`ozlar bozori rivojlangan davlatlarda dividend daromadining 15-25 % bo`lishi normal holat bo`lib hisoblanadi. Inflatsiya kuzatilayotgan sharoitda esa bu ko`rsatkich birdan katta (ya'ni 100 % va undan yuqori) bo`lishi mumkin.
Aksiyalar bozor bahosining ular nominal qiymatiga nisbatan yildan-yilga o`sib borishi ham subyekt rahbariyatining oqilona ish yuritayotganligidan dalolat beradi.
Qimmatli qog`ozlarga daromad hisoblanganda (olinadigan daromad miqdorida) buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
1.Obligatsiyalar uchun olinadigan foizlar:
Debet 4830 - “Olinadigan foizlar”,
Kredit 9530 - “Foiz ko`rinishidagi daromadlar”.
2.Aktsiyalar uchun olinadigan dividendlar:
Debet 4840 - “Olinadigan dividendlar”,
Kredit 9520 - “Dividend ko`rinishidagi daromadlar”.
Qimmatli qog`ozlarga dividend hisoblanganda xalqaro moliyaviy hisobotlar standartiga muvofiq ikkita usuldan foydalanish mumkin:
1.Qiymat usuli. Ushbu usul qo`llanganda, investor o`z mablag`ini boshqa subyektga dastlabki qiymati bo`yicha qo`yadi. Uning asosiy tamoyillari shundan iboratki, investitsiyalar qiymati shuba tuzilmalarning moliyaviy ahvolidan qat'iy nazar o`zgarmaydi, ulardan olinadigan dividendlar bosh jamiyat daromadi sifatida hisobga olinadi.
Bu usulni quyidagi hollarda qo`llash tavsiya etiladi:

  • shuba jamiyatini keyinchalik yaqin kelajakda sotish uchun olingan va uninazorat qilish ham vaqtinchalik bo`lganda;

  • shuba jamiyati uning bosh jamiyatiga mablag` o`tkazish qobiliyatini jiddiydarajada kamaytiradigan belgilangan uzoq muddatli muhim sharoitlar doirasida faoliyat yuritganda. Masalan, shuba jamiyatiga qarz bergan tashkilot tomonidan qo`yiladigan dividendlarni to`lashda cheklashlar mavjud bo`lishi mumkin.

2. Ulushbay ishtirok usuli. Bu usulni bosh jamiyat tomonidan shuba jamiyatga sezilarli darajada ta'sir o`tkazish va nazorat qilish hollarida qo`llash tavsiya qilinadi, u quyidagilardan iborat:

  • investitsiyalarning joriy qiymati shuba jamiyatning xojalik faoliyati natijalarigabog`liqlikda o`zgaradi: u foyda olganda investitsiyalar qiymati oshadi, zarar esa kamayadi;

  • bosh jamiyat investitsiyalardan foydani egalik ulushiga mutanosib ravishda aksettiriladi: uning shuba jamiyatidagi ulushi qancha ko`p bo`lsa, bosh jamiyat balansida investitsiyalar qiymati shuncha ko`p summaga oshiriladi;

  • olingan dividendlar daromad sifatida qaralmaydi, balki investitsiyalar qiymatinikamaytirish tarzida ifodalanadi.

Misol. «Bosh jamiyat shuba jamiyatning aksiyalarini 60 %ni 28000 ming so`m nominal qiymati bo`yicha sotib oldi va buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuvlarni amalga oshirdi:
Debet 0620 - «Shuba xojalik jamiyatlariga investitsiyalar» - 28000, Kredit 5110 - «Hisob-kitob raqami» - 28000.
Hisobot yili tugagach, sho`'ba jamiyati 4400 ming so`m sof foyda oladi va u bosh jamiyat nazoratida bo`lganligi bois investitsiyalar qiymatining oshganligini hamda daromad summasini egalik ulushiga mutanosib ravishda, (4400 x 60%) 2640 ming so`mni buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiradi:
Debet 0620 - «Shuba xojalik jamiyatlariga investitsiyalar» - 2640, Kredit 9590 - «Moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar» - 2640.
XULOSA
Ushbu kurs ishimizda keltirilgan mavzudagi jumlalarni tahlil qilish orqali shuni takidalshimiz mumkinki moliyaviy hisobot auditini to’g’ri tashkil qilish va ulardagi ma’lumotlarni haqqoniyligini tekshirish O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri bayon qilib berilgan. Shuningdek, mamlakatimiz xo’jalik sube’ktlarida moliyaviy hisobot auditini to’g’ri tashkil qilinishi va amaliy tahlil qilish natijasida ularning moliyaviy faoliyatini yanada mustaxkamlash chora tadbirlari kurs ishimizning dolzarbligini belgilab beradi.
Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi hamda auditorlik tashkiloti yuqori sifatli professional xizmat ko’rsatishga erishishi uchun o’z faoliyatini shunday tashkil etishi kerak-ki, uning ish bajarish yoki xizmat ko’rsatishda qatnashayotgan xodimlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
halollik va haqqoniylik;
professional kompetentlilik va zarur tajriba hamda malakaga egalik; professional axloq normalariga rioya qilish va belgilangan standartlar (shu jumladan korxonadagi ham) talablarini bajarish;
o’z professional majburiyatlarini bajarish chog’ida xodimlarga ma’lum bo’lgan axborotlarni maxfiy (sir) tutish printsipiga rioya qilish va hokazo.
Mijoz-korxona rahbariyati shartnoma asosida professional xizmatlar ko’rsatayotgan auditorlar faoliyati ustidan joriy nazorat o’rnatishi va ko’rsatiladigan xizmatlar sifatiga ta’sir etuvchi muammolar yuzaga kelganda ularga ma’lum qilishi mumkin.
Ta’kidlash, joizki odatda buyurtmachi auditorlik tashkilotiga murojat qilganida bitta emas, balki bir necha xizmatni olishni hohlaydi. Shuning uchun ayrim xizmat turlarini alohida ko’rib chiqishimiz mumkin.
Bu holatlar albatta auditorlik faoliyatini vazifalarini bajarishda auditorlik tamoyillarini mustaxkamligini ta’minlaydi.

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin