Moliyaviy investitsiyalar auditi



Yüklə 149 Kb.
səhifə3/9
tarix22.05.2023
ölçüsü149 Kb.
#120043
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pechat Azizbek moliyaviy-investitsiyalar-auditi

Oddiy aksiyalarga subyektning bir yillik faoliyati natijasi bo`yicha dividend to`lash mo`ljallanadi. Ular boshqarishga ta'sir ko`rsatish huquqi bo`yicha farqlanadi: ovoz berish huquqiga ega bo`lmagan va bir yoki bir nechta ovozga ega bo`lgan aksiyalar. Imtiyozli aktsiya ovoz berish huquqiga ega emas, lekin doimo dividendlar bilan ta'minlanadi va subyekt bekor qilinganda birinchi navbatda qoplanadi. Qimmatli qog`ozlar bozorida qo`llanilish turi bo`yicha nomli va taqdim etiluvchi aksiyalar farqlanadi.
Obligatsiya – bu uning egasi ma'lum miqdorda pul to`laganini va unda belgilangan muddatda nominal qiymatini va aniq belgilangan foizini so`ndirish bo`yicha majburiyatlar ko`rsatilgan qimmatli qog`oz (agarda chiqarish shartlarida boshqa narsa ko`zda tutilmagan bo`lsa).
Obligatsiyalarni subyektlarning nizom jamg`armasini shakllantirish va to`ldirish uchun, shuningdek xojalik faoliyati bilan bog`liq zararni qoplash uchun chiqarish mumkin emas.
Aksionerlik jamiyatlari hamma chiqarilgan aksiyalarni to`liq to`langanidan keyingina nizom sarmoyasi hajmining 20 %dan oshmagan miqdorda obligatsiyalar chiqarish huquqiga ega. Boshqa mulkchilik shakliga ega bo`lgan subyektlarga obligatsiyalar chiqarish summasining miqdori respublika fond bozorini tartibga soluvchi organ tomonidan belgilanadi.
G`azna majburiyatlari – taqdim etiladigan qimmatli qog`ozlar bo`lib, ularning egalari budjetga pul mablag`lari o`tkazganini va bu qimmatli qog`ozlarga egalik qilish muddati davomida aniq belgilangan daromad olish huquqini beruvchi ko`rsatuvchi egalik qiladigan davlat qimmatli qog`ozlaridir.
G`azna majburiyatlari quyidagi turlarda chiqariladi: uzoq muddatli – 5 yil va undan uzoq bo`lgan muddatga, o`rta muddatli – 1 yildan 5 yilgacha, qisqa muddatli 1 yilgacha bo`lgan muddatga. Uzoq va o`rta muddatli g`azna majburiyatlarini chiqarish bo`yicha qaror O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Qisqa muddatli g`azna majburiyatlarini chiqarish bo`yicha qarorni O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qabul qiladi. G`azna majburiyatlarini chiqarish to`g`risidagi qarorda daromad to`lash va majburiyatlarni bajarish shartlari belgilanadi.
Depozit sertifikati pul mablag`lari omonatga qo`yilganligi to`g`risida, omonatchiga belgilangan muddat tugaganidan keyin depozit summasi va unga tegishli foizlarni olish huquqini beruvchi kredit muassasasining guvohnomasidir.
O`zbekistonda sertifikatlar ikki turda chiqariladi: depozit sertifikatlari (yuridik shaxslar uchun, 1 yilgacha muddatga); depozit (jamg`arma) sertifikatlari (jismoniy shaxslar uchun, 3 yilgacha muddatga).
Veksel deb shunday qimmatli qog`ozga aytiladiki, unda veksel chiqaruvchi yoki vekselda ko`rsatilgan to`lovchini belgilangan muddat kelganda belgilangan mablag`ni veksel egasiga so`zsiz to`lanish majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog`ozdir.

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin