II. MUSTAQIL TA‟LIMNI TASHKIL ETISHNING
MAZMUNI VA SHAKLLARI
Talabalarning mustaqil ta‘lim uchun tanlagan mavzulari kelgusida
bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda
bajarilishi maqsadga muvofiqdir. Mustaqil ta‘limni tashkil etish jarayonida
talabalarga mavzu doirasida darsliklar, o‗quv qo‗llanmalar, risola, ilmiy maqola
va jurnallardan foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, talabalar mavzuni
yoritishda me‘yoriy huquqiy hujjatlarni o‗rganishga alohida ahamiyat qaratishi
lozim. Bunda O‗zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va
Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining asosiy mazmunini diqqat bilan
o‗rganish tavsiya etiladi. Qonun hujjatlarini o‗rganishda axborot tizimlaridan
foydalanish mumkin. Internet saytlari ma‘lumotlaridan samarali foydalanish,
O‗zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar,
O‗zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi va
ularning
rasmiy
saytlaridan
yangi
ma‘lumotlarni olib foydalanish lozim.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning
shakli bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi:
ilmiy loyiha, taqdimot tayyorlash, xulosalash (Rezyume, Veer) hamda ushbu
o‘quv-uslubiy qo‘llanmada keltirilgan topshiriqlarni bajarish.
Talabalarning iqtisodiy fanlardan mustaqil ta‘limni muhim tarkibiy qismi
sifatida ―
Ilmiy loyiha”
yozish borgan sari keng tadbiq etilmoqda. Ilmiy loyihani
talabalarning ilmiy ish yozishi, tadqiqot o‘tkazishini dastlabki shakli sifatida
ko‘rish mumkin.
Ilmiy loyiha biror ilmiy asar, o‘qilgan kitob, maqola kabilar mazmunining
qisqacha yozma yoki og‘zaki bayoni, o‘rganilgan ilmiy masalaning natijasi
haqidagi axborot, tegishli adabiyot va boshqa manbalar obzorini o‘z ichiga olgan
ma‘lum mavzudagi doklad.
Ilmiy loyiha odatda, ilmiy axborot vazifasini o‘taydi. Unda muayyan mavzu
bilan birgalikda, tegishli ilmiy nazariyalar, xulosalar yoritilishi va tanqid qilinishi
mumkin. Ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlarida ilmiy dokladlar
sifatidagi «Ilmiy loyiha»lar keng tarqalgan. Odatda talabalarning seminar
mashg‘ulotlariga tayyorlab keladigan maxsus axborotlari ham «Ilmiy loyiha»
deyiladi.
Ilmiy loyiha yozish bilan talaba ilmiy adabiyotlar bilan ishlashni, statistik
ma‘lumotlar va boshqa materiallarni to‘plash, ularni qayta ishlash, ya‘ni hisob
kitob qilish, tahlil qilish, o‘rganilayotgan hodisalarga tanqidiy ko‘z bilan qarashni,
baholashni, nazariyani amaliyot bilan bog‘lashni o‘rganadi.
Ilmiy loyiha mustaqil yozilib, uni yozish qoidalariga amal qilinsa, darslik
bo‘yicha savolga tayyorlanib kelib, seminar darslarda so‘zga chiqishga qaraganda
katta foyda beradi. Talaba «Ilmiy loyiha»da bildirgan o‘z fikrini auditoriya oldida
himoya qila olishi kerak.
- Talabalarning iqtisodiy fanlardan mustaqil ta‘limni muhim tarkibiy qismi
sifatida
xulosalash
shaklidan foydalaniladi. Bu shakl murakkab, ko‘p tarmoqli,
mumkin qadar, muammoli xarakterdagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Bunda
muammo ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va
zararlari bo‘yicha o‘rganiladi. Bu shakl tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni
muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda talabalarning mustaqil g‘oyalari, fikrlarini
yozma va og‘zaki shaklda tizimli bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
Amaliyotda keng qo‗llaniladigan mustaqil ta‘limning yana bir shakli
taqdimotdir
. Talabalar taqdimotni mustaqil ta‘lim shakli sifatida seminar darslariga
tayyorlab kelishlari mumkin. Taqdimotni adabiyotlarni o‗rganib, tanlangan
mavzuga chuqur yondashib, o‗z kuzatishlarini ham ishlata bilgan holda
tayyorlashlari kerak. Taqdimot tayyorlash jarayonida talaba adabiyotlar bilan
ishlash, turli manbalardan olgan materiallarini umumlashtirish va xulosa qilishga
o‗rganadi. Taqdimot tayyorlash uchun talaba, avvalo, fanni nazariy jihatdan puxta
o‗zlashtirishi kerak. Tanlab olingan mavzuni yoritish uchun kirish, 3-4 reja tuziladi
va shu reja asosida mavzu yoritiladi.
Mustaqil ta‘limnining yana bir shakli sifatida talabalarga mavzu doirasida
test tayyorlash hisoblanadi. Nazariy va amaliy jihatdan to‗g‗ri bo‗lgan test
tizimining ishlab chiqilishi talabalarning mavzu yuzasidan ma‘lum tushunchalarni
o‗zlashtirish, shuningdek, amaliy ko‗nikma va malakalarni shakllantira olganlik
darajalarini aniq va xolis aniqlay olish imkonini beradi. Test tizimini ishlab
chiqishda testlarning izchil, uzviy hamda bir– birlari bilan uyg‗un bo‗lishlariga
ahamiyat berish zarurdir. Mavzuga oid testlarni ishlab chiqishda zamonaviy
talablardan kelib chiqib, uch darajali testlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |