Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish



Yüklə 339,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix16.12.2023
ölçüsü339,26 Kb.
#183647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
МР ва ТС фанидан Мустақил таълимни амалга ошириш бўйича УҚ

I.
 
“MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA TARTIBGA SOLISH” 
FANINI O„RGANISHDA MUSTAQIL TA‟LIMNING AHAMIYATI 
Mustaqil ta‘lim – pedagog hodim tomonidan auditoriyada talabalarga 
yetkaziladigan mavzulardan tashqari o‘quv fanining mazmuniga kiruvchi va 
aloqador mavzularni mustaqil o‘rganish va o‘zlashtirishga qaratilgan muhim ta‘lim 
jarayonidir. Talaba mustaqil ta‘limining asosiy maqsadi – auditoriya va 
auditoriyadan tashqari vaqtda o‘qituvchining rahbarligi hamda nazoratida muayyan 
o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko‘nikmalarni 
shakllantirish hamda rivojlantirishdan iboratdir. 
Mustaqil ta‘limni joriy etishning yana bir afzalligi shundan iboratki, bu 
jarayon keyinchalik talabalarni ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlariga zamin 
yaratadi. 
Mustaqil ta`lim mavzulari va topshiriqlari ma`ruzachi pedagog hodim 
tomonidan o`quv semestrining birinchi mashg`ulotida talabalarga taqdim etiladi va 
ular tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi. 
―Moliyaviy naz Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish‖ fani
bo‗yicha talabaning mustaqil ishi shu fanni o‗rganish jarayonining tarkibiy 
qismi bo‗lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‗la ta‗minlangan. 
Mustaqil ta‗lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo‗lib, fanni 
o‗rganishda bir mavzu to‗liq o‗zlashtiradi va topshiriq belgilangan shaklda 
bajariladi. Mustaqil ishni bajarishdan maqsad, talabaning o‗qishi davomida olgan 
bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir. 
Mustaqil ta‗limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari 
mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari mavzulari hamda malakaviy 
amaliyoti bilan uzviylikda bajariladi. 
O‘quv sessiyasigacha bo‘lgan muddatda sirtqi ta'limda o‘qish mustaqil, 
jumladan, masofadan turib ta'lim olish shaklida amalga oshiriladi. 
Bunda talaba metodik ko‘rsatmalardan foydalangan holda ishchi o‘quv 
rejada semestr uchun rejalashtirilgan ―Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish‖ 
fani bo‗yicha dasturda keltirilgan mavzularni mustaqil o‘zlashtiradi. 


Talaba fan bo‘yicha mustaqil ta‗lim topshiriqlarni bajargandan so‘ng, uni fan 
o‘qituvchisiga belgilangan muddatlarda (odatda, masofadan turib Internet orqali) 
yuboradi hamda qayddan o‘tkazadi. Fan o‘qituvchisi talaba yuborgan materiallarni 
tekshirib, oraliq ishi sifatida baholaydi. Fan o‘qituvchisi mavzular bo‘yicha 
navbatdagi topshiriqlar va ko‘rsatmalarni yuborishi, shuningdek, on- layn rejimida 
o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishi mumkin. 
Shuningdek, talaba o‗quv semestri davomida navbatdagi semestrda 
o‗qitiladigan fanlar bo‗yicha qisqacha ma‗ruza va/yoki seminar mashg‗ulotlari 
orqali tanishtiriladi. Ushbu mashg‗ulotlar talabaga navbatdagi semester davomida 
fanlarni o‗zlashtirishi va mustaqil topshiriqlarni bajarishi uchun asosiy va 
qo‗shimcha adabiyotlar bilan ishlash usullari va texnologiyalarini o‗rgatishga 
qaratiladi. Mavzular bo‗yicha mustaqil topshiriqlarni bajarish yuzasidan metodik 
ko‗rsatmalar beriladi. 
Mustaqil ta‘lim mavzulari va topshiriqlari ma‘ruzachi pedagog xodim 
tomonidan o‘quv semestrining birinchi mashg‗ulotida talabalarga taqdim 
etiladi.Ular tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi. Shuningdek, mustaqil ta‗lim 
soatlarida talabalar ma‗ruza darsida ―ochiq qolgan‖ savollarga mustaqil 
ravishda tayyorlanishlari lozim bo‘ladi. Bunda talabalarda mustaqil fikrlash va 
mustaqil o‘zlashtirishga ko‘nikma hosil qilish imkoniyati yuzaga keladi. 
Xalqaro ta‗lim tizimidagi innovatsion o‘zgarishlar, rivojlangan davlatlar 
ta‗lim tizimidagi ijobiy, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga tayangan holda 
moliyasohasida yetuk kadrlarni tayyorlashda sirtqi bo‘limda ta‗lim olayotgan 
talabalarn imasofadan o‘qitishga alohida e‗tibor qaratilmoqdaki, sirtqi bo‘lim 
talabalari uchun tayyorlangan ―Moliyaviy nazorat fanida nuslubiy ko‘rsatma 
aynan shu maqsadga mo‘ljallangan. Мazkur uslubiy ko‘rsatma ―Moliyaviy 
nazorat‖ fanini o‘rganishda talabalarga yordam berish uchun mo‘ljallangan. 
Undagi ma‗lumotlar hajmi va bayon qilinish tartibi amaldagi o‘quv dasturiga 
to‘g‘ri keladi. 

Yüklə 339,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin