Har bir insoniy faoliyat xavf-xatarlardan xoli emas, xususan iqtisodiy faoliyat ham. Iqtisodiy faoliyatdan koʻzlangan maqsadlarga erishishga turli xil risklar bevosita oʻzining salbiy ta’sirini koʻrsatadi. Korporativ tuzilmalarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati koʻp sonli moliyaviy risklardan holi emas. Korporativ tuzilmalarda moliyaviy risklar belgilangan maqsadlarni amalga oshirishning noaniqligi sharoitida moliyaviy faoliyatdan koʻzlangan maqsad natijalariga yoʻnaltirilgan mulkdorlar yoki moliyaviy menejerlar tomonidan qabul qilingan muqobil moliyaviy qarorlarni tanlashning iqtisodiy zarar (moliyaviy yoʻqotish)lar keltirish ehtimolini oʻzida aks ettiradi.
Moliyaviy risklarning asosiy belgilari boʻyicha tasniflanishi
Tavsiflanadigan ob’ekti boʻyicha Alohida moliyaviy operatsiyalar riski
Moliyaviy faoliyatning turli koʻrinishlari boʻyicha risklar
Yaxlit korxona moliyaviy risklari
Tadqiq qilinadigan instrumentlar majmui boʻyicha Individual moliyaviy risklar
Portfel moliyaviy risklar
Oʻzaro uygʻunligi boʻyicha Oddiy moliyaviy risklar
Murakkab moliyaviy risklar
Yuzaga kelish manbalari boʻyicha Tashqi yoki tizimli risklar
Ichki yoki tizimsiz risklar
Moliyaviy oqibatlari boʻyicha Faqat iqtisodiy zarar yetkazuvchi risklar
Foydaning kamayishiga ta’sir etuvchi risklar
Iqtisodiy yoʻqotishlarga sabab boʻluvchi yoki qoʻshimcha daromadlilik risklari
Vaqt jihatdan paydo boʻlish tavsifiga koʻra Doimiy moliyaviy risklar
Vaqtinchalik moliyaviy risklar