55
O'zaro bog'liq shaxslar o'rtasidagi bitimlar bo'yicha auditorlik
dalillarini olish tamoyillari
56
Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi hodisalar
60
Boshqa auditorning ish natijalaridan foydalanish
70
Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to'g'risidagi auditorlik
xulosasi
80
Maxsus savollarni tekshirish natijalari bo'yicha auditorning
Hisoboti
90
Auditorlik tashkilotining kasbga doir xizmatlari
13
1.2. Auditorlik faoliyati milliy standartlarining mohiyati va zarurligi
Sifatli va muvaffaqiyatli audit tekshiruvini o'tkazish uchun tekshiruv
jarayonida auditorlik faoliyatiga doir yagona umumqabul qilingan
standartlarni qo'llash zarurati yuzaga keladi.
Audilorlik faoliyati standartlari — auditorlik faoliyatining o'ziga xos
xususiyatlari va asoslarini tartibga soluvchi, shuningdek, auditorlar uchun
tekshiruv o'tkazish borasidagi o'z majburiyatlarini amalga oshirishlariga
yordam berish maqsadida qabul qilingan umumiy qonun – qoidalar tizimidir.
Tekshiruv davomida auditorlik standartlariga amal qilish tekshiruvning yuqori
sifatli o'tishi va ishonchli bo'lishini ta’minlaydi.
Standartlar asosida auditorlar faoliyati sifat nuqtayi nazaridan baholanadi.
Standartlar audit tekshiruviga umumiy yondashuvni, tekshiruv ko'lamini, xulosa
turini, tekshiruv uslubiyatini va bu soha vakillari amal qilishlari lozim bo‘lgan
qonuniyatlarni belgilab beradi.
Iqtisodiy muhitning o'zgarishi asosida umumiy standartlarga tuzatishlar,
qo'shimchalar kiritilishi mumkin. Agar auditor tekshiruv davomida bu
standartlardan chetlashsa, buning sabablarini asoslab bera olishi kerak.
Shuni ta’ idlash lozim i, auditorli standartlari auditor faoliyati
to'g'riligini umumiy belgilab bersa-da, auditor tomonidan qo'llanilgan barcha
uslibiyatlar, amaliyotlarning to'g'riligini anglatmaydi.
Standartlaming ahamiyati quyidagilarda o'z ifodasini topadi:
- audit tekshiruvining yuqori sifatini ta’minlaydi;
- tekshiruv jarayonida fan yangiliklalining tatbiq etilishiga asos yaratadi;
- foydalanuvchilarga audit tekshiruvi jarayonini tushunish imkonini
beradi;
- davlat organlari tomonidan tekshiruv ustidan nazorat olib boorish
zanmyatini bartaraf etadi;
- auditor uchun mijoz bilan o'zaro ishonchga asoslangan munosabat olib
borishga imkon yaratadi;
14
- audit tekshiruvi jarayonida alohida elementlar o'rtasida aloqa o'matish
imkonini beradi;
- auditorning o'z bilim va malakasini doimiy ravishda oshirib borishini
ta’minlaydi;
- turli auditorlik firmalari ishini sifat nuqtayi nazaridan taqqoslash
imkonini beradi;
- audit tekshiruvini soddalashtiradi va boshqalar.
Ammo audit standartlari butun tekshuv jarayonining barcha jabhalarini
qamrab olmaydi. Bu standartlarda audit nazariyasi va amaliyoti qisqa va lo'nda
ko'rinishda umumlashgan. Ular auditorlik faoliyatining uzoq yillar davomidagi
amaliyoti jarayonida auditorlik faoliyatiga nisbatan talablarga javob berishini
isbotlash asosida umumqabul qilingan standartlarga aylandi.
Auditorlik standartlari huquqiy organlar uchun audit tekshiruvini sifat
jihatidan tekshirish va baholash jarayonida umumiy yo'riqnoma vazifasini
bajaradi.
Amaliyotda auditorlik standartlari (1) xalqaro; (2) milliy auditorlik
standartlariga bo'linadi. Auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari to'rt o'zaro
bog'langan qismlardan tashkil topgan:
- asosiy postulatlar — auditorlik faoliyati umumiy standartlarining asosini
belgilab beruvchi asosiy qonuniyatlar, uslubiyatlar, shart sharoitlarni ifodalaydi.
Bu standartlar auditorlar uchun moliyaviy hisobotlar yuzasidan umumiy
tasavvur hosil qilish va shunga mos eladigan xulosa tayyorlashda asos bo‘lib
xizmat qiladi;
- umumiy standartlar — auditor o‘z oldida turgan vazifalarni samarali
bajarishi uchun ega bo'lishi talab etiladigan sifat va malakaviy talablarni ifoda
etadi (tayyorgarlik, malaka, mustaqillik, xolislik, tekshiruv jarayonida
e’tiborlili );
- ishchi standartlar — audit tekshiruvi jarayonida auditor amal qilishi
lozim bo‘lgan qonun — qoidalarni aks ettiradi (rejalashtirish, nazorat,yetarli
miqdordagi dalillarni to'plash va ichki nazorat tizimini baholash);
15
- auditorlik hisoboti bo'yicha standartlar - audit tekshiruvi yakunida
tayyorlanishi lozim bo'lgan auditorlik hisoboti sha li, mohiyati, ma’lumotlarni
aks ettirish tartibi borasidagi talablarni belgilab beradi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda auditorlik faoliyati asoslari qaror
topishi bilan audit standartlarini ishlab chiqish zarurati ham yuzaga keldi.
Shu munosabat bilan O’zbe iston Respublikasi buxgalterlar va auditorlar
milliy assotsiatsiyasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda “Auditorlik
faoliyatining milliy standartlari”ni ishlab chiqdi. Bu borada
Respublikamizdagi mavjud iqtisodiy shart — sharoitlar, milliy xususiyatlarni
inobatga olish va xalqaro tajribadan keng foydalanish standartlarning zamon
talablariga yanada mos kelishini taminlaydi.
Turli mamlakatlar iqtisodiyotida bozor munosabatlarining rivojlanishi,
integratsiya jarayonining kengayishi, bir qator auditorlik firmalarining xalqaro
miqyosda faoliyat yurituvchi firmalarga aylanishi abi arayonlaming ro‘y
berishi auditorlik faoliyatini xalqaro miqyosda birxillashtirish zaruriyatini
yuzaga keltirdi. Bu zarurat asosida 1977-yilda tashkil etilgan Xalqaro
buxgalterlar
federatsiyasi
qoshida
xalqaro
audit
amaliyoti
qo'mitasi
(International auditing practices committee) tashkil etildi.
Bu qo'mita tomonidan tayyorlangan standartlar audit amaliyotini xalqaro
miqyosda birxillashtirishga qaratilgan. Ammo bu standartlar turli davlatlarda
turli darajada qo'llaniladi. Shunga ko'ra ularni to'rt asosiy guruhga ajratish
mumkin:
birinchi guruh davlatlar xalqaro standartlarni to'lig'icha, dastlabki
ko'rinishda qabul qiladilar;
ikkinchi guruh davlatlar xalqaro standartlarni faqatgina kichik
o'zgartirishlar kiritish orqaligina qabul qilishlari mumkin;
uchinchi guruh davlatlar xalqaro standartlarga o'zgartirishlar
kiritishdan tashqari, bu standartlarni qo'llash uchun ma’lum iqtisodiy, siyosiy
shart — sharoitlarni yaratish yoki mavjud shart — sharoitlarga o'zgartirish
kiritishlari talab etiladi;
16
to'rtinchi guruh davlatlarda xalqaro standartlarni qo'llash shu
mamlakatning milliy mentaliteti, psixologiyasiga bo'gliq.
Shu sababli, ko'pgina davlatlar milliy standartlarni ishlab chiqish va
xalqaro standartlarni qo'llash jarayoniga ehtiyotkorlik bilan yondashadilar.
Misol uchun, Kanada, Buyuk Britaniya, AQSH kabi davlatlarda milliy
auditorlik standartlarini ishlab chiqish jarayonida xalqaro standartlaming
faqatgina ba’zi elementlariga murojaat etiladi Avstialiya, Braziliya,
Niderlandiya kabi davlatlarda esa milliy auditorlik standartlari to'lig'icha xalqaro
standartlarga asoslangan holda tuziladi.
Respublikamizda auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab
chiqish jarayonida ham xalqaro standartlarga amal qilinadi. Malayziya,
Singapur, Nigeriya kabi davlatlarda esa milliy standartlar tuzilmagan va ularda
auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari milliy standart sifatida qabul
qilinadi.
Respublikamizda auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab
chiqish
va unda uchraydigan muammolarni bartaraf etish va
ta omillashtirish yo’llarini topish bo’yicha bir qator qaror va farmonlar
qabul qilinyapti. Davlatimiz rahbarining shu yil 4 aprelda e'lon qilingan
"Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular
ko'rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to'g'risida"gi
qarori
ushbu
vazifalarning
bajarilishida
muhim
omil
bo'lmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi audit uslubiyoti va auditorlik
faoliyatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i Hasan Qosimov bilan O'zA
muxbirining suhbati shu haqida bo'ldi.
– Auditorlik xizmati ko'magida har qanday moliyaviy xato va
kamchilikni o'z vaqtida aniqlash va bartaraf etish yo'llarini belgilab olish
mumkin, – deydi H.Qosimov. – Ushbu xizmat turli mulkchilik shaklidagi
korxonalar moliya-xo'jalik faoliyatining samarali tashkil etilishida alohida
ahamiyat kasb etishi bilan birga tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy
17
rivojida muhim o'rin tutadi. Chunki ularning manfaatini himoyalashning zarur
vositalaridan biri auditdir.
O'zbekiston Respublikasining "Auditorlik faoliyati to'g'risida"gi qonuni
bu jarayonning huquqiy asosi bo'lib, unga ko'ra, auditor – malaka sertifikatiga
ega bo'lgan jismoniy shaxsdir. U auditorlik faoliyatini amalga oshirish
litsenziyasiga ega tashkilotda faoliyat yuritadi.
Auditor o'z oldiga qo'ygan maqsadga erishish uchun, avvalo, halollik,
xolislik, kasbiy layoqat, odob, maxfiylik hamda mustaqillik tamoyillariga qat'iy
rioya qilishi shart.
Auditorlik tashkiloti tekshiruv o'tkazishga oid shartnoma tuzishdan oldin
buyurtmachining talabiga binoan litsenziya va malaka sertifikatini taqdim etishi
lozim. Chunki ayrim soxta auditorlar ham uchrab turadi. Ularning sifatsiz yoki
g'arazli xizmati korxonaning moliyaviy ahvoliga salbiy ta'sir etishi hech gap
emas. Auditor tekshiruv yakuni bo'yicha o'z hisobotini tayyorlaydi. Unda
korxona moliya-xo'jalik faoliyatida uchragan kamchiliklarni batafsil ko'rsatib,
ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarini aks ettiradi. Korxonaga zarar
yetkazilganligini aniqlasa, bu haqda korxona rahbariyatiga ma'lum qilishi lozim.
Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini ma'lum qilish uchun qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashchilarning (aksiyadorlarning) umumiy
yig'ilishi chaqirilishini talab qilishi shart.
Davlatimiz rahbarining nomi qayd etilgan qarorida auditorlik faoliyatini
yanada rivojlantirishga oid vazifalar belgilab berilgani bilan ham ahamiyatlidir.
Auditorlik tashkilotlari ko'rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlik
yanada oshirilgani soha vakillarining zimmasidagi mas'uliyatni tag'in ham
mustahkamladi. Mamlakatimizdagi mavjud besh yuzga yaqin auditorlik
tashkiloti hozirgi kunda Prezidentimizning mazkur qarorida belgilangan ana shu
talablardan kelib chiqib faoliyat yuritmoqda.
Qaror asosida auditorlik tashkilotlari to'g'risida nizom tasdiqlandi. Chunki
sohani tartibga solishning qonunchilik bazasida bunday aniq maqsadga
qaratilgan me'yoriy hujjat ilk bor qabul qilindi. Unda auditorlik tashkilotlarining
18
asosiy vazifalari bugungi kun talabidan kelib chiqib, aniq aks ettirilgan. Xo'jalik
yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarining tahlili va ishonchliligini
tasdiqlash, xo'jalik faoliyati samaradorligini real va haqqoniy baholash,
mulkdorlar, aksiyadorlar, investorlar, kreditorlar va boshqa moliyaviy
hisobotdan foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish, xo'jalik yurituvchi
subyektlar faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy takliflar ishlab
chiqish shular jumlasidandir.
Bunda auditorlik tashkilotlari, avvalambor, daromadlilik, kapitaldan
foydalanish darajasi, moliyaviy barqarorlik, to'lov qobiliyati va o'z-o'zini
moliyalash darajasi, ishdagi faollik mezonlaridan kelib chiqadi. Bu omillar esa,
shubhasiz, korxonalar iqtisodiyoti ravnaqini ta'minlaydi.
Xizmat sifati samaradorligini oshirish borasida O'zbekiston Moliya
vazirligi tomonidan doimiy nazorat tadbirlari o'tkazib kelinayotir. Faoliyatida
qonunga zid harakatlar sodir etgan tashkilotlarga nisbatan belgilangan tartibda
choralar ko'rilmoqda. Misol uchun yaqinda "Altay-audit" hamda "VAZ-audit"
tashkilotlari noqonuniy faoliyat yuritgani uchun sud organlari qaroriga asosan
ularga berilgan litsenziyalarning amal qilishi to'xtatildi.
Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o'tkazganlik yoki lozim darajada
o'tkazmaganlik ham tegishli tartibda o'z bahosini olayotir. Bunda xo'jalik
yurituvchi subyektga yoki auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga yetkazilgan
zarar, shu jumladan boy berilgan foyda aybdorlardan qonun xujjatlarida
belgilangan tartibda qoplanmoqda.
Qonuniy faoliyat yuritayotgan, xo'jalik yurituvchi subyektlarga moliyaviy
ko'mak ko'rsatib, ularning rivojiga hissa qo'shayotgan auditorlik tashkilotlari
manfaatlari esa doimiy himoyada. Endilikda sohada davlatimiz rahbari
tomonidan qo'yilayotgan talablarga javob bera oladigan tashkilotlargina xizmat
ko'rsatadi va mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati yanada yuksalishiga hissa
qo'shadi.
|