Moliyaviy tahlil


Bilish nazariyasi va tahlil



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə5/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

3. Bilish nazariyasi va tahlil
Bilish – falsafa fanining fundamental uslubiy bo’limi bo’lib, u ob’ektiv borliqni inson ongida aks etishining o’rganilishini o’rgatadi.
Avvalo, mazkur nazariyada bilishning ob’ekti va sub’ekti tuShunchasi aniqlanadi. Birinchi tuShuncha mazmunida bevosita ob’ektiv xatti - harakat, amaliyot, insonning moddiy faoliyati ya’ni jamiyat rivojlanishining asosini tashkil etuvchilar yotadi.
Ikkinchi tuShuncha esa insonning o’zi, jamiyat, insoniyat ya’ni bilish ob’ektiga ijodiy yondaShuvchi shaxslarni bildiradi.
Bilish ob’ekti va sub’ektini dialektik birligi uning ishonchliligini va xaqqoniyligini ta’minlaydi.
Amaliyot va uning seziluvchi predmetlari, moddiy buyumlashgan, ijtimoiy va ekologik mazmundagi tomonlari bilishning ob’ekti hisoblanadi.
Zamonaviy fanlarning usul va uslublarini umumlashtirib Shuni aytish mumkinki, bilish jarayonida quyidagi vositalardan keng foydalaniladi: analiz va sintez, eksprement, modellashtirish. Bularning barchasini amalga oshiradigan, asosini tashkil etadigan insonning o’zidir. U mohiyatiga ko’ra barcha holatlarni Yuqori darajada analiz-sintez etadigan inson miyasining fikrlash qobiliyatidir.
Fikrlash ijodiy jarayon sifatida tuShuncha, hukm, xulosalarni o’z ichiga oladi.
Ob’ektiv reallik: hodisalar, buyumlar, ko’rsatkichlar o’z shakli va mazmuniga hamda xususiyatlariga ko’ra farqlanadi, guruhlarga ajratiladi yoki fikrlash vositasida muayyan tuShunchani hosil qiladi.
Hukm orqali nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi.
Tahlil etilgan jarayonlar sintez etilib, xulosa chiqariladi.
Xo’sh bilish nazariyasi o’zi nima?
Bilish nazariyasi orqali o’rganilayotgan borliqni muayyan ob’ekti to’g’risida ishonchli va haqqoniy ma’lumotlarga ega bo’lamiz.
Barcha tarmoq fanlarning uslubiy asosi sifatida bilish nazariyasi iqtisodiy tahlilning hammohiyati, zaruriyligi va natijasini aniqlab beradi.
Iqtisodiy tahlil – aniq amaliy fandir. Agar u bilish nazariyasiga tayanib rivojlansa, insonning amaliy faoliyatida iqtisodiy samaradorlik oshadi. Bu esa fanning amaliy hayotda o’z o’rnini topganidan dalolat beradi.
Iqtisodiy tahlil o’z faoliyatida dialektikaning asosiy tamoyillariga asoslanadi.
Ular quyidagilardan iborat:
- doimo harakat;
- o’zaro aloqa va o’zaro bog’liqlik;
- sabab-oqibat;
- koordinasiya va subkoordinasiya;
- qarama-qarshilik;
- miqdor o’zgarishidan sifat o’zgarishi;
- inkorni inkor va shu kabilardir.
Tahlilning xususiyati, zaruriyligi va qimmatli tomoni, u voqea hodisalarni dinamikasini o’rganadi.
Bu jarayonda mazkur fan predmeti tadqiq qilish mumkin bo’lgan ob’ektiv reallik; predmet va hodisalar u yoki bu tomondan Shu kabilar bilan bog’liq bo’lgan holda, doimo harakatda, o’zgarishda deb o’rganiladi.
Iqtisodiy hodisalarni bir-biriga bog’liqligini, o’zaro harakatlarini, aloxida yuzaga chiqishini va boshqa tomonlarini o’rganmasdan turib, ularni tuzilishi, harakat qonunlari, xususiyatlarini o’rganib bo’lmaydi. Bu esa muayyan iqtisodiy ob’ektni belgilarga ko’ra bo’laklarga bo’lib, so’ngra ularni umumiyligini ta’minlovchi jihatlarini tahlil yordamida aniqlab tegishli xulosalar olishda hamda ulardan amaliyotda foydalanishda juda muhimdir.
Inson tomonidan iqtisodiy faoliyatdagi turli voqealar kuzatilib ularning natijalari to’g’risida ma’lumotlar olinadi ya’ni faktlar to’planadi.
Ma’lumki fanda voqealar bevosita o’zi tahlil etilmaydi, balki ular qayd etilgan faktlar bo’yicha o’rganiladi.
Emperik bilishlar bo’yicha qayd etilgan faktlar fanga kiradi, qayta ishlanadi va saqlanadi. Lekin inson tomonidan qayd etilgan faktlar bir butun voqea yoki predmetni o’rganish uchun etarli hisoblanmaydi. Buning uchun o’rganilayotgan ob’ekt muayyan belgilar bo’yicha guruhlar va yoki bo’laklarga ajratilishi zarur. Bulardan ma’lum bo’lmoqdaki aniq ob’ekt to’g’risida ilmiy faktlar to’plash, ularni tahlil qilishdan boshlanar ekan. Aytilganlardan Shu xulosaga kelish mumkinki tahlil, jamiyat yoki tabiatdagi voqea va hodisalarni o’rganish uslubi bo’lib yuzaga chiqadi.
Bir butun ob’ektni fikran bo’laklarga bo’lib o’rganish tahlilda o’ta ahamiyatli tadqiqot usuli bo’lib hisoblanadi. Mazkur usul o’rganilayotgan hodisani ichki mohiyatini ochishda va uni turli omillarga bog’liqligini aniqlashda juda muhimdir. Bunday fikrlashda falsafaning abstrakt usul-uslublaridan keng foydalaniladi.
Tahlilda bir butun hodisa yoki predmet bo’laklarga bo’linib, uning harbir alohida tomonlari o’rganiladi. Lekin, bu bilan o’rganilayotgan ob’ektni to’la ma’noda tavsiflab bo’lmaydi. Buning uchun, ob’ektni o’rganilayotgan tomonlarini umumlashtirib, umumiy jihatlarni hosil qilish kerak. Mazkur masala sintez usuli bilan amalga oshiriladi.
Umuman, hodisa yoki jarayonlar o’rganilib ilmiy xulosalar chiqarishda tahlil va sintez usuli birgalikda harakat qiladi. Mazkur tartib ob’ektning dialektik birligini ta’minlaydi. Bu bilan tadqiq etilayotgan predmet yoki hodisalarning dialektik birligini har tomonlama bilish mumkin.
Faktlar tahlilidan nazariy sintezga ¤tish induksiya va deduksiya metodlari yordamida amalga oshiriladi.
Induksiya – alohida faktlar bilimidan umum bilimlarga (ya’ni qonunlar yoki boshqa amaliy va zaruriy aloqalarni aks ettiradigan) o’tish usulidir.
Deduksiya – fikrlarni umumiylikdan xususiylikka tatbiq etish usulidir. Bunda, umumiy tasnifdagi qonunlar, bog’likliklar xususiy tasnifga o’tkaziladi.
Mazkur usullar yordamida iqtisodiy hodisalarni ham xususiy, ham umumiy jihatlari o’rganilib, tegishli xulosalar olinib, amaliyotga tatbiq etiladi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan bilishning elementlari, usullari (dialektika, analiz, sintez, induksiya va deduksiya) iqtisodiy-tahlil fanida ham iqtisodiy voqea va jarayonlarning o’rganishni asosini tashkil etadi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin