27- jadval Moddiy resurslardan samarali foydalanish hisobiga qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot(ish, xizmat)lar hajmining tahlili
Ko’rsatkichlar
Olma sharbati
Nok sharbati
Uzum sharbati
1. Reja bo’yicha mahsulot birligiga sarflangan material, so’m
1200
1300
1000
2. Haqiqatda mahsulot birligiga sarflangan material, so’m
1100
1400
1000
Farqi (+,-)
-100
+100
0
3. Haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, shartli bonka
120
140
80
3. Olingan iqtisodiy natija – tejamkorlik (-), ortiqcha sarf ( ), ming so’m
-12
14
0
4. Iqtisodiy natijaga mos ravishda qo’shimcha yoki kam ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, shartli bonka
+10
-11
0
27-jadval ma’lumotidan ko’rinadiki, xo’jalik yurituvchi sub’ekti olma sharbatini ishlab chiqarishda har bir shartli bonkadan 100 (1100-1200) so’mdan material xarajatlarini tejagan. Natijada, 120 shartli bonkadan 12 (-100*120) ming so’mni tejash hisobiga 10 ((12/1200)*1000) shartli bonka olma sharbati ko’p ishlab chiqargan.
Xuddi Shunday nok, uzum sharbatlari ishlab chiqarishning holati tahlil etildi. Tahlil natijalariga ko’ra, nok sharbatini ishlab chiqarishdagi ortiqcha 100 (1400-1300) so’m xarajat hisobiga jami 14 (14*100) ming so’mga qo’shimcha sarf yuzaga kelgan. Bu, 11 shartli bonka nok sharbatining kam ishlab chiqarilishini ta’minlagan.
Uzum sharbatini ishlab chiqarish uchun belgilangan material sarfida chetga chiqishlar bo’lmaganligi bois, uning ta’siri bo’lmagan. Ammo, nok sharbatini ishlab chiqarishdagi qo’shimcha material sarfini bartaraf etish zarur deb hisoblaymiz. Negaki, nok sharbatini ishlab chiqarishda material sarfining jami 14 ming so’mga ko’payishi hisobiga 11 shartli bonka mahsulot(ish, xizmat)lar hajmining kamayganligi, xo’jalik yurituvchi sub’ektining mazkur jarayonda boy berilgan imkoniyati sifatida qaralishi zarur.