Moliyaviy tahlil


-jadval. Xo’jalik sub’ekti mulkini o’tgan yil, ilg’or va o’rtacha korxonaga nisbatdan taqqoslab tahlil eting



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə20/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

4-jadval.
Xo’jalik sub’ekti mulkini o’tgan yil, ilg’or va o’rtacha korxonaga nisbatdan taqqoslab tahlil eting
(ming so’m hisobida)


Ko’rsatkichlar


O’tgan yil


Hisobot yil


Ilg’or korxona ma’lumoti


O’rtacha korxona ma’lumoti


Farqi (+,-)


o’tgan yildan


ilg’or korxonadan


o’rtacha korxonadan

Mol-mulk qiymati



1336,2

1447,1

1817,9

1277,7

+110,9

-370,8

+169,4

1-jadval ma’lumotlariga binoan, xo’jalik sub’ektining mol-mulki hisobot yilida 1447,1 ming so’mni tashkil etib, bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatdan +110,9 (1447,1-1336,2) ming so’mga ko’p bo’lgan. Hisobot yilidagi ko’rsatkichning o’zgarishi ilg’or va o’rtacha korxonaga nisbatdan mos ravishda -370,8 (1447,1-1817,9) hamda +169,4 (1447,1-1277,7) ming so’mga o’zgargan.


Tahlil natijalariga binoan, xo’jalik sub’ektining mol-mulkiga binoan o’rtachadan Yuqoriroq korxona deb hisoblash mumkin.
Tahlilda rioya qilish muhim shartlardan biri — ko’rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlashdir. Chunki, faqat sifat jihatidan bir xil kattaliklarni qiyoslash mumkin.
Ko’rsatkichlarning taqqoslanuvchan emasligi turli sabablarga ko’ra kelib chiqishi mumkin: turli narxlar mavjudligi, faoliyati hajmi; struktur­i o’zgarishlar; mahsulotlar sifati bir xil emasligi; taqqoslanayotgan ko’rsatkichlar uchun tanlangan vaqt kesimi har xilligi; faoliyatning bir xil bo’lmagan boshlang’ich sharoiti (texnik, tabiiy, iqlim va b.); ko’rsatkichlarni hisoblashning usullari turlichaligi; korxonaning hisob siyosatining o’zgarishi bilan va b. O’rganilayotgan ko’rsatkichlar taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun Yuqorida sanalgan omillar bo’yicha ularning yagona bazaga olib kelish zarur.
Birinchi navbatda barcha qiymat ko’rsatkichlarning kattaligiga ta’sir ko’rsatuvchi (ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar qiymati, tushum, tannarx, foyda, material xarajatlari hajmi, zaxiralar, asosiy vositalar va b.) inflyasiya bilan aloqadorlikda narx o’sishini e’tiborga olmoq zarur. Ushbu omilning ta’sirini xolislantirish uchun, taqqoslanayotgan ko’rsatkichlar bir xil narxda ifodalanadi.
Iqtisodiy tahlilda mahsulotlarning jami mahsulot hajmi tarkibidagi salmog’i yoki strukturasini o’zgarishi ham mazkur ko’rsatkichlarni o’zaro taqqoslashda ayrim noaniqliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun taqqoslanayotgan ko’rsatkichlarni bir xil struk­turaga keltirish uchun, haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi bazis davr strukturasiga qayta hisoblanishi zarur.
Iqtisodiy tahlilda ko’rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun tuzatish koeffisientlari ham keng qo’llaniladi qo’llaniladi. Xususan, ko’rsatkichlarning metodik nomutanosibligiga nisbatan e’tiborli bo’lish lozim. U nafaqat taqqoslash natijalarini, balki umuman voqelik ma’nosini o’zgartirib yuborishi mumkin. Misol uchun, fond qaytimi asosiy vositalarning jami summasi bo’yicha, ishlab chiqarishga mo’ljallangan asosiy vositalar bo’yicha yoki faqat ularning aktiv qismi bo’yicha hisoblanishi mumkin. Shuning uchun, xulosalar to’g’riligini ta’minlash uchun ularni hisoblash me­todikasi bo’yicha ko’rsatkichlar bir xilligiga erishish lozim.
Ko’rsatkichlarni taqqoslashda ularning taqqoslanuvchanlik bo’yicha tabiiy-iqlim sharoitarini ta’minlash juda muhim. Xususan bu qishloq xo’jaligi uchun juda dolzarb masala sanaladi. Korxonalarning turli tabiiy-iqtisodiy zonalarda bo’lishi mahsulot etishtirishga, vaqtinchalik va doimiy xarajatlar darajasiga, mahsulotlar mehnat sig’imi va boshqalarga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Shu omil bo’yicha ko’rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun iqlimiy va hududiy xususiyatlar bilan shartlangan ko’rsatkichlarning o’sish ulushi ajratiladi, keyin esa ularning ta’siri bartaraf etiladi.
Ayrim ko’rsatkichlarning mavsumiy tavsifga e’tibor qaratish zarur. Misol uchun, tovar zaxiralari mavsumgacha jamlanadi, qishki davr uchun ozuqa zaxiralari yaratiladi, korxonaning ishchan faolligi davrida kapital aylanuvchanlik ko­effisienti o’sadi va Shu kabilar.
Ayrim hollarda ko’rsatkichlarning taqqoslanuvchan emasligi korxonaning hisob siyosatidagi o’zgarishlari bilan ham kelib chiqishi mumkin. Xususan, amaldagi me’yoriy hujjatlar bir ma’noga ega ko’rsatkichlarni turli usullar bilan shakllantirish mumkinligiga yo’l qo’yadi. Misol uchun, asosiy vositalarga eskirish hamda nomoddiy aktivlarga amortizasiya hisoblashning turli metod va usullarining mavjudligi; iste’mol qilingan ishlab chiqarish zaxiralarini baholash metodini o’zgartirish (NIFO, FIFO, LIFO) va boshqalar.
Xulosa qilib aytganda ko’rsatkichlarni taqqoslanuvchan shaklga keltirishning asosiy usullari qiymat, hajm, sifat va struktura omillarning ta’sirini ularni yagona bazisga keltirish yo’li bilan xolislantirish, Shuningdek, foydalanish o’rtacha va nisbiy kattalik, tuzatish koeffisientlari, qayta baholash metodlaridan foydalanish va Shu kabilar hisoblanadi.



  1. Yüklə 0,67 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin