6-jadval Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan o’rtacha miqdorlar
O’rtacha arfimetik (Oddiy)
X voqeliklar bir yoki teng marta takrorlangan paytda qo’llaniladi. Misol uchun, ishchilarning (N) o’rtacha ish haqini (X) topish.
O’rtacha arfimetik (Tortilgan)
X1 voqelik bir necha marta (F1) takrorlansa, ular o’zaro kshp marta qo’shib hisoblanmay, takrorlanish miqdoriga X1F1 ko’paytirilib topiladi. Natijani esa takrorlanishlar (∑F) soniga bo’linadi. Misol uchun, 20 kishining (F1) har biri 50 kg dan paxta (X1) terdi, 40 kishi (F2) esa 60 kg. dan paxta (X2) terdi. Har bir kishi o’rtacha qancha paxta terganligi aniqlanadi.
O’rtacha xronologik
Voqeliklarni sodir bo’lish intervallari bir xil bo’lganligi inobatga olinib, muayyan davrdagi o’rtacha aniqlanadi. Misol uchun, ombordagi mahsulotlarning oy oxiriga yoki boshiga qoldiqlarini o’rtacha miqdorlari topiladi.
O’rtacha geometrik
Voqeliklar o’zgarishi koeffisientlarda aniqlanib, koeffisientlar asosida o’rtacha miqdor topiladi. Misol uchun, baho o’zgarishlarining o’rtacha o’zgarishi aniqlanadi.