Moliyaviy tahlil


Tahlil uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni mazmuniga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə31/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

Tahlil uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni mazmuniga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:
  • Iqtisodiy ma’lumotlar;


  • Huquqiy-me’yoriy ma’lumotlar;


  • Ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar;


  • Tabiiy-ekologik ma’lumotlar;


  • Boshqa ma’lumotlar.


Iqtisodiy ma’lumotlarni biznes reja, turli xil axborot manbalar, texnologik ma’lumotlar, operativ-texnik, me’yoriy va hisob hujjatlari tashkil etadi. Bu manbalar tahlilda eng ko’p foydalaniladi.


Huquqiy- me’yoriy ma’lumotlarga esa Respublikamizda amal qilayotgan barcha qonunlar, me’yoriy hujjatlar va normativ aktlarda rasmiylashtirilgan axborotlardan foydalanish tushiniladi.
Ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar, eng yangi taraqqiyot, jaxondagi o’zgarishlar, fan va texnika yutuqlarini o’zida mujassam etgan axborotlardir. Bu axborotlar tahlil uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy-ekologik ma’lumotlar, tabiat, er, iqlim va boshqa ekologik omillarni mujassamlashtirgan axborotlarni iqtisodiy tahlilda muhim manba sifatida o’rganiladi.
Boshqa manbalarga esa, iqtisodiy, huquqiy, ilmiy-texnikaviy, tabiy-ekologik manbalarda aks etmagan ma’lumotlar tuShunilib, bunga ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallardagi, radio va televideniyadagi keltirilgan axborotlardan foydalanish tahlil uchun muhimdir.
Ko’plab manbalarni tahlil jarayonlarida qo’llash ularning mazmunini boyitishga, boshqaruv qarorlarini xolisona bo’lishini va korxonalarni bozor iqtisodiyoti sharoitida faol qatnashishiga imkon yaratadi.
Iqtisodiy manbalar boshqa axborotlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
  • Hujjatlashganligi – barcha iqtisodiy hodisa va jarayonlar sodir bo’lishi bilan tegishli boshlang’ich hujjatlarda qayd etiladi hamda axborot sifatida rasmiylashadi.


  • Turli-tumanligi – hodisa va voqealar ko’pgina manbalarda qayd etilib, hajmi, mazmuni, shakli jihatidan bir-biridan farqlanadi.


  • Ommaviyligi va hajmining kengligi – ko’pgina iqtisodiy axborotlar tegishli shaklga ega bo’lganligi, hisobot shakllarining Yuqori organlar tomonidan tasdiqlanilganligi ularni tuShunishni, bilishni osonlashtiradi.


  • Ma’lum davrlarda takrorlanib turishligi – tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar muntazam to’lg’azilib tegishli tashkilotlarga topshirilish ko’zda tutiladi, hisobot davrlari - choraklar, yarim hamda yillik muddatlarga bo’linib axborotlar tuziladi.


  • Qonunlashganligi va chegaralanganligi – barcha iqtisodiy axborotlar davlat tashkilotlari, moliya vazirligi, makroiqtisod vazirligi va soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan shakllarga asoslanib tuziladi. Iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida korxonalar uchun muhim sanalgan ayrim ma’lumotlar boshqalar uchun maxfiy bo’lib, faqat egasining ruxsati bilan e’lon qilinishi mumkin.


  • Ko’p qirraliligi va sermazmunligi – iqtisodiy axborotlar miqdoriy va qiymat o’lchamlarida ko’rsatiladi, boshlang’ich hujjatlarda korxona nomi, imzo chekuvchilarning nasl-nomasi, davri va mahsulotlarning turlari ko’rsatilgan holda rasmiylashadi.


Iqtisodiy ma’lumotlarni aksariyat qismini hisob axborotlari tashkil etib, buxgalteriya, statistika va tezkor hisoblar majmuidan iboratdir.


Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari iqtisodiy tahlil axborotlari tarkibida 70 foizdan ortiq salmoqni egallaydi.
Tahlil uchun kerakli manbalar quyidagi talablarni bajarishi lozim:
  1. Xaqqoniylik va holisonalik tamoyiliga amal qilinadi.


  2. Manbalar tahlil qilinishi uchun keng imkoniyatli bo’lmog’i lozim, ya’ni reja, hisob va statistik ma’lumotlar hodisa va jarayonlar mazmunini to’liq yoritishi, talab qilingan vazifalarni bajarishi kerak.


  3. Iqtisodiy hodisa va voqealarni ifodalovchi manbalar aniq o’lchamda aks ettirilishi lozim.


  4. Barcha manbalarning umumiy birligi va uzviy bog’liqligi saqlaniladi hamda ulardagi axbarotlar bir-birini to’ldirib turilishini taqozo etadi.


  5. Manbalarga kiritilgan ko’rsatkichlarni aniqlanish tamoyillari va aks ettiriladigan davrlar mosligi zarurdir va hakozolar.


Yuqoridagi talablarga javob beruvchi barcha axborotlar tahlilning aniq bajarilishi, sermazmun bo’lishligiga imkon yaratadi.


Xo’jalik faoliyatini avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida tashkil etish deyilganda, elektron hisoblash mashinalari (kompyuterlar) yordamida va iqtisodiy matematik usullarini qo’llagan holda ishlab chiqarishning muhim sohalarini aniq va to’g’ri boshqarish vazifalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etish tuShuniladi. Bunday amalga oshirish uch xil yo’nalishda bo’lishi mumkin, ya’ni:
  • Markazlashgan;


  • Markazlashmagan;


  • Aralash.


Xo’jalik faoliyatini tahlil etishning avtomatik boshqarish tizimi sharoitida amalga oshirish quyidagi tamoyillarga amal qiladi:


  • Aniq maqsadga ega ekanligi sistemalashganligi;


  • Kompleksliligi;


  • Ixchamlashganliligi;


  • Uzluksizlik va muntazamlilik;


  • Taqqoslanish imkoniyatini kengligi;


  • Echim loyihasi aniq va ixchamliligi.


Avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida tahlil etish quyidagi sharoitda bajariladi:


  • Qayd etish;


  • Boshlang’ich ma’lumotlarni yig’ish va uzatish;


  • Umumiy ma’lumotlar bazasini tashkil etish;


  • Ko’rsatkichlar algoritmi bo’yicha ma’lumotlarni qayta ishlash;


  • Iste’molchilar uchun kerakli ma’lumotlarni tayorlash.


Tahlil uchun kerakli ma’lumotlarning aniqligini va tez muddatda tayyorlashning eng aniq yo’llaridan biri – kompyuter dasturlari yordamida qayta ishlash hisoblanadi.


Kompleks avtomatlashgan sharoitda tahlil uchun kerakli ma’lumotlardan foydalanish xususiyatlari ma’lum darajada imkoniyatlarni ochib beradi:
  1. Boshlang’ich hujjatlar - hisob, statistika, me’yoriy ma’lumotlar kompyuterning xotirasiga qo’yilib faqat bir xil manba, ya’ni mashina xotirasiga olinadi;


  2. Tahlil uchun kerakli turli murakkab hisoblashlar ma’lum sekundlarda bajariladi;


  3. Ta’sir etuvchi omillarni mashinalar aniq ko’rsatib beradi;


  4. Tahlil uchun kerakli ma’lumotlar va tahlil natijalari o’rnatilgan shaklda mashinagramma, tabelogrammalarda ifodalanadi;


  5. Turli xil iqtisodiy ma’lumotlar mashinalar uchun bir xil shifr va kodlarda kiritiladi.


Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko’ra ishni avtomatlashtirilgan tarzda olib borilishi ancha iqtisodiy samarodorlikka olib kelar ekan.





  1. Yüklə 0,67 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin