4-mavzu. Iqtisodiy tahlilning turlari, axborot manbalari va iqtisodiy tahlil ishlarini tashkil etish
Iqtisodiy tahlil turlarining tavsiflanishi.
Iqtisodiy tahlil uchun kerakli ma’lumotlar tizimi.
Tahlilda foydalaniladigan axborot manbalarining to’g’riligini tekshirish usullari
Iqtisodiy tahlilni tashkil qilish bosqichlari.
Iqtisodiy tahlil turlarining tavsiflanishi.
Tahlil turlarini turkumlash – ularni umumlashtirish va bir tizimga keltirishga, eng muhim tomonlarini aniqlashga hamda ushbu fanning istiqbolda yanada takomillashtirish uchun keng imkoniyat ochib beradi. Tahlilning barcha turlari o’z belgilariga qarab ma’lum guruhlarga umumlashtiriladi. Bunday guruhlashgan belgilarga quyidagilarni kiritish mumkin: tahlilning vazifalari, uni o’tkazish muddati, qabul qilinadigan qarorlarning xarakteri, korxonalar faoliyatini o’rganishning asosiy tomonlari, rezervlarni aniqlash usullari, o’rganiladigan obhekt, tahlil qiluvchi subhekt, o’rganiladigan hodisalarning ko’lami, axborotlarni qayta ishlash usullari kabilar. Barcha turdagi tahlilning turlari ularning bajargan vazifalariga qarab quyidagi guruhlarga umumlashtiriladi: biznes-rejaning tig’izligi va asoslanganligini baholash va uning bajarilishini nazorat qilish, erishiladigan natijalarni bashorat qilish ya’ni oldindan aytib berish, erishilgan natijalarga ob’ektiv baho berish va Shu maqsadda korxona faoliyatiga bog’liq va bog’liq bo’lmagan sabablarni aniq belgilash, ichki xo’jalik hisobi yakunini o’tkazish, rezervlarni aniqlash va ularni ishlab chiqarishga jalb etish, kelgusida rejalashtirish uchun asos (baza)ni aniqlash, optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy variantlarni tayyorlash.
Ishlab chiqarishni iqtisodiy tahlil qilishni umumiy tarzda quyidagi chizmada keltirilganday ifodalash mumkin (4- chizma).
Iqtisodiy tahlil turlarini turkumlash asosida boshqarish funksiyalarini turkumlash yotadi, chunki, iqtisodiy tahlil iqtisodiyotni boshqarishni har bir funksiyasini amalga oshirishning ajralmas elementi bo’lib hisoblanadi. Umuman olganda boshqarishning fuknsiyalarini ikkita katta guruhga bo’lishimiz mumkin: umumiy va maxsus (spesifik) funksiya. Bu bog’liqlik Shundan iboratki umumiy funksiyalar o’z holicha amal qila olmaydi; har qanday maxsus funksiya esa faqatgina umumiy funksiyalar yordamidagi amalga oshiriladi.
Ma’lumki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni boshqarish o’zining tamoyillari va funksiyalariga tayanadi. Boshqarish faoliyatini amalga oshirish quyidagi funksiyalarga tayangan holda amalga oshiriladi:
boshqarishni axborot bilan ta’minlash (to’plash, qayta ishlash, iqtisodiy voqea va hodisalar tug’risidagi axborotlarni tartibga solish);
iqtisodiy tahlil qilish;
rejalashtirish va prognozlash (iqtisodiy hodisalarni joriy va istiqbolli rejalashtirish);
muvofiqlashtirish;
tashkil qilish;
hisobga olish;
nazorat qilish (rejalarni va boshqarishga oid qarorlarni amalga oshirilishini nazorat qilish).
Dostları ilə paylaş: |