13-jadval
Xo’jalik sub’ektida mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarishning umumlashtirilgan ko’rsatikichlarini tahlili
(ming so’m hisobida)
Ko’rsatkichlar
|
O’tgan yil
|
Hisobot yil
|
Farqi (+,-)
|
Tovar mahsuloti:
- amaldagi bahoda;
- solishtirma bahoda.
|
100000
83000
|
168000
140000
|
+68000
+57000
|
Sotilgan mahsulot:
- amaldagi bahoda;
- solishtirma bahoda.
|
80000
69000
|
156000
130000
|
+76000
+61000
|
Jadval ma’lumotlariga binoan, xo’jalik yurituvchi sub’ektida joriy davrda tovar mahsulotining hajmi o’tgan yilga nisbatan solishtirma baho bo’yicha 57000 ming so’mga ortgan. Mazkur ko’rsatkichning amaldagi bahosi esa o’tgan yilga nisbatdan 68000 ming so’mga ortgan.
Sotilgan mahsulot hajmi ham amaldagi va solishtirma baholari bo’yicha mos ravishda +76000 hamda 61000 ming so’mlarga ko’paygan. Bu, xo’jalik yurituvchi sub’ekti uchun ijobiy xol deb qaralishi kerak.
Mahsulot(ish, xizmat)lar tarkibidagi strukturaviy o’zgarishlar tahlili
Xo’jalik yurituvchi sub’ektining ixtisosligiga ko’ra ishlab chiqarilayotgan mahsulot(ish, xizmat)larning tarkibi ularga bo’lgan bozordagi talab va taklifning o’zgarishiga qarab muntazam takomillashib boradi. Bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot(ish, xizmat)larning strukturaviy o’zgarishlarini yuzaga keltiradi. Natijada, mahsulot(ish, xizmat)lar qiymatining hajmi strukturaviy o’zgarishlar ta’sirida ortib yoki kamayib boradi.
Hozirgi kunda, xo’jalik yuritish sub’ektlari ko’proq foyda keltiruvchi, kam xarajatlar talab etadigan mahsulot(ish, xizmat)larni ishlab chiqarishdan manfatdordir. Shuning uchun ham, mahsulot(ish, xizmat)larni ishlab chiqarish hajmini tahlilida strukturaviy o’zgarishlarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq.
Struktura bo’yicha mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish rejasining bajarilishi uchun uning haqiqatdagisi rejalashtirilganini tarkibiga teng bo’lishi talab etiladi. Ammo mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish tarkibida bozorda qimmat sotilayotgan turlari ulushining ortishi tufayli bu tartib buziladi. Bu, mahsulot(ish, xizmat)lar hajmi qiymatining ortishiga sabab bo’ladi va aksincha (14-jadval).
Dostları ilə paylaş: |