Sotilgan mahsulot – iste’molchilarga jo’natilgan, xaridorlardan puli kelib tushgan, daromadi tan olingan mahsulot(ish, xizmat)lar qiymatiga aytilib, u tovar mahsulotidan sotilmagan tovarlar hisobiga hajmi nuqtai-nazaridan kichik bo’lishi mumkin.
Yuqoridagi ko’rsatkichlar qiymati amaldagi va solishtirma baholarda hisobga olinib, ular quyidagicha aniqlanadi (12-jadval):
12-jadval
Mahsulot(ish, xizmat)lar hajmini amaldagi va solishtirma qiymatlarda aniqlanishi
№
|
Ko’rsatkichlar
|
O’tgan yil
|
Hisobot yil
|
Qiymatlar, so’m
|
mahsulot (ish, xizmat) hajmi, dona
|
bir-birlik mahsulot (ish, xizmat) bahosi, so’m
|
mahsulot (ish, xizmat) hajmi, dona
|
bir-birlik mahsulot (ish, xizmat) bahosi, so’m
|
amaldagi
|
solishtirma
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7=5*6
|
8=5*4
|
1.
|
Tovar mahsuloti
|
1000
|
100
|
1400
|
120
|
168000
|
140000
|
2.
|
Sotilgan mahsulot
|
800
|
100
|
1300
|
120
|
156000
|
130000
|
12-jadval ma’lumotlariga binoan, xo’jalik yurituvchi sub’ektining tovar mahsulotini amaldagi qiymati 168000 so’mni tashkil etgan. Tovar mahsulotining solishtirma, ya’ni hisobot davrida erishilgan tovarlar hajmini o’tgan yilgi Shu mahsulotning bir-birlik bahosi bilan hisoblagandagi qiymati 140000 so’mni tashkil etgan. Xuddi Shunday boshqa ko’rsatkichlarning amaldagi va solishtirma qiymatlari aniqlanib, bu ma’lumotlarning qiyosiy tahlili amalga oshiriladi.
Xo’jalik sub’ekti tomonidan mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish hajmi mutlaq, ya’ni dona, metr, tonna va boshqa ko’rsatkichlarda tahlil etilib, ularning xar bir turini dinamik o’zgarishiga baho beriladi. Shuningdek, bir turdagi mahsulot(ish, xizmat)larning umumiy hajmini o’rganishda shartli – miqdor ko’rsatkichlaridan ham foydalaniladi. Xususan, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda shartli banka, paxtani qayta ishlovchi korxonalarda shartli – paxta toyi, poyafzal ishlab chiqaruvchi korxonalarda shartli – juft oyoq kiyimlari kabilardan foydalaniladi. Bu, bir turdagi mahsulot(ish, xizmat)larning natura o’lchov birligidagi hajmini jamlash imkoniyatini yaratib, faoliyat tahlili imkoniyatlarini oshiradi (13-jadval).
Dostları ilə paylaş: |