;
2. Mahsulot(ish, xizmat)lar bir birligini o’rtacha sotish bahosi.
;
18-jadval ma’lumotlarga binoan xo’jalik yurituvchi sub’ektning mahsulot(ish, xizmat)ini o’rtacha sortlilik darajasi hisobot davrida 98,5 koeffisientni tashkil etib, bu rejalashtirilganidan 0,1 (98,5-98,6) birlikka kam. Mahsulot(ish, xizmat)lar bir birligini o’rtacha sotish bahosi ham 2 (2758-2760) so’mga pasaygan.
Yuqoridagi ma’lumotlarga ko’ra, xo’jalik sub’ektining hisobot davrida ishlab chiqargan mahsulo(ish, xizmat)larining sifati ma’lum darajaga pasaygan. Bunday o’zgarish uning faoliyatidagi salbiy vaziyat hisoblanmasada, bizningcha, istiqbolda ushbu holatni inobatga olishi maqsadga muvofiqdir.
Xulosa tarzida shuni ta’kidlash kerakki, xo’jalik yurituvchi sub’ekt mahsulot (ish, xizmat) sifatiga ta’sir etuvchi: foydalanilayotgan xom-ashyo va materiallar sifati; ishchilarning malakasi va texnik tayyorgarlik darajasi; ishlab chiqarishda ishtirok etadigan texnika va texnologiyalarning holati; ishchi hamda xodimlarning mahsulot (ish, xizmat) sifatiga javobgarligi hamda ularning moddiy rag’batlantirilishi va boshqa omillarni ham nazorat etish zarur.