Mahsulot sifatining tahlili
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish jarayoni tahlilida yana bir jihatga e’tibor qaratilishi va o’rganilishi zarur. Bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot(ish, xizmat)lar sifati hisoblanadi. Mahsulot(ish, xizmat)lar sifati deganda, uning tovarlilik darajasi, mamlakat va xalqaro standart me’yorlariga egaligiga aytiladi.
Odatda ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)lar sifatiga xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zi yoki mamlakatda sifatni belgilovchi tashkilotlar belgilaydi. Shu boisdan ishlab chiqarilgan mahsulot(ish, xizmat)lar sifatini uning tarkibida oliy navlisini, eksportga yo’naltirilayotgan qismi va boshqalarning tutgan salmog’iga ko’ra ham baholash mumkin.
Mahsulot(ish, xizmat)lar sifati xo’jalik yurituvchi sub’ektning yuqori daromad olishining asosiy manbai hisoblanib, uni quyidagi ko’rsatkichlarni o’rganish orqali tahlil etiladi:
1. O’rtacha nav(sort)lilik darajasi ;
2. Mahsulot(ish, xizmat)lar bir birligini o’rtacha sotish bahosi - (14-jadval).
18-jadval
Xo’jalik sub’ektida mahsulot (ish, xizmat) sifatining tahlili
Ko’rsat-kichlar
|
Mahsulot (ish, xizmat) bir birligi-ning bahosi, so’m
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot(ish, xizmat)lar hajmi, shartli natura o’lchov birligida
|
Biznes reja-ning bajari-lishi
|
Jami mahsulot(ish, xizmat)dagi ulushi, foiz
|
|
Dostları ilə paylaş: |