Moliyaviy tahlil


Mahsulot(ish, xizmat)larni sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə42/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

Mahsulot(ish, xizmat)larni sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili

Xo’jalik yurituvchi sub’ektning mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish jarayonidagi asosiy muammosi, ko’proq ularni sotish bilan bog’liq. Shu o’rinda, mahsulot(ish, xizmat)lar sotilganda daromadning quyidagi ikki xil tan olinishini qayd etish kerak:


  • kassali usulda;


  • hisoblashish usulida.


Kassali usulda daromadlar xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob raqamiga puli kelib tushgandan so’ngina tan olinadi. Hisoblashish usulida daromadlar mahsulot(ish, xizmat)lar ortib jo’natilishi bilan tan olinadi.


Mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan kelgan daromadlar hajmining ko’p yoki kam bo’lishida bir qator omillar ta’sir etib, bular tovar balansini tuzish orqali aniqlanadi.
Tovar balansi quyidagicha aniqlanadi va tahlil etiladi (17-jadval):

Bunda:
Yb – tayyor mahsulot(ish, xizmat)ning yil boshiga qoldig’i;


T – ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti;
S – sotilgan mahsulot hajmi;
Yo – tayyor mahsulot(ish, xizmat)ning yil oxiridagi qoldig’i.
Yuqoridagi formulaga asosan, sotilgan mahsulot hajmi (S) quyidagicha aniqlanadi:

Demak, tayyor mahhsulot(ish, xizmat)larning yil boshiga qoldig’i (Yb) hamda ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti(T)ning qiymati qanchalik ko’p bo’lsa ularni sotish imkoniyati shunchalik yuqori bo’ladi va aksincha.


Tayyor mahsulot(ish, xizmat)ning yil oxiridagi qiymati qanchalik ko’p bo’lsa ularni sotish hajmi shu miqdorga kam bo’ladi va aksincha.
17-jadval
Xo’jalik yurituvchi sub’ektda mahsulot(ish, xizmat)lar sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
(ming so’m hisobida)

Ko’rsatkichlar


Shartli belgilar


Hisobot yili


Farqi (+;-)


Sotish hajmiga ta’siri


biznes reja


haqiqatda


1. Tayyor mahsulot(ish, xizmat)ning yil boshiga qoldig’i



Yb



10

22

+12

+12

2. Ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti



T

840

912

+72

+72

jami (1 satr+2 satr)




850

934

+84



3. Sotilgan mahsulot


S

700

900

+200

X

4. Tayyor mahsulot(ish, xizmat)ning yil oxiriga qoldig’i


Yo



150

34



-116



+116

jami (3 satr+4 satr)




850

934

+84




17-jadval ma’lumotlariga binoan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisobot yilida sotgan mahsuloti rejalashtirilganiga nisbatdan 200 (900-700) ming so’mga ko’p bo’lgan. Bu natijaga omillar ta’siri quyidagicha bo’lgan:
  • tayyor mahsulot(ish, xizmat)lar qoldig’ining rejalashtirilganidan 12 (22-10) ming so’mga ko’pligi sotish hajmiga ijobiy ta’sir etib, Shu miqdorga oshirgan;


  • ishlab chiqarilgan mahsulot(ish, xizmat)lar hajmining rejalashtirilganidan 72 (912-850) ming so’m ortiqligi, sotish hajmiga ijobiy ta’sir eitib, Shu miqdorga oshirgan;


  • tayyor mahsulot(ish, xizmat)lar qoldig’ining yil oxiridagi qoldig’i rejalashtirilganidan 116 ming so’mga kam bo’lganligi ham sotish hajmiga ijobiy ta’sir etib, 116 ming so’mga ortirgan.


Xulosa etib Shuni aytish mumkinki, xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobot yilida ko’proq mahsulot(ish, xizmat)lar sotgan bo’lib, mazkur yo’nalishda ijobiy natijalarga erishganligini qayd etish zarur.



1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin