Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish maromiyligining tahlili
Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish jarayonining tahlilida faoliyatning bir maromda borishi muhim ahamiyatga ega. Negaki, mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish jarayonining bir maromda olib borilmasligi, tuzilgan shartnoma majburiyatlarini o’z vaqtida bajarilmasligini, natijada xo’jalik yurituvchi sub’ekti tomonidan qarshi tomonga turli hil jarimalar to’lanishiga, Shuningdek, tovarlar sifatining buzilishi hisobiga pul tushimining kamayishi, tannarxning ortishi, muhim sifat ko’rsatkichlari (foyda, rentabellik va h.k.)ning pasayishi kabi salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradi. Shu boisdan ham, xo’jalik yuritish sub’ektlari mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish maromiyligini har 10 kunlikda (dekadalarda), oyda, chorakda tahlil etib boradi (16-jadval).
Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish maromiyligining tahlilida ham xuddi mahsulot(ish, xizmat)lar assortimentining tahlili singari maromiylik koeffisienti (xm) aniqlanadi.
16-jadval
Xo’jalik yurituvchi sub’ektida mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish maromiyligining tahlili
(ming so’m hisobida)
O’n kunliklar
|
Hisobot yili
|
Maromiylik hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot(ish, xizmat)lar hajmi
|
Mahsulot(ish, xizmat)larning tutgan ulushi
|
biznes rejada
|
haqiqatda
|
|
Dostları ilə paylaş: |