Moliyaviy tahlil


Xo’jalik yurituvchi sub’ektda mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligi tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə45/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

Xo’jalik yurituvchi sub’ektda mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligi tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari.

Mehnat resurslari mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarishning muhim omili sanaladi. Hatto fan texnikasi rivojlangan mamlakatlarning ishlab chiqarishida ham inson omilining ishtiroki zarur. Shu boisdan, xo’jalik yurituvchi sub’ektda mehnat resurslarining tahlili olib borilib, ular yuzasidan samarali boshqaruv qarorlari qabul qilinadi.


Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning xodimlar bilan ta’minlanishi va ulardan samarali foydalanish ko’rsatkichlarini omilli o’rganish, mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlarining dinamik o’zgarishiga baho berish hamda boy berilgan imkoniyatlar yuzasidan tavsiyalar tayyorlash tahlilning maqsadi hisoblanadi.
Yuqorida bildirilgan fikrlarga binoan, xo’jalik yurituvchi sub’ektda mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligi tahlilining vazifalari bo’lib quyidagilar sanaladi:
- mehnat resurslari bilan ta’minlanganligiga baho berish;
- ish vaqtidan foydalanish jarayonini tahlil etish;
- mehnat resurslaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlarini omilli o’rganish;
- xodimlar qo’nimsizligiga baho berish;
- mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish hajmiga mehnat omillarining ta’sirini aniqlash;
- mehnat resurslari tahlili bo’yicha mavjud va boy berilgan imkoniyatlarni aniqlab, takliflar tayyorlash...
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning mehnat resurslarini tahlilida axborot manbalari bo’lib, biznes reja ma’lumotlari, “Mehnat hisoboti” (1-T statistik hisobot shakli) va boshqalar hisoblanadi.


  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektning mehnat resurslari bilan ta’minlanishini tahlili

Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish rejasining bajarilishi ko’p jihatdan xo’jalik yurituvchi sub’ektning ish kuchi bilan ta’minlanishi bilan bog’liq. Shu bois, xo’jalik yuritish sub’ekti mehnat resurslarini ishlab chiqarishdagi roliga ko’ra tarkiblab, ular bilan ta’minlanganlik darajasini o’rganadi.


Mehnat resurslari ishlab chiqarishdagi roliga qarab quyidagicha tarkibga bo’linadi va tahlil etiladi (19-jadval):
  • ishchilar;


  • xizmatchilar;


  • rahbarlar;


  • mutaxassislar va boshqalar.


19-jadval



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin