11-jadval
Moliyaviy hisobot ma’lumotlarini bir-biriga mosligini tekshirish
Ko’rsatkichlar
Nomi
|
Shakl raqami
|
Birlamchi
|
Ikkilamchi
|
Mosligi
|
Satri
| Summa, ming so’m |
Shakl raqami
|
Satri
|
Summa, ming so’m
|
A
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Asosiy vositalar:
Boshlang’ich qiymat.
|
1
|
010
|
71000
|
3
|
130
|
71000
|
Mos
|
Eskirish qiymati.
|
1
|
011
|
44500
|
3
|
130
|
44500
|
Mos
|
Ustav kapital
|
1
|
320
|
80000
|
5
|
080
|
80000
|
Mos
|
Taqsimlanmagan foyda
|
1
|
350
|
45000
|
5
|
080
|
45000
|
Mos
|
Va xokazolar
|
|
|
|
|
|
|
|
Shunday tartibda debitorlik va kreditorlik qarzlarini, pul mablag’lar harakatini va boshqa ma’lumotlarni ham mazmunan, miqdoran to’g’riligini tekshirish mumkin.
Iqtisodiy tahlilni tashkil qilish bosqichlari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida analitik ishlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan uni qanday tashkil etilganligiga va rejalashtirishga bog’liqdir. Odatda analitik ishlarda nafaqat korxonani boshqaruv tarkibi, balki boshqaruvning funksional organlari, jamoatchilik a’zolari hamda mehnat jamoasigacha qatnashishi mumkin bo’ladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy tahlilni tashkil etishning quyidagi bosqichlari keltirib o’tilgan:
Tahlil o’tkazishning rejasi va dasturini tuzish bosqichi. Iqtisodiy tahlilning dasturi va rejasini tuzib olish tahlilni tashkil etishning asosiy qismidir. Bu bosqichda iqtisodiy tahlil ishlari nimadan boshlanishi, tahlil utkazuvchi komissiyaga kimlar kiritilishi hamda tahlil ishlari nima bilan yakunlanishi ko’rsatib o’tiladi. Bundan tashqari iqtisodiy tahlil o’tkazish dasturida quyidagilar aniq ko’rsatilgan va belgilanib olingan bo’lishi lozim:
- tahlilning maqsadi va vazifasini aniqlash;
- tahlil ob’ektini aniqlash;
- iqtisodiy tahlil ishlarini olib borish joyi;
- tahlil mazmunini izoxlash;
- ijrochilarni tarkibi va ularning vazifalarini belgilash;
- tahlil utkazish muddatini belgilab olish;
- tahlil manbalari va ularni natijalarini rasmiylashtirish tartibini aniqlab olish.
Tahlil uchun kerakli bo’lgan manbalarni aniqlash, yig’ish hamda hisoblanadigan ko’rsatkichlarni belgilash bosqichi. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- tahlil uchun zarur ma’lumotlarni aniqlash;
- tahlil manbalarini to’plash;
- qo’shimcha ma’lumotlarni jalb etish;
To’plangan ma’lumotlarning qo’g’riligini tekshirish va tahlil uchun moslashtirish bosqichi. To’plangan manbalarni to’g’riligini tekshirish hamda ishonchliligini aniqlashdan iborat bo’ladi va ushbu manbalar tahlil uchun moslashtiriladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda quyidagilar aniqlanib olinadi:
- tahlil usullarini aniqlab olish;
- ma’lumotlarni soddalashtirish;
- jadval, sxema va maketlarni tuzish;
- ta’sir etuvchi faktorlarni aniqlash;
- rezervlarni aniqlash.
|