Moliyaviy tahlil


Mahsulot(ish, xizmat)lar nomenkulaturasi va assortimentining tahlili



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə35/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

Mahsulot(ish, xizmat)lar nomenkulaturasi va assortimentining tahlili


  • Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish maromiyligining tahlili


  • Mahsulot(ish, xizmat)larni sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili


  • Mahsulot sifatining tahlili


  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektda mehnat resurslaridan foydalanish va mehnat unumdorligi tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari


  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektning mehnat resurslari bilan ta’minlanishini tahlili


  • Mehnat resurslarining harakati va qo’nimsizligini tahlili


  • Mehnat resurslarining ish vaqtidan foydalanishini tahlili


  • Mehnat resurslaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlari va ularning mahsulot(ish, xizmat)lar hajmiga ta’sirini omilli tahlili


  • Moddiy resurslarning holati va ulardan samarali foydalanish tahlilining maqsadi, vazifalari hamda axborot manbalari
  • Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlikni tahlili

  • Moddiy resurslardan samarali foydalanish va ularning ishlab chiqarilgan mahsulot(ish, xizmat)lar hajmiga ta’sirini omilli tahlili



  • Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini pasaytirishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari


  • Xarajatlarni turkumlash: ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari, «o’zgaruvchan» va «o’zgarmas» xarajatlar



    • Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari hamda uni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi

    Mamlakatda mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan boyliklarning chegaralanganligi ularning hajmini ilmiy asoslangan holda rejalashtirishni taqozo etadi. Bu xo’jalik yurituvchi sub’ektining ichki imkoniyatidan kelib chiqib, mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish bo’yicha buyurtmalar olib, iste’molchilarning talablaridan kelib chiqib shartnomalar tuzishni taqozo etadi.


    Xo’jalik yuritish sub’ektlarida mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish bo’yicha belgilangan biznes rejadagi hajmni yuqori sifatli bajarilishini ta’minlash uning rentabellik va to’lov qobiliyati kabi qator sifat ko’rsatkichlarining yaxshilash omili hisoblanadi. Shu boisdan, amaldagi qonunchilikka binoan (O’zbekiston Respublikasining “Korxonalar to’g’risida”gi qonunini 20-moddasi) xo’jalik yuritish sub’ektlari o’z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish hajmini bozordagi talab asosida belgilaydi.
    Yuqoridagilarga binoan, xo’jalik yurituvchi sub’ektida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotish hajmini dinamik o’zgarishiga omilli baho berib, uning raqobatbardoshligi, hajmini oshirish hisobiga muhim sifat ko’rsatkichlarini yuqori bo’lishini ta’minlash hamda mazkur yo’nalishda mavjud imkoniyatlar yuzasidan takliflar tayyorlash mavzu maqsadi sanaladi.
    Belgilangan maqsadga erishishda iqtisodiy tahlilning vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
    • Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarishning biznes rejada belgilangan hajmda bajarilishiga baho berish;


    • Ishlab chiqarilgan mahsulot(ish, xizmat)larning sifatini o’rganish;


    • Mahsulot(ish, xizmat)lar nomenklaturasi va assortimentiga baho berish;


    • Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish maromiyligini tahlil etish;


    • Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish hajmini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash va h.k..


    Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotishni tahlilida xo’jalik sub’ektining biznes reja, “Korxona(birlashma)ning mahsuloti bo’yicha hisoboti” (1-P shakl), “Tayyor mahsulotlar harakati” to’g’risidagi 16-sonli vedomost, “Buxgalteriya balansi” (1-shakl), “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” (2-shakl) ma’lumotlari axborot manbalari bo’ladi.


    Ushbu axborot manbalarida mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hajmini ifodalovchi quyidagi ko’rsatkichlar to’g’risida ma’lumotlar olinadi:
    • yalpi mahsulot;


    • tovar mahsulot;


    • sotilgan mahsulot.


    Yalpi mahsulot - xo’jalik yurituvchi sub’ektining ma’lum bir davr(kun, oy, chorak, yil)da yaratgan qiymatliklarining amaldagi va solishtirma baholarda o’lchangan hajmiga aytiladi. Shuning uchun, xo’jalik sub’ektining yalpi mahsulotining hajmi ular tomonidan ishlab chiqarilgan tayyor mahsuloti (ish, xizmati), tugallanmagan ishlab chiqarishi, yarim fabrikatlari qiymati asosida aniqlanadi.


    Tovar mahsuloti - iste’molchilarga etkazib berish uchun, sotishga mo’ljallangan, pirovard mahsulot(ish, xizmat)lar bo’lib, hajm nuqtai-nazaridan yalpi mahsulotdan tugallanmagan ishlab chiqarishi, yarim fabrikatlari hisobiga kichik bo’ladi.

    Yüklə 0,67 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin