Bevosita xo’jalik sub’ektlarining barcha sohalarini belgilangan tartibda tahlil qilib chiqish bosqichi. Bu eng muhim bosqich bo’lib, bevosita tahlil ishlari bajariladi, ko’rsatkichlar hisoblanadi, o’zgarish sabablari va farqlar aniqlanadi. Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- mezon ko’rsatkichlarini aniqlash;
- ko’rsatkichlarni hisob-kitob qilish hamda natijalarni baholash;
- baholashda ekspertizadan foydalanish;
- natijalarni umumlashtiruvchi mezonlar;
- tahlil natijalarini xulosaga tayyorlash.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi. Bu bosqichda o’rganilayotgan iqtisodiy jarayon yakunlanadi va ma’lum bir o’zgarishlarga baho beriladi hamda tahlilga yakun yasaladi. Bundan tashqari ushbu bosqichda ham quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim bo’ladi:
- korxona faoliyati natijalarining o’zgarish sabablarini aniqlash;
- korxona faoliyatini yaxshilanish rezervlarini jamlash;
- aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlarini belgilash;
- tahlil natijalarini hisoblash va hisobotda ifodalash.
Tahlil natijasida ilg’or g’oya va tajribalarni amaliyotda qo’llash shart-sharoitlarini ko’rsatib berish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish bosqichi. Mazkur bosqichda tahlil natijasida aniqlangan imkoniyatlarni korxona faoliyatiga qo’llash yo’llari ko’rsatib beriladi, tavsiyalar beriladi, aniqlangan ilg’or g’oya va tajribalarni amaliyotga tadbiq etishni ko’rsatib beradi va ularning haqiqatda kelgusida bajarilishi nazorat qilib boriladi.
5-mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni tahlil qilish usullari
Mahsulot(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish tahlilining maqsadi, vazifalari va axborot manbalari hamda uni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi
Mahsulot(ish, xizmat)lar tarkibidagi strukturaviy o’zgarishlar tahlili
Dostları ilə paylaş: |