O‘zbekistonning eng yangi tarixi



Yüklə 329,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix30.03.2023
ölçüsü329,27 Kb.
#91462
  1   2   3   4   5   6
O‘zbekistonning eng yangi tarixi




1- Mavzu: ”O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv kursining predmeti, 
maqsadi va vazifalari, nazariy-metodik tamoyillari 
Reja: 
1. Kirish. "O‘zbekistonning eng yangi tarixi"kursini o`qitishnig dolzarbligi. 
2."Eng yangi tarix" tushunchasining ta'rifi, mazmun –mohiyati. 
3. "O‘zbekistonning eng yangi tarixi" kursining predmeti, uning
maqsadi, vazifalari va nazariy-uslubiy asoslari. 
 
1.Kirish. "O‘zbekistonning eng yangi tarixi"kursini o`qitishnig dolzarbligi. 
O‘zbekiston tarixi, shuningdek, O‘zbekistonning eng yangi tarixi jahon 
tarixining ajralmas bir qismi bo‘lib, u bizning zamonamizdagi global jarayonlar 
bilan chambarchas bog‘liqdir. Eng yangi tarixni o‘rganishning muhimligi va 
dolzarbligi shundaki, u mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-ma'naviy 
jihatdan barqaror rivojlanishiga ta'sir qiluvchi voqea-xodisalarni tushunishga hamda 
teran idrok etishga yordam berishi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, u bizga tarixiy 
taraqqiyot tendensiyalarini oldindan ko‘ra bilish va bashorat etish imkoniyatini 
beradi. 
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish jarayoni sobiq 
sovet hududidagi boshqa mamlakatlar singari murakkab siyosiy o‘zgarishlar 
sharoitida yuz berdi. Davlat mustaqilligining e'lon qilinishi mamlakatning barcha 
siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tizimini tubdan o‘zgartirishga yo‘l ochdi. 
Demokratik prinsiplarga ko‘ra milliy davlatchilik va siyosiy tizimning asoslari 
shakllantirildi, ularda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
hokimiyatlari funksiyalari va vakolatlari taqsimlandi. Respublikaning siyosiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy hayotini erkinlashtirish bosqichma-bosqich, keskin inqilobiy 
larzalarsiz amalga oshirildi. Tashqi siyosatning milliy strategiyasi ishlab chiqilib, 
O‘zbekiston zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimiga munosib ravishda kira oldi. 
O‘zbekiston tanlagan mustaqil taraqqiyot yo‘li xalqimizning milliy xususiyatlari, 
urf-odatlari va madaniyatini har tomonlama hisobga olgan holda, to‘plangan xalqaro 
tajribadan ijodiy foydalanishga asoslangandir. 



Zamonaviy tarixni o‘ta dolzarbligini hisobga olgan holda, O‘zbekiston 
Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2012 yil yanvar' oyida "Oliy va 
o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning zamonaviy tarixi bo‘yicha 
jamoat kengashini tashkil etish to‘g‘risida" qaror qabul qildi. Kengashga tarixiylik 
va ob'ektivlik, dogmatizmning oldini olish, o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi va 
bugungi kunini baholashga har tomonlama yondoshish asosida O‘zbekistonning 
zamonaviy tarixini tizimli o‘rganish vazifalari yuklatildi. Bunda zamonaviy tarixni 
ilmiy tadqiq qilishda xalqaro tajribani hisobga olish, yangi avlod o‘quv va ilmiy 
adabiyotlarini tayyorlash, O‘zbekistonning zamonaviy tarixi global va mintaqaviy 
jarayonlar bilan uzviy bog‘liq ekanligi nazarda tutildi. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi - bu tarix fanining nisbatan yangi yo‘nalishi 
bo‘lib, u 2020 yilda mustaqil ilmiy fan sifatida o‘ziga xos metodologiyasi, tadqiqot 
yo‘nalishlari va o‘quv-uslubiy ishlanmalari bilan ajralib chiqdi. Shu munosabat 
bilan, zamonaviy tarix mamlakatimizning mustaqillik arafasidagi va mustaqillik 
taraqqiyot davri tarixini, uning o‘ziga xos tendensiyalari, tarixiy shart-sharoitlari va 
rivojlanish jarayonlarini ilmiy asoslangan holda yoritishni taqozo etmoqda. 
Binobarin, tarixshunoslar va, shuningdek, O‘zbekiston ijtimoiy-gumanitar 
fanlarining boshqa vakillari oldida jahon amaliyotini bu boradagi tarixiy tajribasini 
hisobga olgan holda, mazkur ta'limni yangi nazariy va metodologik darajaga 
ko‘tarish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish vazifasi turibdi.

Yüklə 329,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin