34-jadval
“Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy koeffisientlarini tahlili
№
|
Ko’rsatkichlar
|
Yil boshiga
|
Yil oxiriga
|
O’zgarishi (+,-)
|
1
|
Moliyaviy mustaqillik koeffisienti, (480/400)
|
0,66
|
0,48
|
- 0,18
|
2
|
To’lov qobiliyati koeffisienti, (320+370+210+140/600)
|
2,32
|
2,51
|
+0,19
|
3
|
Majburiyatlar va o’z mablag’lar manbai o’rtasidagi nisbat koeffisienti, (770/480)
|
0,40
|
0,70
|
+0,30
|
4
|
Tovar-moddiy zaxiralarni jami mablag’lar manbalari bilan qoplanganligi koeffisienti, (480+570+580+730+740-130)/140
|
2,66
|
2,35
|
-0,31
|
5
|
Mablag’larning chaqqon harakatchanlik koeffisienti, (480+570+580-130)/480
|
0,63
|
1,05
|
+0,42
|
Hisob-kitoblar:
1. Moliyaviy mustaqillik koeffisienti:
2. To’lov qobiliyati (umumiy to’lov qobiliyati) koeffisienti:
;
3. Majburiyatlar va o’z mablag’lar manbai o’rtasidagi nisbat koeffisienti:
4. Tovar-moddiy zaxiralarini jami mablag’lar manbalari bilan qoplanganligi koeffisienti:
5. Mablag’larning chaqqon harakatchanlik koeffisienti:
34-jadval ma’lumotlariga binoan, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy koeffisientlarining o’zarishini quyidagicha baholash mumkin:
1. Moliyaviy mustaqillik koeffisienti yil boshiga nisbatdan hisobot davri oxirida 0,18 (0,66-0,48) koeffisientga, uzoq muddatli majburiyatlarni 128298 (136268-7970) ming so’mga qo’shimcha jalb etgani bois, pasaygan. Bu, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ekti uchun ijobiy holat emas;
2. “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektning umumiy to’lov qobiliyati esa, 0,19 (2,51-2,32) koeffisientga ortgan. Bu, xo’jalik yurituvchi sub’ekti uchun ijobiy holat hisoblanadi.
3. Majburiyatlar va o’z mablag’lar manbai o’rtasidagi nisbat koeffisienti ham 0,30 (0,70-0,40) birlikka ortib, xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun ijobiy emas;
4. Tovar-moddiy zaxiralarining jami mablag’lar manbai bilan qoplanish koeffisienti 0,31 (2,35-2,66) birlikka pasayib, bu ham xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun biroz noqulay vaziyat;
5. Mablag’larning chaqqon harakatchanlik koeffisienti 0,42 (1,05-0,63) ga ortib, bu “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun yaxshi vaziyat sanaladi.
Xulosa tarzida shuni ta’kidlash kerakki, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ekti hisobot yilida faoliyati uchun uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlarni jalb etgan. Natijada, uning ayrim moliyaviy koeffisientlari yuzasidan salbiy xulosaga kelish mumkin. Masalan, mustaqillik yoki majburiyatlar va o’z mablag’lar manbai o’rtasidagi nisbat koeffisientlariga. Ammo, xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa moliyaviy koeffisientlari va ularning o’zgarishiga asosan uning umumiy faoliyatini ijobiy baholaymiz. Sababi, faoliyati uchun jalb etilgan uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlardan samarali foydalanishi hisobiga “Turon” hisobot davrida katta yutuqlarga erishgan. Natijada, to’lov qobiliyati, buxgalteriya balansidagi mablag’lar joylashuvi yaxshilangan. Bu tez kunlarda “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlarini qaytarishidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |