Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlar buxgalteriya balansining 210 va 601 satrlarda umumlashgan holda aks ettirilgan bo’lib, ular quyidagi ko’rsatkichlardan iborat:
1. Debitorlik qarzlari:
1.1. Xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari (220-satr);
1.2. Alohida bo’linmalarning qarzlari (230-satr);
1.3. Sho’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarining qarzlari (240-satr);
1.4. Xodimlarga berilgan bo’naklar (250-satr);
1.5. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar (260-satr);
1.6. Byudjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari (270-satr);
1.7. Maqsadli davlat jamg’armalari va sug’urtalar bo’yicha bo’nak to’lovlari (280-satr);
1.8. Ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha qarzlar (290-satr);
1.9. Xodimlarning boshqa operasiyalar bo’yicha qarzlari (300-satr);
1.10. Boshqa debitorlik qarzlari (310-satr).
2. Kreditorlik qarzlari:
2.1. Mahsulot etkazib beruvchilar va pudratchilardan qarzlar (610-satr);
2.2. SHo’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan qarzlar (630-satr);
2.3. Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha muddati o’tgan (kechiktirilgan) majburiyatlar (650-satr);
2.4. Olingan bo’naklar (670-satr);
2.5. Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar (680-satr);
2.6. Sug’urtalash bo’yicha qarzlar (690-satr);
2.7. Davlatning maqsadli jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzlar (700-satr);
2.8. Ta’sischilarga qarzlar (710-satr);
2.9. Mehnatga haq to’lash bo’yicha qarzlar (720-satr);
2.10. Boshqa kreditorlik qarzlari (760-satr).
Yuqoridagi ko’rsatkichlar asosida, debitorlik va kreditorlik qarzlarining balansi tuziladi va ularning holatiga baho beriladi (40-jadval).
40-jadval “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini tahlili (ming so’m hisobida)