Moliyaviy tahlil


O’tgan yil Hisobot yil



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə79/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

O’tgan yil


Hisobot yil


Farqi (+,-)

1

Debitorlik qarzlari, ming so’m (1-shakl, 210 - satr)

165130

383 626

+218496

2

Mahsulot(ish, xizmat)lar sotishdan sof tushum, ming so’m (2-shakl, 010-satr)


605821

999 312

+393491

3

Joriy aktivlar, ming so’m (1-shakl, 390-satr)


309846

793 883

+484037

4

Muddati o’tgan debitorlik qarzlari, ming so’m (1-shakl, 211-satr)


-

-

-

5

Debitorlik qarzlarining aylanish koeffisienti (2/1)


3,7

2,6

-1,1

6

Debitorlik qarzlarining aylanish salmog’i koeffisienti (1/2)


0,3

0,4

+0,1

7

Debitorlik qarzlarining aylanish davri, kunda ((1*360)/2)


97

138

+41

8

Joriy aktivlar tarkibida debitorlik qarzlarining tutgan ulushi, % ((1/3)*100)


53,3

48,3

-5,0

9

Muddati utgan debitorlik qarzlari ulushi, (4/1*100)%


-

-

-


Debitorlik qarzlarining aylanish davri ham hisobot yilida 41 (138-97) kunga ortib ketgan. Bu natijaga binoan, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ekti o’tgan yili 97 kunda debitorlik qarzlarini undirgan bo’lsa, hisobot yilida 138 kunda undirishi ma’lum bo’ldi. Natijada, vaqtida undirilmagan debitorlik qarzlari hisobiga faoliyati uchun qo’shimcha mablag’lar jalb etishga majbur bo’ladi.

Yuqoridagi natijalarga, hisobot davrida debitorlik qarzlarining keskin, ya’ni 218496 (383626-165130) ming so’mga ortishi va mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan sof tushumning 393491 (999312-605821) ming so’mga ortishi ta’sir etgan (42-jadval).


42-jadval
Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining debitorlik qarzlari aylanishining omilli tahlili




Ko’rsatkichlar


Debitorlik qarzlari aylanish koeffisienti


Debitorlik qarzlari aylanish davri, kun

1

O’tgan yil

3,7

97

2

Shartli ko’rsatkich

6,1

59

3

Hisobot yil

2,6

138





Farqi (+,-)


-1,1


+41

- mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan sof tushumning o’zgarishi hisobiga


+2,4

-38

- debitorlik qarzlari summasining o’zgarishi hisobiga


-3,5

+79


Hisob – kitoblar:

1. Shartli ko’rsatkichlarning aniqlanishi:


1.1. Debitorlik qarzlarining shartli aylanish koeffisienti (Dksh);

1.2. Debitorlik qarzlarini shartli aylanish davri, kun (Dash).


yoki

42-jadval ma’lumotlariga binoan, debitorlik qarzlarining aylanish koeffisienti va davriga omillar ta’siri quyidagicha bo’lgan:

1. Debitorlik qarzlarining aylanish koeffisienti o’tgan yilga nisbatan hisobot davrida 1,1 birlikka kamaygan. Bu o’zgarishda mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumning 393491 ming so’mga ortishi ijobiy, ya’ni o’rganilayotgan ko’rsatkichning 2,4 birlikka ortishini ta’minlagan. Debitorlik qarzlarining hisobot yilida 218496 ming so’mga ortishi esa salbiy ta’sir etib, o’rganilayotgan ko’rsatkichning 3,5 birlikka kamaytirgan. Natijada, ikki omil yig’indisi hisobiga umumiy kamayish 1,1 (2,4+(-3,5)) birlikni tashkil etgan;
2. Debitorlik qarzlarining aylanish davri ham unga mos ravishda hisobot yili 41 (138-97) kunga ortgan. Mazkur ko’rsatkichning o’zgarishida mahsulot(ish, xizmat)larni sotishda olingan sof tushumning 393491 ming so’mga ortishi ijobiy, ya’ni 38 kunga debitorlik qarzlarini undirilishini qisqartirgan. Ammo, debitorlik qarzlarining hisobot davrida 218496 ming so’mga ortishi natijasida “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektda debitorlik qarzlarini aylanish davri 79 kunga ortgan. Bu, mahsulot(ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumning ijobiy natijasi(38)ni ham qoplab, umumiy debitorlik qarzlarini aylanish davrini 41 kun bo’lishini ta’minlagan.
Shu boisdan, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ekti debitorlik qarzlarini undirib olish choralarini ko’rishi zarur deb hisoblaymiz.



  • Kreditorlik qarzlari aylanishini omilli tahlili

Kreditorlik qarzlari, xo’jalik yurituvchi ub’ektining qarshi tomonga to’laydigan majburiyatlarini xarakterlab, ularning aylanishini omilli o’rganishda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:

1. Kreditorlik qarzlarini aylanish koeffisienti (Kk);

2. Kreditorlik qarzlarining aylanish salmog’i koeffisienti (Ks);

3. Kreditorlik qarzlarini aylanish davri kun o’lchov birligida hisobga olinib, quyidagicha aniqlanadi (Ka).


yoki

Kreditorlik qarzlarining aylanishini tahlilida, debitorlik qarzlarining aylanishi tahlilidan farqli o’laroq sotilgan mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxi ko’rsatkichidan foydalaniladi. Negaki, mazmun-mohiyatiga ko’ra debitorlik qarzlari bevosita mahsulot(ish, xizmat)larni sotish bilan bog’liq bo’lsa, kreditorlik majburiyatlari sotilgan mahsulot(ish, xizmat)larning tannarxiga aloqador. Shu boisdan, kreditorlik qarzlari aylanishining tahlili mahsulot(ish, xizmat)larni tannarxiga bog’liq holda, o’rganiladi (43-jadval).


43-jadval
Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining kreditorlik qarzlari aylanishini tahlili





Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin