Moliyaviy tahlil



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə77/94
tarix25.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#196753
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   94
Moliyaviy tahlil-hozir.org

Jami


383626


100,0


Jami


316492


82,5


Kreditorlik qarzlarning debitorlik qarzlaridan oshiqchaligi


-


0,0


Debitorlik qarzlarning kreditorlik qarzlaridan oshiqchaligi


+67134


17,5


BALANS


383626


100,0


BALANS


383626


100,0

40-jadval ma’lumotlariga ko’ra, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining debitorlik qarzlari hisobot davrida 383626 ming so’mni tashkil etib, kreditorlik majburiyatlari esa 316492 ming so’m bo’lgan. Demak, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining debitorlik qarzlari kreditorlik majburiyatlaridan 67134 ming so’mga ortiq.

Debitorlik qarzlarining tarkibida asosiy salmoqqa xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari (46,9 foiz), sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarining qarzlari (39,4 foiz), mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar (12,2 foiz) ega. Bizningcha, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ekti birinchi debitorlik qarzlari tarkibida 46,9 foiz salmoqqa ega xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlarini undirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.


Kreditorlik qarzlarining tarkibi o’rganilganda esa, asosiy salmoqqa byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar (16,3 foiz), mahsulot etkazib beruvchilar va pudratchilardan qarzlar (8,6 foiz), boshqa kreditorlik qarzlari (52,9 foiz) ega bo’lib, bizningcha ularning “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektlari tomonidan tezda qaytarilishi maqsadga muvofiq. Negaki, ularning vaqtida qaytarilmasligi “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ektining moliyaviy jarimalarga tortilishiga sabab bo’ladi va ortiqcha xarajatlarni keltirib chiqarib, uning mavqeini pasayishiga olib keladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarlarining balansi 383626 ming so’mni tashkil etib, sof debitorlik majburiyatlarining summasi 67134 ming so’mni tashkil etgan. Bu, “Turon” xo’jalik yurituvchi sub’ekti uchun birmuncha ijobiy holat deb baholanishi mumkin. Sababi, tahlilda tez pulga aylanuvchi aktivlarning (A2) qisqa muddatli majburiyatlardan (P2) katta bo’lishi (A2>P2) maqsadga muvofiq topilgan.
Amaldagi qonunchiligimizga binoan, debitorlik va kreditorlik qarzlarini undirib olish muddati 3 oy qilib yoki 90 kalendar kuni deb belgilangan. Ushbu muddatdan so’ng, debitorlik va kreditorlik qarzlari muddati o’tgan majburiyatlar sifatida nazoratga olinadi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarish muddati sifatida huquqiy shaxslar o’rtasida ham, korxona bilan jismoniy shaxslar o’rtasida ham 3 yil muddat qilib belgilangan. Ushbu muddatda to’lanmagan yoki undirib olinmagan qarzlar xo’jalik yurituvchi sub’ektining moliyaviy natijasiga olib boriladi va belgilangan tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi hamda mas’ullarga tegishli choralar ko’riladi. Shu boisdan, muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga olib borishdan oldin, ularni undirib olish choralarini ko’rish maqsadga muvofiq sanaladi.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin