3.9. Soliq bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish
2004 yilning 1 yanvaridan mulk shaklidan qat’iy nazar barcha xo’jalik
yurituvchi subyektlarda qo’llaniladigan yangi schyotlar rejasida budjet bilan olib
boriladigan operatsiyalarni hisobga olib borish uchun 11 ta balansli va 2 ta
balansdan tashqari schyotlar belgilangan bo’lib, ular quyidagilar:
Balansli schyotlar: 0950 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan
daromad (foyda) solig’i»; 3210 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan
daromad (foyda) solig’i»; 4410 «Budjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak
to’lovlari»; 6240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan
majburiyatlar»; 6250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad
(foyda) solig’i bo’yicha majburiyatlar»; 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz»;
7240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan
majburiyatlar»; 7250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad
(foyda) solig’i bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlar»; 8840 «Maqsadli
foydalanadigan soliq imtiyozlari»; 9810 «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha
xarajatlar»; 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha
xarajatlar» schyotlarni o’z ichiga oladi.
131
Balansdan tashqari schyotlarga esa: 012 «Kelgusi davrlarda soliq solinadigan
bazadan chiqariladigan xarajat» 013 «Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari
bo’yicha)» schyotlar kiradi.
Yuqorida keltirilgan schyotlarning oldiga qo’yilgan vazifalar turlicha. Bu
vazifalarni buxgalterlar chuqur anglab amaliyotda ulardan to’g’ri foydalanishlari
zarur.
0950 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i»
schyotida hisobot davrida to’lanadigan soliqning kechiktirilgan qismi hisobga
olinadi. Shu bilan birga ushbu summa balansdan tashqari 012 «Kelgusi davrlarda
soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar» schyotning kirimiga yozib
qo’yiladi.
Hisobot davri oxirida ushbu summa soliqqa tortiladigan bazaga qo’shib
daromad (foyda) solig’iga tortiladi.
4410 «Budjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari» schyotida
bo’nak soliq summalari, xususan, xarid qilingan xom-ashyo, materiallar, yarim
tayyor mahsulotlar va boshqa turdagi ishlab chiqarish zahiralari bo’yicha
hisoblashish hujjatlarida alohida ko’rsatilgan qo’shilgan qiymat solig’i (QQS)
hisobga olinadi.
4410 schyotida yig’ilgan soliq summalarini hisobdan chiqarish tartibi qonuniy
va me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Buxgalteriya hisobida 4410
«Budjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari» schyotidan chiqarish
operatsiyasi quyidagi buxgalteriya hisobi yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: material
resurslari, tovarlar, ishlar va hizmatlarga tegishli QQS summasi qarz surishishga
(zachetga) qabul qilinganda: D-t 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz», K-t
4410 «Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari» schyoti.
132
Amaldagi Nizom qonunchiligi asosida soliqlar bo’yicha imtiyozlar berilgan
quyidagi xo’jalik subyektlariga tegishli:
17
- soliq, bojxona va majburiy to’lovlardan ozod qilish natijasida hosil bo’lgan
mablag’larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo’naltiradigan xo’jaliklar;
- soliq to’lovlaridan vaqtinchalik ozod qilish natijasida hosil bo’lgan
mablag’larni maqsadli foydalanishga yo’naltirmaydigan xo’jaliklar.
Chunonchi, 2003 yil 26 fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi
Prezidentning Farmoni bilan Respublikada maxsus klinikalar va tibbiy markazlar
tashkil etildi. Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash maqsadida ushbu respublika
ixtisoslashtirilgan markazlari o’z ehtig’jlari uchun olib kelinadigan tibbiyot
uskunalari va asboblari uchun 2003 yilning 1 martidan to 2012 yilning 31
dekabrigacha 10 yil muddatga barcha turdagi soliqlar, bojxona to’lovlari/bojxona
rasmiylashtiruvi uchun yig’imlardan tashqari/to’lashdan ozod qilinib, bushaydigan
mablag’lar Markazlarni rivojlantirish va jihozlashga maqsadli tarzda yo’naltirish
ko’zda tutilgan.
Bunday maqsadlar uchun budjetga to’lashdan ozod qilingan soliqlar summasi
moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda (2-shakl) aks ettiriladi, demak
korxonaning moliyaviy natijalarini shakllanishiga ta’sir qiladi.
Budjetga soliq to’lashdan berilgan imtiyozlar yangi schyotlar Rejasi bo’yicha
8840 «Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» schyotida hisobga olinadi.
Ayrim xo’jalik yurituvchi subyektlar daromad (foyda)dan ajratma solig’idan
qonunchilikka binoan vaqtinchalik imtiyozlarga aga bo’lishi mumkin. Bunday
vaqtlarda umumiy belgilangan tartibda hisoblangan daromad (foyda)dan ajratma
solig’i summasiga quyidagicha yozuv rasmiylashtiriladi: D-t 9810 «Daromad
17
«Солиқлар, бож ва мажбурий тўловларни бюджетга тўлаш бўйича юридик шахсларга берилган имтиёзларни
расмийлаштириш ва бухгалтерия ҳисобида акс эттириш тўғрисида»ги Низом. 2002 йил 22 июнда ЎзР Адлия
вазирлиги томонидан 1155-сон билан рўйхатга олинган.
133
(foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar», K-t 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz»
schyoti bo’yicha ochilgan «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha imtiyozlar» schyoti.
Ushbu hisoblangan soliq summasi budjetga o’tkazilmaydi, balki maqsadli
foydalanish uchun berilgan soliq imtiyozlari schyotiga o’tkaziladi: Dt 6410
«Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz» schyoti bo’yicha ochilgan «Daromad (foyda)
solig’i bo’yicha imtiyozlar», 8840 «Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari»
schyoti.
8840 – schyotda hisobga olinadigan qonunchilik bo’yicha soliqlardan ozod
qilish natijasida hosil bo’lgan summa, agar imtiyozli davr ko’rsatilgan bo’lsa,
ko’rsatilgan davr oxirida, boshqa hollarda esa har yili quyidagi hisobdan
chiqariladi: D-t 8840 «Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari», K-t 8520
«Rezerv kapitali» schyoti.
Maqsadli foydalanish uchun rezerv kapitaliga o’tkazilgan mablag’dan xo’jalik
yurituvchi subyektlar o’zlarining moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini
mustahkamlash, shuningdek xodimlarni moddiy rag’batlantirish uchun
foydalanganda 8520 «Rezerv kapitali» schyoti debetlanib tayinlanishiga qarab
tegishli schyotlar kreditlanadi.
Soliqlar, bojxona va majburiy to’lovlardan ozod qilinishi natijasida hosil
bo’lgan mablag’lardan maqsadli foydalanganligini tasdiqlash uchun korxona va
tashkilotlar har yili yillik moliyaviy hisoboti bilan birga ushbu mablag’lardan
foydalanishi to’g’risidagi hisob-kitobini topshiradi.
Soliq organlari tomonidan tekshirilganda soliqlar, bojxona va majburiy
to’lovlardan ozod qilinishi natijasida hosil bo’lgan mablag’larning belgilangan
maqsadlarga emas, boshqa maqsadlar uchun foydalanganligi aniqlansa yoki
imtiyozli davr tugaganga qadar import qilingan tovarlar sotilsa yoki boshqa
tashkilotga berilsa, belgilangan maqsad bo’yicha foydalanilmagan mablag’lar
summasi, shuningdek, sotilgan mulklar bo’yicha bojxona to’lovlari summasi
jarima choralarini qo’llagan holda boqimandasi bilan undirib olinadi.
134
Soliq organlariga topshirilgan hisob-kitoblarning to’g’riligi va o’z vaqtida
topshirilishiga korxona va tashkilotlar javobgardir. Qonunchilik asosida soliq
to’lovlaridan vaqtinchalik ozod qilish natijasidada hosil bo’lgan mablag’larni
maqsadli foydalanishga yo’naltirmaydigan korxona va tashkilotlarga misol qilib
shuni ko’rsatish lozimki, yangi tashkil etilgan korxonalar ro’yxatdan o’tgan
vaqtdan boshlab ikki yil davomida budjetga mulk solig’i to’lashdan ozod qilinadi.
Ushbu soliqdan ozod qilish natijasida hosil bo’lgan mablag’ maqsadli
foydalanishga yo’naltirilmaydi. Shunday shart bilan qonunchilikka binoan ayrim
xo’jalik yurituvchi subyektlar boshqa soliq, bojxona va majburiy to’lovlardan
ozod qilinishi mumkin.
Hisoblangan boj to’lovlari, soliqlar (QQS to’lovchilar uchun QQS
summasidan tashqari) va majburiy to’lovlar summasini tovarning sotish qiymatiga
ham qo’shmaydi. Bunday xo’jalik yurituvchi subyektlar har bir budjetga to’lov
turi bo’yicha balansdan tashqari 013 «Vaqtinchalik soliq imtiyozlari» schyotida
hisob yuritadi.
Umumiy belgilangan tartibda budjetga hisoblangan soliq va to’lovlar
summasi 013-schyotning kirimiga yozib boriladi. Budjetga hisoblangan majburiy
to’lovlar va soliqlar summasi moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks
ettirilmaydi va moliyaviy natijalarni shakllanishiga ta’sir etmaydi.
Soliqdan ozod qilish imtiyozli davri tugashi bilan soliqdan ozod qilish
natijasida hosil bo’lgan mablag’lar balansdan tashqari 013 «Vaqtinchalik soliq
imtiyozlari» schyotidan chiqim qilinadi. Bunda hisobdan chiqarilgan mablag’lar
to’g’risidagi axborot imtiyozli davri tugagandan so’ng 5 yil ichida korxonada
saqlanishi kerak.
7240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan
majburiyatlar» schyotida qonunchilikka binoan vaklotli hukumat organlari qarori
bilan to’lashni bir necha yilga uzaytirishga ruxsat etilgan soliq va majburiy
to’lovlar bo’yicha budjet oldidagi uzoq muddatli qarz aks ettiriladi.
135
Joriy yoki undan uzoqroq davrlarda to’lanishi kerak bo’lgan to’lovlar
summasi korxonaning kechiktirilgan majburiyatlari deb tan olinadi va ular
kelajakda qaytariladi. Bu schyotning kreditida tegishli soliq va majburiy
to’lovlarni hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondentlangan holda uzoq
muddatli kechiktirilgan to’lovlar summasi hisobga olinadi.
Masalan, korxonaga qonunchilikka binoan vakolati huquqiy organlari qarori
bilan soliq to’lashni bir necha yilga uzaytirishga ruxsat etilgan bo’lsa, quyidagicha
yozuv bilan rasmiylashtiriladi: D-t 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari
bo’yicha)», K-t 7240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli
kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti.
Shuningdek boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha to’lash muddati bir necha
yilga kechiktirilgan hollarda 6510 «Sug’urta bo’yicha to’lovlar», 6520 «Maqsadli
davlat jamg’armalariga to’lovlar» schyotlari debetlanib 7240 «Soliqlar va
majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti
kreditlanadi.
Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan
majburiyatlarning joriy yilda to’lanadigan qismi 6240 «Soliqlar va majburiy
to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyotining
kreditida quyidagi aks ettiriladi: D-t 7240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha
uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar», K-t 6240 «Soliqlar va majburiy
to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti.
Bunday summani joriy yilda budjetga o’tkazish hisoblanganda 6240 «Soliqlar
va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar»
schyoti debetlanib, 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» yoki
6510 «Sug’urta bo’yicha to’lovlar», 6520 «Maqsadli davlat jamg’armalariga
to’lovlar» schyotlari kreditlanadi.
136
Ushbu summa budjetga yoki sug’urta organlariga o’tkazib berilganda
yuqoridagi 6410, 6510 va 6520 schyotlari debetlanib, 5110 «Hisob-kitob schyoti»
kreditlanadi.
7250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i
bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlar» schyotida vaqtinchalik farqlarning
mavjudligi tufayli vujudga keladigan kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i
summasi aks ettiriladi.
Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajat hisob daromadidan hisoblab
topiladi, to’lanadigan daromad (foyda) solig’i esa soliqqa tortiladigan daromad
(foyda)dan hisoblab topiladi. Hisob daromadi (foydasi) va soliqqa tortiladigan
daromadi (foydasi)dan olinadigan soliqni aniqlashdagi yondoshishlar orasidagi
farqi moliyaviy hisobotda inobatga olinishi kerak.
Korxonaning hisob siyosatiga binoan hisob ma’lumotlari bo’yicha aniqlangan
daromad (foyda) solig’i daromad olish moboynida korxona tomonidan qilingan
xarajat deb qaraladi va u tegishli daromad va xarajatlar qaysi davrda vujudga
kelgan bo’lsa, shu davrda hisoblanadi ham korxonaning moliyaviy-xo’jalik
faoliyati natijalari to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bunda hisob daromadidan
hisoblab topilgan daromad (foyda) solig’i xarajati bilan soliqqa tortiladigan
daromaddan hisoblab topilgan to’lashga tegishli daromad (foyda) solig’i orasidagi
farq vaqtinchalik farq sifatida hisobga olinib 7250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha
kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlar»
schyotining kreditida quyidagi aks ettiriladi: D-t 9810 «Daromad (foyda) solig’i
bo’yicha xarajatlar», K-t 7250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan
daromad (foyda) solig’i bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlar» schyoti.
Har yili daromad (foyda) solig’i bo’yicha kechiktirilgan majburiyatlarning bir
qismi daromad (foyda) solig’i bo’yicha kechiktirilgan majburiyatlarning joriy
qismidek 6250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda)
solig’i bo’yicha majburiyatlar» schyotida quyidagi aks ettiriladi: D-t 7250
137
«Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha
uzoq muddatli majburiyatlar», K-t 6250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha
kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha majburiyatlar» schyoti.
Bunday summani joriy yilda budjetga o’tkazish hisoblanganda 6250
«Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha
majburiyatlar» schyoti debetlanib, 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari
bo’yicha)» schyoti kreditlanadi. Ushbu summa budjetga o’tkazib berilsa 6410
«Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» schyoti debetlanib, 5110
«Hisob-kitob schyoti» kreditlanadi.
O’zbekiston Respublikasi soliq Kodeksining 43-moddasiga binoan yilning
hisobot choragida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan eng kam
ish haqining ikki yuz barobaridan ko’proq miqdorda daromad (foyda) olgan
yuridik shaxslar daromad (foyda) solig’i bo’yicha joriy to’lovlarni har oyning 10
va 25 kunlarida yilning choragi bo’yicha daromad (foyda) solig’i summasining
oltidan bir qismi miqdorida to’laydi.
Bu vaqtda hisoblangan bo’nak daromad (foyda) solig’i summasi 9810
«Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar» schyotining debetida quyidagicha
yoziladi: D-t 9810 «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar», K-t 6410
«Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» schyoti.
Ushbu summa belgilangan muddatlarda budjetga o’tkazib berilsa 6410
«Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» schyoti debetlanib, 5110
«Hisob-kitob schyoti» kreditlanadi.
Hisobot davri tugagach yilik moliyaviy hisobot tuzishda 9810 «Daromad
(foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar» va 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa
soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyotlarining debetida hisobga olingan
soliqlar summasi 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debetiga
o’tkaziladi: D-t 9910 «Yakuniy moliyaviy natija», K-t 9810 «Daromad (foyda)
138
solig’i bo’yicha xarajatlar» va 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va
yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyotlari.
Demak, daromad (foyda) solig’ini to’lagunga qadar foyda (zarar) summasidan
daromad (foyda) solig’ini (9810-schyoti) va foydadan hisoblangan boshqa soliqlar
va yig’imlar (9820-schyoti) summasini ayrib tashlagandan so’ng hisobot davrining
sof foydasi (zarari) chiqadi va u moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (2-sonli
shakl)ning 270-satrida ko’rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: |