Mas’ul muxarrir:
i. f. n, dots. O’.T. Eshboev
Taqrizchilar:
i. f. n., profess. A.S.Sotivoldiev
i. f. n, dots. A.Maxkamboev
3
Финансовый и управленческий учет: Джураев Н.Ю., Абдувахидов Ф.Т.,
Сатывалдыева Д.А. Учебник. ТГЭУ. T.: 2009. стр. 481.
В условиях рыночной экономики для благополучного ведения
хозяйственной деятельности, развития коммерческой деятельности и
укрепления конкурентоспособности хозяйствующих субъектов требуется
глубокое изучение нормативно-правовых документов.
В учебнике на основании практической деятельности национальных и
международных субъектов, освещены предмет и метод бухгалтерского
учета, финансовый учет основных средств, денежных средств, товарно-
материальных запасов, финансовых инвестиций, а также взаимосвязь и
различия финансового и управленческого учета, управления над
использованием средств, оценка инвестиционной деятельности, принятия
проектов, ведения учета и отчетности по сегментам.
Данный учебник рекомендуется для студентов высших учебных
заведений в бакалавриате и в магистратуре. Кроме того, рекомендуется
использовать в качестве учебного пособия дипломированным бухгалтерам,
аудиторам, менеджерам, финансовым директорам и налоговым инспекторам.
Ответственный редактор:
к.э.н.доц. У.Т. Эшбоев
Рецензенты:
к.э.н. проф. А.С.Сотиволдиев
к.э.н. доц. А. Махкамбоев
4
In conditions of market economy for the prosperity of economical activity,
developing of commercial activity and strengthening of competitiveness of the
enterprises is required deep learning of the legal-regulation documents.
This book highlights subject and methods of the accounting, accounting for
fixed assets, cash, inventory, financial investments, as well as interrelation and
differences between financial and managerial accounting, management of assets,
appraisal of investment activity, acceptance of the project, accounting and
reporting for different segments of accounting in the light of national and
international company practices.
This book is recommended as the textbook for the students of higher
educational institutions in bachelor and master degrees. Besides it is recommended
to use as the manual to the professionally qualified bookkeepers, auditors,
managers, financial directors and tax inspectors.
Responsible editor:
the candidate of economic sciences.,
senior lecturer.
U.Т. Eshboev
The reviewers:
the candidate of economic sciences.
А.S.Sotivоldiev
the
candidate
of
economic
sciences.
A.Maxkamboev
5
Kirish
Bugungi kunning eng dolzarb muammosi — bu 2008 yilda boshlangan jahon
moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan
vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashdan iborat.
Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O‘zbekiston eksport
qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral
o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida,
xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va investorlarning eksportdan oladigan tushumlari
kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko‘rishiga va ishlab chiqarish
rentabelligiga, oxir-oqibatda esa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarimizning o‘sish
sur’atlari va iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta’sir etadi.
Shubha yo‘q, jahon moliyaviy inqirozining ta’sirini kamaytirish va uning
oqibatlarini bartaraf etish uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud.
1
Avvalambor keyingi davr mobaynida mamlakatimizning iqtisodiy va moliyaviy
salohiyatining puxta poydevorini, moliya-bank tizimining ishonchli boshqaruv
mexanizmlarini o‘z vaqtida shakllantirib va mustahkamlab olganimiz bunga
kafolat va asos bo‘lib xizmat qilishi muqarrar.
Shu munosabat xo’jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobning
to’g’ri yo’lga qo’yilishi va uning ustidan nazoratning samarali mexanizmini ishlab
chiqish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Хususan, buxgalteriya hisobining ahamiyati sifatida xo’jalik yurituvchi
subyektlarda hisob tizimining naqadar to’g’ri yuritilishi, xo’jalikning iqtisodiy-
moliyaviy faoliyatini o’rganish va uning holatiga xolisona baho berish,
shuningdek iqtisodiy ko’rsatkichlarning samaradorligini aniqlash hamda nazoratini
o’rganish bugungi kunda talaba yoshlarga muhim dastur vazifasini o’taydi.
1
И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва
чоралари.-Т.: Ўзбекистон.2009.
6
Iqtisodiyotni chuqurlashtirish jarayonida xo’jalik yurituvchi sub’eklarning
iqtisodiy faoliyati makro va mikro darajada tahlil qilib, kelgusida ishlab chiqarish
(ish va xizmat) ning hajmini bashoratlash, shuningdek, samaradorlikka erishish
uchun muhim bo’lgan qarorlar qabul qilish iqtisodiy tahlil fanining metodikasini
yanada takomillashtirib borishni taqozo etadi. Тahlil natijasida olingan muhim
qarorlar bevosita xo’jalikning boshqaruv tizimini yaxshilash bo’lsa, ikkinchidan
ushbu ma’lumotlar tashqi foydalanuvchilarning xo’jalik faoliyatiga bo’lgan
qiziqishiga hamda qo’shimcha investitsiyaning kirib kelishiga zamin yaratadi.
Shu jihatdan “Moliyaviy va boshqaruv hisobi” fanini o’zlashtirish
jarayonida talabalar bozor iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlari hamda
qonuniyatlarini hisobga olgan holda bu fanning mohiyati va ahamiyatini har
tomonlama mukammal o’rganish zaruriyatini belgilab berdi.
“Moliyaviy va boshqaruv hisobi” fanining maqsadi - talabalarga
buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit bo’yicha ilmiy-nazariy bilimlarni
chuqurlashtirish, shuningdek ushbu bilimlarni amaliyotga tatbiq etish asosida
foydalanuvchilar uchun zaruriy ma’lumotlarni shakllantirish, boshqaruv tizimi
uchun zarur bo’lgan qarorlarni qabul qilish, korxonaning iqtisodiy-moliyaviy
holatini tahlil etish, amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonlarning nazoratini
yuritish borasidagi ko’nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.
Jahon talablariga javob beradigan, xalqaro tamoyillar va qoidalarga mos
keladigan, O’zbekistonda buxgalteriya hisobini rivojlanishini huquqiy asoslarini
ta’minlovchi qonun zarur edi.
2
Qonun buxgalteriya hisobini tashkil etish,
buxgalteriya hujjatlari va registrlari, aktiv va majburiyatlarni inventarizatsiya
qilish va baholashning asosiy printsiplari va qoidalari, o’z va qarzga olingan
kapitalni hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga qo’yilgan negiz vazifalar, maqsad va
talablarni belgilab berishini talab etadi.
2
Ўзбекистон Республикасининг «Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида»ги Қонуни, 1996 йил 30 август.
7
O’zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan qonuniy va me’yoriy
hujjatlar barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun hisob siyosati me’yorlarini
huquqiy ta’minlovchi asosiy hujjat bo’lib hisoblanadi.
3
Shu boisdan, ushbu hujjatlar va bozor munosabatlari talablaridan kelib
chiqib, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit ixtisosligi bo’yicha malakali
kadrlar tayyorlash hamda ularni o’qitishni talab qiladi. Shu jihatdan, «Moliyaviy
va boshqaruv hisobi » fanining ushbu nashri iqtisodiy sohada ta’lim olayotgan
talabalar, buxgalterlarning kasb malakasi va bilim darajasini oshirish
muammolarini yechishga qaratilganligidir.
Mazkur darslikni tayyorlash jarayonida “Buxgalteriya hisobi», «Moliyaviy
hisob», «Boshqaruv hisobi» fani bo’yicha tayyorlangan o’quv adabiyotlari tahlil
qilindi. Bular jumlasiga, «Moliyaviy hisob» (О.Бобожонов ва К.Жуманиёзов.
Дарслик, 2002й), «Бухгалтерский управленческий учет» (М.А.Вахрушина.
Учебник, 2000г), «Бухгалтерия щисоби» (Каримов А, Ф.Исломов.
А.Авлоқулов. Дарслик, 2004й), «Замонавий бухгалтерия ҳисоби»
(А.Сотиволдиев.
Дарслик,
3-том,
2004й),
Бухгалтерский
учет
(Н.Г.Кондраков. Учебник, 2004г), Бошқа тармоқларда бухгалтерия
ҳисобининг хусусиятлари (С.Вохидов. Ўқув қўлланма, 2004й), Молиявий
ҳисоб (И.Очилов. Ўқув қўлланма, 2004й) kabi o’quv adabiyotlari yaratilgan.
Ushbu adabiyotlarning Хorijda chop etilganlari bizda amal qilinayotgan
buxgalteriya hisobi schyotlar rejasiga ko’ra va ular namunaviy o’quv
dasturimizdan ham farq qiladi. Respublikamizda chop etilganlari esa, dastur
asosida yozilgan bo’lib, «Buxgalteriya hisobi va audit» yo’nalishlariga
mo’ljallanganligidir. Biroq, namunaviy o’quv rejasiga binoan, boshqa iqtisodiyot
yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga «Moliyaviy va boshqaruv hisobi» fani
sifatida o’qitilishi, ushbu fan bo’yicha darslik tayyorlashni taqozo qilmoqda. Shu
3
ЎзР ВМнинг «Маҳсулот (ишлар, хизматлар)ни ишлаб чиқариш ва сотиш харажатларининг таркиби ҳамда
молиявий натижаларни шакллантириш тартиби тўғрисидаги Низом». 1999й 5-февралдаги 54-сонли қарори;
Ўзбекистон Республикасининг 0-23-сонли «Бухгалтерия ҳисобининг миллий андазалари». 1998-2005 йиллар.
8
boisdan, yuqorida keltirilgan adabiyotlar mazkur Fan bo’yicha tuzilgan namunaviy
o’quv rejasiga mos kelmasligidir. Albatta yuqorida sanab o’tilgan darslik va o’quv
qo’llanmalar yuqori saviyada yozilgan o’quv adabiyotlari hisoblanadi hamda ular
nazariy-amaliy ahamiyatga egadir. Biroq, 2004 yildan boshlab xo’jalik yurituvchi
subyektlar faoliyatiga 21-sonli BHMSni tadbiq etilishi, ushbu adabiyotlarni ham
qayta ishlashni taqozo qilmoqda. Bu standartga muvofiq, barcha subyektlarda
xo’jalik jarayonlarini Yangi schyotlar rejasiga binoan, hisobga olishning o’ziga
xos xususiyatlari yaratildi. Shu boisdan, “Moliyaviy va boshqaruv hisobi” fanidan
darslikni yaratishga ehtiyoj sezilganligi bois, mualliflar tomonidan o’quv rejasiga
ko’ra, namunaviy dastur asosida mazkur darslik tayyorlandi.
Shunday qilib, mazkur darslik o’quv rejasiga ko’ra, iqtisodiyot
yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan bo’lib, “Buxgalteriya
hisobi nazariyasi”, “Moliyaviy hisob” va “Boshqaruv hisobi”, “Boshqaruv tahlili”
va “Moliyaviy tahlil”, “Moliya va kredit”, “Soliqlar va soliqqa tortish”,
“Menejment”, “Marketing”, “Statistika” kabi fanlar bilan uzviy bog’liqlikda
o’rganiladi.
Kitob oliy o’quv yurtlarining talabalari uchun darslik sifatida tavsiya qilinadi.
Shuningdek, darslikdan buxgalterlar, auditorlar, tadbirkorlar, menejerlar,
iqtisodchilar va kasb-hunar kollejlari o’qituvchilari hamda talabalari ham
qo’llanma sifatida foydalanishlari mumkin.
|