40
ishlab chiqarish bo’yicha topshiriqlarning bajarilayotganligi,
xarajatlar
normativlaridan kundalik chetga chiqishlar, ish kuchidan foydalanish va asbob-
uskunalarning yuklanganlik darajasi, shartnomalarga rioya qilinishi - mol yetkazib
beruvchilar va xaridorlar bilan tuzilgan kontraktlarning bajarilishi haqidagi
ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Operativ hisobda o’lchovlarning hamma turlari -
moddiy, mehnat va qiymat o’lchovlaridan foydalaniladi. Lekin hisobning bu turi
asosan bir turdagi operatsiyalarni aks ettirganligi
va undan umumlashtirilgan
ko’rsatklchlar talab qilinmaganligi sababli, unda asosan moddiy va mehnat
o’lchovlaridan foydalaniladi.
Nazoratning operativligini ta’minlash uchun xo’jalik operatsiyalarining
borishi haqidagi axborotni tezroq olish kerak bo’ladi. Shuning uchun operativ
hisobning ma’lumotlari iloji boricha osonroq yo’l bilan qayd qilinishi mumkin.
Ularni bevosita kuzatish yo’li bilan yetkazishadi, telefon, faks,
modem orqali,
kompyuter aloqasi yordamida va boshqa yo’llar bilan xabar qilishadi. Hozirgi
vaqtda operativ axborotni olish uchun mexanika va avtomatik o’lchov, tartibga
soluvchi asboblar, moslamalardan foydalanish tobora kengayib bormoqda.
Hisobni bunday tashkil qilish xo’jalik operatsiyalarining borishi ustidan ularning
amalga oshirilishi vaqtida bevosita boshqarish imkonini beradi.
Operativ hisobning ma’lumotlaridan mutlaq aniqlik talab etilmaydi,
chunki
ularning asosiy vazifasi - kuzatilayotgan obyektlarda sodir bo’layotgan
o’zgarishlarni tezlik bilan xabar qilishdir. Shuning uchun amaliyotda operativ
hisobdan faqat taxminiy axborotni olish bilan kifoyalanadilar. Lekin bu axborot
yetarli darajada to’g’ri bo’lishi kerak, zeroki, unga qarab sodir bo’lgan
o’zgarishlarning hajmi va tavsifi haqida ishonchli xulosa qilib, xatosiz bo’lgan
boshqaruv qarorlarni qabul qilish mumkin bo’lsin.
Operativ hisob korxonaning har xil bo’linmalari - bo’limlari, sexlari,
omborlari va hokazolar tomonidan yuritiladi.
Operativ axborot yordamida - menejerlar ishlab
chiqarish, foyda bo’yicha
41
topshiriqni bajarilishining borishi, korxonani ta’minlash
va mahsulot sotishsi
bo’yicha topshiriqlarning bajarilishi, tovar moddiy qiymatliklar zaxirasining
darajasi hamda boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan hisob-
kitoblarning holati va borishi haqidagi ma’lumotlarni olishda foydalanishadi.
Operativ hisob korxonani ishchi kuchi bilan ta’minlanganligi, uning harakati,
xodimlarning malakasini oshirish va boshqalar ustidan
nazorat qilish uchun
zarurdir. Sexlar, omborlar va boshqa bo’linmalar xodimlari undan ma’lum xo’jalik
qismidagi topshiriqlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar olishadi.
Operativ hisobdan ishlab chiqarish bo’linmalarida sodir bo’layotgan
operatsiyalar yoki jarayonlarning borishi haqidagi axborotlarni olishda keng
foydalaniladi. Bu yerda u maxsus grafiklar, xabarchi taxtalar va boshqalar
yordamida amalga oshiriladi.
Operativ hisobning ba’zi ma’lumotlaridan faqat korxonaning tarkibiy
qismidagina foydalanilmay, ulardan boshqaruv organlarida ham foydalaniladi.
Bunday ma’lumotlar
umumlashtirilib, ichki operativ hisobot tarkibiga kiritilishi
mumkin. Operativ hisobotning ko’rsatkichlari ayrim tarmoqlar va butun xalq
xo’jaligi miqyosida tegishli jarayonlarni borishi ustidan kuzatish va axborotni
umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Operativ hisobotdan, masalan, mahsulot
iishab chiqarish, xom ashyo bilan ta’minlanganlik, ishga kelish, ekish va hosil
yig’ishning borishi haqida va boshqa ma’lumotlar olinadi. Operativ hisobning
ma’lumotlari ulardan keyinchalik foydalanishda buxgalteriya yoki statistik
hisobda qayta ishlanadi.
Dostları ilə paylaş: