Internet saytlari
http:// www. gaap. ru
70
http:// www. glavbukh. ru
71
2-BOB. BUXGALTERIYA BALANSI VA UNING TUZILISHI
2.1. Buxgalteriya balansi to’g’risida tushuncha
Хo’jalik subyektlarini boshqarish uchun, eng avvalo, ulardagi mablag’lar
haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish kerak. Shu bilan birga ular, mablag’larning
qanday turlariga ega va bu mablag’lar qanday manbalardan tashkil topganligini
bilish kerak bo’ladi. Bunday ma’lumotlar umumlashtirilgan hodda pul
ko’rsatkichlarida ma’lum bir sanaga berilishi kerak. Mablag’lar tarkibi va qanday
maqsadlarga mo’ljallanganligini o’rganish uchun ularni iqtisodiy jihatdan
guruhlash zarur. Mana shu ma’lumotlar buxgalteriya balansi yordamida olinadi.
Buxgalteriya balansi xo’jalik mablag’larini ularning turlari va tashkil topish
manbalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib, umumlashtirib aks
ettirish va iqtisodiy guruhlash usulidir.
Mablag’lar turlari va ularning manbalarini ajratib ko’rsatish maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 7 fevralda 31-sonli
buyrug’i bilan qabul qilingan balans ikki qismdan iborat bo’lgan jadval shaklida
tuzilgan. Uning chap tomonida mablag’lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi
va u aktiv qism deb nomlanadi, passiv qism deb nomlanadigan o’ng tomonida
mablag’lar manbalari va ularning qanday maqsadlarga atalganligi ko’rsatiladi.
«Aktiv» atamasi lotincha faoliyatli, amal qilish, mavjud bo’lish degan
so’zlardan kelib chiqqan. Shuning uchun aktiv deganda mablag’lar qanday amal
qilayotganligini, ishlayotganligini ko’rsatuvchi mablag’lar guruhlanishini
tushunish kerak.
Aktivlar oldingi amalga oshirilgan muammolarni yoki oldin sodir bo’lgan
voqealar natijasida korxonaga kelib tushgan va ular kelajakda foyda keltiradigan
iqtisodiy resurslardir. Aktivlar uch xil xususiyatga ega bo’lishi kerak:
a) kelajakdagi iqtisodiy nafni o’zida mujassamlanishi, bevosita va bilvosita
pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlarini ko’paytirish imkoniyati;
72
b) bu iqtisodiy naflarni nazorat qilish qobliyatini mujassamlash;
v) oldingi bitimlar yoki boshqa voqealarning natijasi bo’lishi.
«Passiv» atamasining ildizi ham lotincha faolsiz, xolis turmoq, tushuntirish
kabi so’zlarning ildizidan olingan. Тarixan bu atama dastlab faqat qarzga olingan
mablag’larga nisbatan, ya’ni uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarga nisbatan
qo’llanar edi. Bu bilan mulk egasi qarzga olingan mablag’larga bo’lgan
munosabatda o’zboshimchalikdan o’zini tutishi kerakligi ta’kidlangan edi.
Keyinchalik «passiv» atamasi manbalarning boshqa moddalariga ham tarqatilgan
bo’lib, faqat korxona majburiyatlarini tavsiflabgina emas, mablag’lar turlarini
qanday maqsadlarga mo’ljallanganligini ham tavsiflash uchun ishlatiladigan
bo’ldi.
Manbalarning tarkibiy qismini majburiyatlar tashkil etadi. Subyektning
majburiyatlari bu oldingi amalga oshirilgan operatsiyalarning natijasi yoki
kelajakda o’zida mujassamlangan iqtisodiy nafni chiqib ketishi yoki yangi
majburiyatlarni vujudga kelishi bilan yakunlanadi. Majburiyatlarni uch xil
xususiyatga ega bo’lishi kerak:
a) aktivlarni chiqib ketishi yoki xizmat ko’rsatish yo’li bilan to’lashni
vujudga keltiradigan mavjud doimiy majburiyatni o’zida majassamlashtirishi;
b) subyekt uchun majburiyatning bajarilishi shartligi va qariyb muqarrarligi;
v) oldingi bitim yoki voqealar natijasi bo’lishi.
Uning aktivi va passivida ham balans moddalari ikkiga bo’lib ko’rsatiladi.
Aktivda: I bo’lim. Uzoq muddatli aktivlar va II bo’lim. Joriy aktivlar.
Passivda: I bo’lim. O’z mablag’larining manbalari va II bo’lim.
Majburiyatlarga bo’linadi.
Balans ko’rsatkichlaridan quyidagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlab olish
mumkin. Aktivlar aylanma va uzoq muddatli kapitallari yig’indisiga teng. Хo’jalik
yurituvchi subyektning o’z mablag’lari aktivlaridan majburiyatlarini ayirganiga
teng.
73
Aktiv va passivning xar bir elementi mablag’lar turi yoki ularning manbai
balans moddasi deb ataladi. Aktivda, masalan, quyidagi moddalar keltiriladi:
«Asosiy vositalar», «Тugallanmagan ishlab chiqarish», «Тayyor mahsulot»,
«Hisob-kitob schyoti» va boshqalar; passivda «Ustav kapitali (fondi)», «Hisobot
yilining taqsimlanmagan foydasi, «Bank kreditlari», «Mol yetkazib beruvchilardan
qarzlar» va boshqa moddalar.
Buxgalteriya balansining xususiyati aktiv va passivlar pullik yakunlarining
tengligidan iborat. Bu talab har qanday korxona balansi uchun majburiydir. Bu
talab aktivda ham, passivda ham mablag’larning bir xil hajmda, faqat har xil
guruhlanishda ko’rsatiladi, ya’ni aktivda - turlari bo’yicha, passivda - manbalari
bo’yicha. Balansning nomi ham shunga asoslangan, chunki «balans» so’zi tenglik,
barobarlikni anglatadi. Shuning uchun ham balans aktivi va passivi «balans» so’zi
bilan belgilanadi.
Balans korxonaning xo’jalik mablag’larini ma’lum bir sanaga tavsiflab, uning
o’tgan davrdagi barcha faoliyat natijasini qanday holatga olib kelganligini
ko’rsatadi. Shunday qilib, balans korxona mablag’larining turlari va ularning
manbalari haqidagi muhim axborotga ega bo’lgan xo’jalik yuritish subyektlari
ishining yakunlari to’g’risidagi hisobotdir.
Dostları ilə paylaş: |