Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Хo’jalik mablag’lari va ularning manbalari tasnifi



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

1.6. Хo’jalik mablag’lari va ularning manbalari tasnifi 
Хo’jalik jarayonlari ma’lum mablag’lar zaxirasini talab etadi. Shuning uchun 
ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul 
mablag’lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag’larga ega bo’ladi. 
Korxona mablag’larining manbalari- davlat jamg’armasidan, aksiyalarni chiqarish 
va sotishdan, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hamda boshqa 
korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan 
tashkil etiladi. Хo’jalik faoliyatini to’g’ri boshqarishda korxonaning qanday 
mablag’larga egaligi, ularning joylashuvi hamda bu mablag’lar manbalari va 
maqsadlarini bilish kerak. 
Shunga qarab korxonaning barcha mablag’lari ikki qismga guruhlanadi: 
birinchidan, ularning turlari hamda joylashganligiga qarab va ikkinchidan, tashkil 
topish manbai va qanday maqsadlarga yo’naltirilganligiga qarab. 


50 
Mablag’larni turlari va joylanishi bo’yicha guruhlash korxonaning xo’jalik 
faoliyatini xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Sanoat korxonalariga birinchi navbatda 
ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mablag’lar bo’lishi kerak. 
Undan tashqari u operatsiya jarayonining ikki - ta’minot va sotish bosqichida 
ishlatiladigan mablag’larga ega bo’lishi kerak. Odatda korxonalar o’z 
xodimlarining ehtiyojlariga xizmat qiladigan noishlab chiqarish sohasidagi 
mablag’larga ham ega bo’ladi. Shunday qilib, korxona mablag’lari o’zlarining 
turlari va joylashishi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi: iishab chiqarish 
vositalari; operatsiya sohasidagi mablag’lar; noishlab chiqarish sohasidagi 
mablag’lar. 
Ishlab chiqarish vositalari mehnat vositalari va mehnat buyumlaridan iborat 
bo’ladi. 
Mehnat vositalari - insonning yaratayotgan buyumlariga o’z ta’sirini 
o’tkazuvchi vositalar hisoblanadi. Mehnat vositalari tarkibida ishlab chiqarish 
qurollari yetakchi rolni o’ynaydi. Ishlab chiqarish qurollari yordamida ishchilar 
mehnat buyumlarining tashqi ko’rinishini o’zgartiradilar, ularga yangi tus 
beradilar va mehnat mahsuliga aylantiradilar. Mehnat vositalariga, shuningdek 
imoratlar, inshootlar, transport vositalari va xo’jalik jihozlari ham kiradi. Ular 
ishlab chiqarish jarayonini normal amalga oshirish uchun kerakli sharoitlar 
yaratib, uni to’g’ri tashkil etishga yordam beradi. 
Barcha mehnat vositalarining xususiyatlari shundan iboratki, ular mahsulotni 
tayyorlash jarayonida uzoq muddat davomida qatnashadilar, ko’plab ishlab 
chiqarish jarayonlariga xizmat qiladilar va shu bilan birga o’z tashqi ko’rinishlari, 
xususiyatlarini o’zgartirmasdan saqlab qoladilar. Ayni bir vaqtda mehnat vositalari 
o’z qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar 
tannarxiga, davr xarajatlariga o’tkazadilar. Bu ularning eskirishiga va qiymatining 
kamayishiga olib keladi. 
Undan tashqari, korxonalar nomoddiy aktivlarga ega bo’lib, kapital 


51 
qo’yilmalar hamda uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarni amalga oshirishlari 
mumkin. 
Nomoddiy aktivlar o’z egalariga uzoq muddatli huquqlar yoki afzalliklar 
beradi. Ularga patentlar, mualliflik huquqlari, firmaning bahosi, savdo markalari, 
alohida imtiyozlar, litsenziyalar, formulalar, texnologiyalar, nou-xau, kompyuter 
dasturlari va hokazolar kiradi. Nomoddiy aktivlar ham asosiy vositalar singari 
foydalanish muddatlarida o’zlarining qiymatini mahsulot ishlab chiqarish tannarxi 
va davr xarajatlariga asta-sekin o’tkazib boradi. 
Korxonalar uzoq muddatli xarakterga ega bo’lgan boshqa aktivlarga ham 
kapital qo’yilmalar qilishi mumkin. Ularning tarkibiga asosiy vositalarni sotib 
olish, yangi obyektlarni qurish va hokazolarni kiritish mumkin. 
Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar pay va aksiyalarga, obligatsiyalarga 
hamda boshqa korxonalarga qarz berish uchun bo’sh qolgan pul mablag’larini 
qo’yishdan ham iborat. 
Mehnat buyumlari mahsulot tayyorlashda boshlang’ich materialdan iborat. 
Ularga xom ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan 
ishlab chiqarishlar kiradi. Shu guruhga yordamchi materiallar va yoqilg’ilar ham 
kiradi. Barcha mehnat vositalarining umumiyligi shundan iboratki, ular faqat 
birgina ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinib, o’zlarining qiymatini 
tayyorlanayotgan mahsulot tannarxiga butunlay o’tkazadi. 
Хom ashyo va asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
asosini tashkil qiluvchi mehnat buyumlariga aytiladi. Masalan, mashinasozlik 
zavodida 
asosiy 
materiallar 
sifatida 
mashinalarning 
ehtiyot 
qismlari 
tayyorlanadigan metalning har xil turlari tushuniladi. 
Yordamchi materiallar asosiylardan farqli o’laroq, tayyorlanayotgan 
mahsulotning asosini tashkil qilmay, faqat uning yuzaga kelishida qatnashadi. 
Bunda ular mehnat vositalarining normal ishlashi uchun asosiy materiallarga 
qo’shish yo’li bilan ularga sifat o’zgarishlarini kiritish uchun yoki mehnat 


52 
jarayoniga xizmat qilish uchun binolarni yoritish, mehnat sharoitlarining kerakli 
sanitariya va gigiyenasini ta’minlab turish uchun ishlatiladi. 
Yoqilg’i o’z mohiyatiga ko’ra yordamchi materiallarning bir turidir, 
yordamchi materiallar singari, ular mehnat vositalari tomonidan iste’mol qilinadi 
yoki asosiy materiallarga qo’shiladi hamda mehnat jarayoniga xizmat qilish uchun 
ishlatiladi. Hisobda yoqilg’i yordamchi materiallar tarkibidan alohida guruhlarga 
ajratilgan. Yordamchi materiallarning ko’pchilik qismi singari, yoqilg’ining bu 
xosiyati natura shaklida yangi mahsulotning tarkibiga kirmaydi. Lekin sarflangan 
yoqilg’ining qiymati yordamchi materiallarning qiymatiga o’xshab, ishlab 
chiqarish chiqimlari sifatida butunlay shu mahsulotning tannarxiga kiritiladi. 
Yarim tayyor mahsulotlar, ba’zi bir ishlov bosqichlarini o’tgan, lekin hali 
tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat. Ularning xususiyati 
shundan iboratki, garchi ular mazkur bosqichdagi barcha ishlov operatsiyalarini 
o’tgan bo’lsalar xam, lekin ishlov yoki yig’ish uchun navbatdagi bosqichga 
yo’naltirilishi kerak bo’ladi.
Mazkur korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar o’z ishlab 
chiqarishining yarim tayyor mahsuloti deb nomlanadi. Ulardan tashqari, sotib 
olingan yarim tayyor mahsulotlar ham bo’lishi mumkin. Sotib olingan yarim 
tayyor mahsulotlar xom ashyo va asosiy materiallar guruhiga kiradi. Bu guruhga, 
shuningdek, ehtiyot qismlar va idish materiallari ham kiradi. 
Тugallanmagan ishlab chiqarish bevosita ishlovda joylashgan mehnat 
buyumlaridan iborat. Shunday qilib, ular ham yarim tayyor mahsulotlarga o’xshab, 
ba’zi bir ishlov bosqichlarini o’tishi bilan hali tayyor mahsulotga aylanmagan 
mehnat buyumlaridan iborat bo’ladi. Lekin yarim tayyor mahsulotlar mazkur 
sexda barcha ishlovlardan to’la o’tgan bo’lsa, tugallanmagan ishlab chiqarishda 
joylashgan mehnat buyumlari bu yerda hali ishlanishi kerak bo’ladi. 
Buxgalteriya hisobida inventar va xo’jalik jihozlari alohida guruhga ajratilgan 
holda hisobga olinadi. Ularga, xizmat qilish muddatidan qat’i nazar qiymati 50 ta 


53 
minimal ish haqi miqdorigacha bo’lgan va qiymatidan qati nazar, bir yildan kam 
xizmat qiladigan buyumlar kiradi.
Operatsiya doirasidagi mablag’lar, ya’ni operatsiya buyumlari, pul 
mablag’lari, debitorlik qarzlari va boshqa operatsiyada xizmat qiluvchi 
mablag’lardan iborat. 
Operatsiya buyumlari korxonada ishlab chiqarilgan va sotish uchun 
mo’ljallangan tayyor mahsulotdan iborat. Joylashgan joyiga qarab muomala 
buyumlari ombordagi tayyor mahsulot va ortib jo’natilgan tovarga bo’linadi. Ortib 
jo’natilgan tovarlarni operatsiya buyumlariga qo’shilishining boisi shundaki, 
xaridor uning uchun pul to’lagunga qadar ular mazkur korxonaning mulki 
hisoblanadi. Hisoblash usulidan foydalanganda xaridorlarga ortib jo’natilgan 
mahsulot uni ishlab chiqaruvchi korxonaning mulki bo’lmay, balki sotib oluvchi 
korxonaning mulki hisoblanadi va to’lovning yo’qligi debitorlik qarzning yuzaga 
kelganligini anglatadi. Ushbu holda mazkur obyekt operatsiya doirasidan hisob-
kitobdagi mablag’larga o’tadi. 
Pul mablag’lari har xil to’lovlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Pul 
mablag’lari yordamida korxona mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qiladi, 
o’z xodimlariga ish haqi to’laydi, davlat daromadlariga har xil to’lovlar va 
ajratmalar qiladi. Pul mablag’lari korxonaga xaridorlardan ularga sotilgan 
buyumlar uchun, banklardan-kreditlar ko’rinishida, yuqori tashkilotlar hamda 
yuqori kompaniyalardan vaqtinchalik moliyaviy yordam tartibida kelib tushadi. 
Pul mablag’lari o’zlarining joylashgan joyiga qarab taqsimlanadi. Korxonalar 
o’zlarining pul mablag’larining asosiy qismini bankdagi hisob-kitob yoki valuta 
schyotlarida saqlaydilar. Bunda hisob - kitob schyoti korxonalarning faqat bo’sh 
pul mablag’larini saqlash uchun mo’ljallangan bo’lmay, u egasining barcha asosiy 
hisoblashuvlarini mol yetkazib beruvchilar hamda xaridorlar, kredit muassasalari, 
tashkilotlar va hokazolar bilan amalga oshirish uchun ham mo’ljallangandir. 
Korxonaning kechiktirib bo’lmaydigan, masalan, mehnat haqi, nafaqa 


54 
to’lovlarini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan naqd pul zaxiralari uning 
kassasida joylashgan bo’ladi. Naqd pullar kassaga asosan hisob-kitob schyotidan 
kelib tushadi. Foydalanilmay qolgan naqd pullar hisob-kitob schyotiga belgilangan 
muddatlarida qaytarib topshiriladi. 
Korxonaning hisob-kitob schyotidagi ma’lum mablag’lar boshqa xo’jalik 
yuritish subyektlari yoki shaxslarining qarzlaridan ham iborat bo’ladi. Bunday 
mablag’larga, birinchi navbatda, mazkur korxonadan xaridor tomonidan sotib 
olingan mahsulotlar uchun qarzlari hamda korxona xizmatchilariga har xil 
xarajatlarini qoplash maqsadida hisoblashish sharti bilan berilgan pul summalari 
bo’yicha hisob-kitoblar kiradi. Тopshiriqni bajarib bo’lgandan keyin, xodim 
tomonidan olingan summalarning sarflanganligi to’g’risida bo’nak hisoboti 
topshiriladi va ishlatilmay qolgan pullar korxona kassasiga qaytariladi. Bunday 
hisob-kitoblar hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar deb ataladi. Korxonaga 
qarzlar boshqa operatsiyalar bo’yicha ham bo’lishi mumkin. Ularga, mol yetkazib 
beruvchilarga taqdim etilgan da’volar bo’yicha qarzlari, ishchi va 
xizmatchilarning o’z extiyojlari uchun olgan bo’nak summalari bo’yicha qarzlari 
kiradi. Bunday qarzdorlar boshqa debitorlar deb nomlanadi. 
Operatsiya sohasiga xizmat qiluvchi mablag’lar shu sohada xizmat qiladigan 
har xil binolar, asbob-uskunalar va jihozlardan iborat. Bunday mablag’larga tayyor 
mahsulot omborlarining binolari, ushbu ishlab chiqarish korxonasiga qarashli 
savdo imoratlari, shu bino va imoratlardagi asbob-uskunalar kiradi. 
Noishlab chiqarish sohasidagi mablag’larga mazkur korxona ixtiyoridagi uy-
joy xo’jaligi, madaniy - maishiy maqsadlarga mo’ljallangan va sog’liqni saqlash 
vositalari kiradi. Bular turar joylar, kinoteatrlar, bolalar bog’chalari, oromgohlar 
va dam olish joylari, hammomlar, kir yuvish va sartaroshxonalar, ambulatoriyalar, 
tibbiyot punktlarining binolari, shu binolarda joylashgan asbob-uskunalari va 
inventar hamda ulardan foydalaniladigan materiallar, dori-darmonlardan iborat. 
Bu mablag’larning barchasi korxona xodimlariga xizmat qilish hamda ularga zarur 


55 
bo’lgan maishiy sharoitlarni yaratish uchun mo’ljallangan. Buxgalteriya hisobida 
mablag’lar va ularning kelish chiqish manbalari alohida-alohida guruhlarga bo’lib 
hisobga olinadi. 
1.1-chizma. Mablag’lar tarkibi 
Har bir korxona tashkil qilinish daqiqasida o’z faoliyatining hajmi va 
xarakteriga qarab mablag’larini shakllantiradi. Agar ularda qo’shimcha mablag’ga 
vaqtinchalik ehtiyoj tug’ilib qolsa, unda mablag’larni muayyan manbalardan 
olishlari mumkin. Ishlab chiqarish natijasida olingan foydaning bir qismi yoki 
maxsus 
maqsadlarda jamg’arilgan zaxiralardan, davlat grantlari va 
subsidiyalaridan foydalanadi. Shunday qilib, korxona mablag’larini hosil qilish 
rejali xarakterga egadir. Korxona tomonidan har qanday manbadan olinadigan 
mablag’lari ma’lum maqsadlar uchun mo’ljallangan bo’ladi. 
Korxona mablag’larini tashkil topish manbalari va qanday maqsadlarga 
mo’ljallanganligi ularni ushbu korxonaga kelib tushish darajasiga qarab amalga 
Mablag‘lar (Aktivlar) 
Uzoq muddatli aktivlar 
Joriy (mablag‘lar) aktivlar 
Asosiy 
vosi
tala

Uz
oq muddatli
mol
iyaviy 
qo‘yilm
alar
Nomoddiy
akti
vlar
Moddi
y a
yl
anma 
mabla
g‘
lar
P
ul m
ablag‘
lar

Qisqa
muddatli
mol
iyaviy qo‘
yil
mala

Joriy his
ob
-kit
obda
gi 
mabla
g‘
lar
Tugallanmagan kapital 
qo‘yilmalar 


56 
oshiriladi. Mablag’lar manbalarining tusi mulkchilikning shaklini aks ettiradi. 
Korxonalar eng avvalo o’zining butun yashash davri uchun umumdavlat 
jamg’armasidan yoki o’zlarining muassislaridan, banklardan, boshqa korxona, 
tashkilotlardan vaqtinchalik foydalanish uchun mablag’lar oladi. 
Shunday qilib, korxona mablag’larining tashkil topish manbalari qanday 
maqsadlarga yo’naltirilganligiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: o’z va 
qarzga olingan mablag’lar manbalari. 
O’z mablag’lari manbalari davlat korxonalarida, foliyatining hamma davrida 
beriladi va unga biriktirib qo’yiladi. 
Davlat korxonalarining mablag’laridan farqli o’laroq, boshqa mulkchilik 
shaklidagi korxonalarning o’z mablag’lari ayrim yuridik va jismoniy shaxslarning 
qo’shma yoki individual mulkidan iborat bo’ladi. 
Davlat korxonalarining o’z mablag’lari budjetdan moliyalash, zaxiralar, 
taqsimlanmagan foyda va boshqa o’z mablag’lar manbaidan iborat. 
Kapitallar - bozor iqtisodiyoti sharoitlaridan kelib chiqqan holda korxonaning 
ixtiyori bilan shakllantiriladigan ustav kapitali va zaxira kapitalidan tashkil topadi. 
Ustav fondi, korxonaga uni tashkil qilish paytida umumdavlat zaxirasidan 
kelib tushgan mablag’larni ifodalab, u davlat korxonalari miqyosida 
foydalaniladigan 
buxgalteriya 
atamasidir. 
Ustav 
kapital 
esa 
aksincha, 
muassislardan kelib tushgan mablag’lardan iborat bo’lib, u nodavlat sektoridagi 
korxonalarning buxgalteriya hisobida foydalaniladigan iqtisodiy atamadir. 
Korxonalarga ishlab chiqarish vositalari, operatsiya sohasining ba’zi bir 
mablag’lar turlari va noishlab chiqarish sohasining mablag’lari beriladi. Korxona 
tashkil qilinayotgan paytda hosil qilgan barcha o’z mablag’larining puldagi ifodasi 
ustav kapitalining hajmini ifodalaydi. Ustav kapitalining hajmi korxonaning 
Nizomida ko’rsatiladi. 
Хo’jalik faoliyati jarayonida ustav kapitalining hajmi o’sadi yoki kamayadi 
va bunda tegishli o’zgarishlar ustav hamda zaxira kapitalida tegishli qismlari 


57 
bo’yicha aks ettiriladi. 
Ilgari, foyda hisobidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarishni rivojlantirish 
xarajatlari, ya’ni yangi texnikani joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash 
va avtomatlashtirish, asosiy fondlarni yangilash, ishlab chiqarishni texnikaviy 
takomillashtirish, moddiy rag’batlantirish - xodimlarni mukofotlash, ularni alohida 
muhim topshriqlarni bajarganliklari uchun rag’batlantirish, ularga yakka tartibdagi 
yordam ko’rsatish; ijtimoiy - madaniy tadbirlar, turarjoylar va madaniy - maishiy 
muassasalarni qurish, ularni kapital tuzatish hamda xizmatchilarga madaniy - 
maishiy xizmatlar ko’rsatishni yaxshilashga qilingan sarflar hisobot davrida sodir 
bo’lgan xarajatlar sifatida aks ettiriladi. 
Budjetdan moliyalash - bu davlat korxonasi tomonidan o’z faoliyatini 
kengaytirish uchun qo’shimcha ravishda oladigan mablag’lar manbaidir. 
Budjetdan moliyalash tartibidagi mablag’lar davlat korxonalariga yangi mehnat 
vositalarini sotib olish yoki moddiy boyliklar zaxirasi, aylanma mablag’larning 
o’sishi va to’ldirilishini moliyalash hamda boshqa extiyojlarga, bolalar va madaniy 
- maorif muassasalarini saqlash, ilmiy - tadqiqot ishlarini bajarish, kadrlar 
tayyorlash va boshqalar uchun beriladi. 
Qarzga olingan mablag’lar korxonaga vaqtinchalik foydalanish uchun 
ma’lum bir vaqtga ma’lum shartlar asosida beriladi va uning muddati tugagandan 
keyin ular o’z egalariga qaytarilishi kerak. Ularning manbai uzoq muddatli 
kreditlar va qarzga olingan mablag’lar, qisqa muddatli kreditorlik qarz va 
taqsimotga doir majburiyatlar hisoblanadi. 
Kreditlar va jalb qilingan mablag’larga banklarning qisqa muddatli, uzoq 
muddatli hamda yuridik va jismoniy shaxslardan qarzga olingan mablag’lari 
kiradi. Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzga olingan mablag’lar korxonaning 
vaqtinchalik ehtiyojlari uchun qo’shimcha mablag’larning asosiy manbai 
hisoblanadi. Bu tovar - moddiy boyliklar, yo’ldagi hisob-kitob hujjatlari va 
boshqalar yuzasidan olingan kreditlardir. Ular qisqa muddatli kreditlash tartibida, 


58 
ya’ni uncha uzoq bo’lmagan muddatga, shu muddatning o’tishi bilan ularni 
bankka albatta qaytarish sharti bilan beriladi. 
Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlari korxonaga vaqtinchalik asosiy 
vositalarni sotib olish uchun beriladi. Bunday kreditlar, yangi texnikani joriy etish, 
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash texnologiyasini yaxshilash; yangi mahsulot 
turlarni yaratish, ularning sifatini, ishonchliligini va chidamliligini ko’tarish, o’z 
mablag’lari hisobidan moliyalash o’rniga kapital sarflarga va boshqa ehtiyojlarga 
xarajatlar qilish uchun beriladi. 
Uzoq muddatli kreditlar va qarzga olingan mablag’lar ham muddatli, 
qaytariladigan xususiyatlarga ega bo’lib, bir necha yilga beriladi. 
Shunday qilib, qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar hamda qarzga 
olingan mablag’lar uchun umumiylik - ularning muddati va qaytarilishi 
hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyotida bank kreditlari va qarzga olingan mablag’lar korxonalar 
tomonidan ehtiyojlari uchun boshqa tashkilotlardan vaqtinchalik qo’shimcha 
mablag’lar olishning muhim manbaidir. 
Kreditorlik qarzlarining guruhi - mol yetkazib beruvchilar va boshqa 
kreditorlarga bo’lgan qarzlarni o’z ichiga oladi. 
Mol yetkazib beruvchilar deb, korxonaga moddiy boyliklarni sotadigan 
tashkilotlarga aytiladi. Moddiy boyliklar bo’yicha qilinadigan hisob -kitob 
tizimiga binoan, boyliklarni olish vaqti bilan ularga xaq to’lanishi o’rtasida bir 
qancha vaqt o’tadi. Shu davr davomida mazkur korxona o’zlarining mol yetkazib 
beruvchilari oldida qarzdor bo’lib qoladilar. Natijada mol yetkazib beruvchilarga 
bo’lgan qarz ushbu korxona mablag’lari uchun vaqtinchalik qo’shimcha manbaga 
aylanadi. 
Boshqa kreditorlarga - korxonaga boshqa operatsiyalar bo’yicha qarzdor 
bo’lgan tashkilotlar kiradi. Ularga ijtimoiy sug’urta tashkidotlariga, pensiya, ish 
bilan ta’minlash jamg’armalariga va hokazolarga qarzlar, boshqa hisob-kitoblar 


59 
kiradi. Bular - ishchi va xizmatchilarga ularning o’z ehtiyojlari uchun berilgan 
ssudalar, sud tashkilotlarining qarori asosida ishchi va xizmatchilarning ish 
haqlaridan har xil tashkilot va ayrim shaxslar foydasiga ushlab qolingan 
summalar, ishchi va xizmatchilar tomonidan o’z vaqtida talab qilib olinmagan ish 
haqlari bo’yicha korxonaning qarzlaridir. 
Mol yetkazib beruvchilarga va boshqa kreditorlarga bo’lgan qarzlarning 
xususiyati shundan iboratki, olinadigan mablag’lar korxonaning biznes-rejasida 
nazarda tutilmaydi va korxona ularni juda cheklangan muddatga oladi. 
Тaqsimotta doir majburiyatlar guruhiga ishchi va xizmatchilarga ish haqi, 
kasaba uyushmasi tashkilotlariga ijtimoiy sug’urta ajratmalari, pensiya, ish bilan 
ta’minlash jamg’armalari va moliya muassasalariga - budjetga to’lovlar bo’yicha 
majburiyatlar kiradi. Jalb qilingan mablag’larning bu guruhi milliy daromadni 
taqsimlashning ba’zi shakllarini aks ettiradi. 
Jumladan, ishchi va xizmatchilar oldidagi majburiyatlar korxonada yaratilgan 
zaruriy mahsulotni taqsimlashning shaklini anglatadi. Gap shundaki, qabul 
qilingan qoidaga ko’ra, ishchi va xizmatchilarga ish haqi ularning korxonada 
ishlagan davri tugab, bir necha kun o’tgandan keyin beriladi. Shu munosabat bilan 
ishchi va xizmatchilar oldida ish haqini berishda uziladigan majburiyatlari yuzaga 
kelib turadi. 
Ijtimoiy sug’urta, pensiya va ish bilan ta’minlash jamg’armalari bo’yicha 
majburiyatlar qo’shimcha mablag’larning taqsimlanishini aks ettiradi. Korxonalar 
har oyda ijtimoiy sug’urtaga, pensiya, ish bilan ta’minlash jamg’armalariga 
ajratmalar qiladi va hisoblangan summalarni tegishli schyotlarga o’tkazadilar. Bu 
mablag’lar o’tkazilishiga qadar ular korxona ixtiyorida bo’ladi. Shu munosabat 
bilan uning yana tegishli summalarni o’tkazish bo’yicha doimo majburiyatlari 
paydo bo’lib turadi. 
Moliya tashkilotlari oldidagi majburiyatlar ham qo’shimcha mablag’lar 
taqsimlashni tavsiflaydi. Korxonalar vaqti-vaqti bilan belgilangan to’lovlarni 


60 
davlat daromadiga topshirib turadi. Demak, ularda ma’lum muddatlarda moliya 
tashkilotlari oldida shu to’lovlarni o’tkazishga doir majburiyatlari paydo bo’lib 
turadi. Shu to’lovlar bo’yicha summalarni hisoblash daqiqasidan to’lash 
davrigacha ular korxona ixtiyorida bo’ladi. 
Тaqsimot bo’yicha majburiyatlarning umumiyligi shundan iboratki, bu 
manbalardan mablag’lar chetdan olish yo’li bilan emas, balki hisoblash yo’li bilan 
hosil qilinadi. 
Yalpi daromad - bu korxonada olingan sof daromadning bir qismidir. 
Ma’lumki, yalpi foyda amalda sotilgan mahsulot qiymati va ishlab chiqarishga 
ketgan xarajatlar o’rtasidagi farq sifatida namoyon bo’ladi. U markazlashtirilgan 
davlat sof daromadi va korxona sof daromadiga bo’linadi. Markazlashtirilgan 
davlat sof daromadi qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i va foydadan 
ajratmalardan hosil bo’ladi. Qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’i korxona 
mahsulotining sotishsi jarayonida qat’iy me’yorlar bo’yicha undiriladi, foydadan 
ajratmalar korxona tomonidan uni taqsimlash paytida davlat budjetiga kiritiladi. 
Foydaning boshqa qismi korxonaning ixtiyorida qoldiriladi va davr xarajatlari, 
moliyaviy faoliyatdan talofotlar, dividendlarni to’lash va boshqa ehtiyojlar 
xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi.
Shunday qilib, korxona tomonidan olingan yalpi foyda ikki tomonlama 
yo’nalishga ega: uning bir qismi davlat daromadiga ajratiladi, boshqa qismi esa 
korxona ixtiyorida qoldiriladi. Shuning uchun uni taqsimlanishiga qadar o’z 
mablag’lari yoki jalb qilingan mablag’lar manbaiga kiritish mumkin emas va shu 
sababdan u alohida guruhga ajratiladi. 
Korxona foyda yoki zararini yaratilgan mahsulot sotishdan, ortiqcha moddiy 
boyliklarni sotishdan, moliyaviy faoliyatdan, jarimalar va peniyalar ko’rinishida, 
valuta va qimmatli qog’ozlar bo’yicha oladi. 


61 
1.2-chizma. Mablag’lar manbalari tarkibi. 
Buxgayateriya hisobi mazkur korxona va uning xo’jalik bo’linmalari 
tasarrufida bo’lgan mablag’lari va ulardan foydalanish sur’atini kerakli axborot 
bilan ta’minlagan holda, ularning samarasini oshirishga yordam berishi kerak. 
Yuqorida harakatdagi kapital manbalari chizmasi keltirlgan (1.2-chizmaga 
qarang). 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin