5.
9. Nomodliy aktivlarni qayta baholash va ularning buxgalteriya hisobi
26
Ўзбекистон Республикасининг "Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида"ги қонуннинг 9-моддаси. 1996 й
210
Nomoddiy aktivlarni qayta baholash uni bozor narxining joriy darajasi bilan
mos keltirish maqsadida nomoddiy aktivlarning balans qiymatini muntazam
aniqlashtirib borishdan iborat.
Korxona qayta baholashni, faol bozor ma’lumotlari asosida joriy qiymatni
aniq belgilash mumkin bo’lsa, qayta baholash kunidagi joriy qiymatni tasdiqlovchi
hujjatlar asosida to’g’ridan-to’g’ri qayta hisoblash yo’li bilan amalga oshirishi
mumkin.
Balans qiymat balans hisoboti tuzilgan kundagi bozor qiymatidan qatta farq
qilmasligi uchun qayta baholash yetarli darajada muntazam amalga oshirilishi
kerak.
Nomoddiy aktivni qayta baholashda, bunday aktivlar uchun faol bozor
bo’lgan hollardan tashqari holatlarda mazkur qayta baholanayotgan aktiv mansub
bir turdagi nomoddiy aktivlarning barcha guruhi ham qayta baholanishi kerak.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar joriy qiymati bo’yicha
buxgalteriya hisob va moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivning joriy qiymatini nomoddiy aktivning mazkur turi
bo’yicha faol bozor narxi asosida aniqlash mo’mkin. Agar qayta baholanayotgan
nomoddiy aktivlar guruhidan bo’lgan nomoddiy aktiv bunday nomoddiy aktivga
faol bozor bo’lmaganligi uchun qayta baholana olmasa, bunday aktiv to’plangan
amortizatsiya chiqarib tashlanib uning boshlang’ich qiymati bo’yicha hisobga
olinishi kerak.
Agar ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivning joriy qiymati endilikda faol
bozor ma’lumotlari asosida aniqlanishi mumkin bo’lmasa, nomoddiy aktivning
balans qiymati to’plangan amortizatsiya chiqarib tashlangandan keyingi faol bozor
ma’lumotlari asosida so’nggi qayta baholash kunidagi tiklovchi qiymati bo’lishi
kerak.
Nomoddiy aktivlarni qayta baholashda uning joriy qiymatini hujjat asosida
tasdiqlash uchun korxona ixtiyoriga ko’ra quyidagilardan foydalanish mumkin:
211
a) ishlab chiqaruvchi firmalar va ularning maxsus dilerlari, vakolatxonalardan
yozma shaklda olingan o’xshash nomoddiy aktivga berilgan narxlar to’g’risidagi
malumotlar;
b) qayta baholash o’tkazilgan va nomoddiy aktivlar sotib olingan kundagi
Markaziy Bank kurslari nisbatiga qarab belgilangan hisob-kitob koeffitsentini
qo’llash bilan erkin muomaladagi valutada sotib olingan kundagi (tasdiqlovchi
hujjat bo’lganda) nomoddiy aktivlarning qiymati haqidagi ma’lumotlar;
v) qayta baholash davrida ommaviy axborot vositalari, maxsus adabiyot va
boshqalarda e’lon qilingan joriy narxlar darajasi haqidagi ma’lumotlar;
g) tegishli nomoddiy aktiv qiymati haqida baholovchining ekspert xulosasi.
Nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati qayta baholanganda ularni
qayta baholash o’tkazilgan kundagi to’plangan amortizatsiyasi nomoddiy
aktivlarning boshlang’ich qiymati indeksiga moslashtiriladi va keyingi
amortizatsiya ustamasi qayta baholangan qiymatidan o’tkaziladi. Qayta baholash
indeksi nomoddiy aktivning joriy qiymrtini uning boshlang’ich qiymatiga bo’lish
orqali aniqlanadi.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlarni qo’shimcha baholash summasi
"Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyotidagi zaxira kapitali
tarkibiga kiritiladi.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar bahosini pasaytirish summasi
oldingi hisobotdavrida o’tkazilgan mazkur obyektning baholashdan avvalgi
summasi doirasida "Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyotidagi
zaxira kapitalining pasaytirilishiga kiritiladi. Obyektni qo’shimcha baholash
summasining uning kamaytirilgan summasidan ortig’i boshqa operaiion
xarajatlarga kiritiladi.
Nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari nomoddiy aktivlarni qayta
baholash o’tkazilgan joriy davrdagi moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.
212
Nomoddiy aktivlarning tiklovchi qiymatigacha bo’lgan uning balans
qiymatining qayta baholanishi buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlar balans qiymatining ko’payishi: Dt «Nomoddiy aktivlar»
schyoti, Kt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti.
b) nomoddiy aktivlarning oldingi qayta baholanishi doirasidagi summaga
balans qiymatini kamaytirish: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha
tuzatishlar" schyoti, Kt 0400 «Nomoddiy aktivlar» schyoti.
Mazkur nomoddiy aktiv bo’yicha avvalgi qayta baholashdagi ko’payishdan
ortadigan arzonlashtirish summasi xarajat hisoblanib, 9430 - «Boshqa operaiion
xarajatlar" schyotida aks ettiriladi.
v) qayta baholashda nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya summasining
ko’payishi: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti,
Kt 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti.
g) nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya summasining kamayishi: Dt
0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti, Kt 8510 -
«Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti.
Nomoddiy aktivlar hisobi schyotida xususiylashtirishda tashkil topgan
Gudvill summasiga ega bo’lgan xususiylashtirilgan tashkilotlar qayta baholash
natijalari bo’yicha bu summani kamaytirishi va buxgalteriya hisobida quyidagi
tarzda aks ettirishi kerak: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha
tuzatishlar" schyoti, Kt 0480 – “Gudvil" schyoti.
Dostları ilə paylaş: |