6.3. Mehnat ta’tili va kasallik bo’yicha qo’shimcha haq hisoblashni
hujjatlashtirish
O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan ishlamagan vaqti
uchun ham ishchi va xizmatchilarga haq to’lanadi. Bunday to’lovlarni hisoblash
o’rtacha ish haqiga asoslanadi. O’rtacha ish haqini hisoblash va qo’llash tegishli
normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6-
ilovasiga binoan o’rtacha oylik ish haqini hisoblashning quyidagi tartibi
belgilangan:
ta’til haqi, ishdan bo’shaganda beriladigan yordam puli, ishsizlik bo’yicha
nafaqa tarifikatsiya bo’yicha o’rtacha ish haqi belgilangan ish haqini yoki
lavozimlik okladini hisoblash kuniga birinchi yili ishlayotganlar uchun o’n ikkidan
birga (1/12) (to’liq olti oy ishlaganlar bo’yicha oltidan birga, to’liq yetti oy
ishlaganlar bo’yicha – yettidan birga va h. k.) ko’paytirib topiladi. o’rta maxsus va
hunar – texnika bilim yurtlari o’qituvchilariga esa hisoblash davrida tarifikatsiya
bo’yicha belgilangan ish haqi yoki lavozimlik okladidan oshgan qismini o’ndan
birga ko’paytirib topiladi. Bularga ishbay haqlar, mukofotlar, qo’shimcha haqlar
va boshqa ijtimoiy sug’urtaga badal hisoblanuvchi to’lanmalar kiradi.
o’rta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlaridagi o’qituvchilarga ortiqcha
bajarilgan soatlari bo’yicha qo’shimcha haq yil oxirida ushbu soatlar bajarilgan
vaqtda harakatda bo’lgan stavkalar bo’yicha hisoblanadi.
xodimlar salomatligiga yetkazilgan zarar, kasbiy kasallik yoki ularning
mehnat vazifalarini bajarish jarayonida salomatligiga yetkazilgan zararlarni ish
233
beruvchilar tomonidan qoplash uchun haq hisoblash Vazirlar Maxkamasi
tomonidan tasdiqlangan qoidalarga binoan olib boriladi.
ishga qobiliyatsizligi to’g’risidagi varaqalar, homiladorlik va tug’ish
bo’yicha haq hisoblash davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa hisoblash tartibi
to’g’risidagi nizomga binoan olib boriladi.
boshqa (1-4 bandlarida ko’rsatilgandan tashqari) barcha hollarda o’rtacha
oylik ish haqi oxirgi ikki kalendar oyining o’rtacha ish haqisi bilan aniqlanadi.
xodimlar mehnat ta’tilida, davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarishda,
ikki oy ichida ish qidirish vaqtida, shuningdek kasalligi davrida tarif stavkalar,
lavozimlik okladlar oshgan bo’lsa, korxona, tashkilot, muassasalarning mehnatga
haq to’lashning yangi sharoitiga to’g’ri keladigan haqiqiy ish kuni bo’yicha
hisoblab chiqiladi.
Qonunchilik bilan o’rtacha ish haqini hisoblab chiqishning maxsus tartibi
o’rnatilgan hollarda, ko’rsatilgan qoidalar qo’llanilmaydi.
Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish ma’lumotlariga va xodim tomonidan
qonunchilik bilan kafolatlangan o’rtacha ish haqini olish huquqini tasdiqlovchi
tegishli hujjatlariga asosan o’rtacha ish haqi hisoblab chiqiladi.
Barcha xodimlarga, shu jumladan o’rindoshlik asosida ishlayotgan
xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi va o’rtacha ish
haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi. O’rtacha ish haqi Vazirlar
Mahkamasining 1997 yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6-ilovasiga binoan
hisoblanadi.
Тa’til haqi aniqlash yoki foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya
hisoblashda olti kunlik ish haftasi bo’yicha o’rtacha oylik ish kunining
davomiyligini 25,4 kun deb hisoblaydi. Хodimlarning vaqtinchalik ish qobiliyatini
yo’qotganligi uchun hisoblab to’lanadigan haqning qoplash manbai bo’lib tannarx
yoki davr xarajatlari emas, balki ijtimoiy sug’urta organlarining mablag’lari
hisoblanadi.
234
Тo’lanadigan haqni hisoblab topish uchun asos bo’lib ish vaqtidan
foydalanishni hisobga oladigan tabel va tibbiyot muassasalarining bergan
vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi to’g’risidagi varaqasi hisoblanadi.
Nafaqa miqdori mehnat daftarchasi yoki uning o’rniga berilgan hujjatga binoan ish
qobiliyatini yo’qotgan kuniga hisoblab topilgan umumiy ish stajiga asosan
aniqlanadi.
Amaldagi qarorga binoan
30
ishlab chiqilgan nizomga asosan ish stajidan
qat’iy nazar quyidagi xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi
bo’yicha nafaqa 100 % to’lanadi:
ishlayotgan ikkinchi jahon urush qatnashchilariga;
baynalminal harbiylar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
qaramog’ida uch yoki undan ortiq 16 yoshga yetmagan (o’quvchilar 18
yosh) farzandlari bo’lgan xodimlarga;
Chernobil AES avariyasi oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan
xodimlarga;
Chernobil halokati natijasida evakuatsiya qilinib radioaktiv bilan ifloslangan
zonalardan ko’chirilgan xodimlarga adenoma, rak va shunga o’xshagan
kasalliklarga duchor bo’lganda;
Ish joyida shikastlanishlar yoki kasbiy kasal bo’lganlarga;
homiladorlik va tug’ish bo’yicha.
Hisobda turuvchi ijtimoi ahamiyatli kasallikka uchragan xodimlarga
umumiy ish stajiga qarab vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgan vaqtiga quyidagi
miqdorda nafaqa to’lanadi:
a) umumiy mehnat staji 8 va undan ko’p yil bo’lgan, xodimlarga ish
haqining 100 % miqdorida;
30
ЎзР ВМнинг «Вақтинчалик иш қобилиятини йўқотганлиги бўйича нафақалар тўлаш доирасини
такомиллаштириш тўғрисида»ги 71-сонли қарори. 2002 йил 28 феврал
235
b) umumiy mehnat staji 5 yildan 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga – ish
haqining 80 % miqdorida;
v) umumiy mehnat staji 5 yilgacha bo’lgan xodimlarga – ish haqining 60 %
miqdorida.
Qolgan kategoriya xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgan
vaqtiga quyidagi miqdorda nafaqa to’lanadi:
- umumiy mehnat staji 8 va undan ko’p yil bo’lgan xodimlarga, shuningdek
21 yoshga chiqmagan yetim xodimlarga ish haqining 80 % miqdorida;
- umumiy mehnat staji 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60 %
miqdorida.
Barcha hollarda vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi bo’yicha
to’lanadigan nafaqa eng kam oylik ish haqidan kam va nafaqa hisoblab topilgan
ish haqidan ko’p bo’lmasligi kerak.
Ish haqi summasiga ish joyida ijtimoiy sug’urta hisoblanadigan, mehnat
haqiga kiritilmaydigan bir yo’la to’lovlardan tashqari, barcha turdagi to’lanmalar
kiradi.
Ishbay ish haqi oladigan shaxslarga nafaqa ishga qobiliyatsizligi boshlangan
oydan oldingi kalendar oyida ishlagan ish haqidan hisoblab topiladi. Oxirgi oy
oyligiga amaldagi Nizomga
31
binoan hisoblab chiqilgan o’rtacha oylik mukofotlar
summasi qo’shiladi.
Vaqtbay haq oladigan shaxslarga nafaqa hisoblash uchun oylik oklad, ishga
qobiliyatsizlik boshlangan kungacha olingan doimiy qo’shimcha haqlar inobatga
olingan holda, kunlik yoki soatlik tarif stavka olinadi. Bunga «Davlat ijtimoiy
sug’urtasi bo’yicha nafaqa tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizom» ga
binoan hisoblab chiqilgan o’rtacha oylik mukofotlar summasi qo’shiladi.
31 «Давлат ижтимоий суғуртаси бўйича нафақа тайинлаш ва тўлаш тартиби тўғрисида»ги Низоми. Ўзбекистон Республикаси Меҳнат ва аҳолини ижтимоий му
ҳ
офаза
қилиш вазирининг 2002 йил 1 апрелдаги 21-сон буйру
ғ
и билан тасдиқланган. (ЎзР МАИМҚВ 25.06.2007 й. М-31-сон Буйруғи билан ўзгартириш киритилган).
|