Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to’lovlar



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

 
6.4. Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to’lovlar 
Korxonalarda ishchi va xodimlarga hisoblangan ish haqidan budjet va 
budjetdan tashqari to’lovlar uchun ma’lum majburiy soliqlar hamda boshqa 
majburiy to’lovlar amalga oshiriladi. 
Ayrim holatlarda O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan 
umumiy qoidaga ko’ra, xodimning yozma roziligi bilan bunday rozilik bo’lmagan 
taqdirda esa - sudning qaroriga asosan ish haqidan ushlanmalar ushlab qolinishi 
mumkin. Bunda quyidagi holatlarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat 
haqidan ushlab qolinadi: 
a) O’zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlarni undirish uchun; 
b) sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun; 
v) ish haqi hisobidan berilgan avansni ushlab qolish uchun xo’jalik ehtiyojlariga, 
xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o’tganligi munosabati bilan berilgan 
bo’lib, sarf qilinmay qolgan va o’z vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish 
uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to’langan summani 
qaytarib olish uchun. Bunday hollarda ish beruvchi avansni qaytarish yoki qarzni 
to’lash uchun belgilangan muddat tamom bo’lgan kundan yohud haq to’lash 
noto’g’ri hisoblab chiqarilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirilmasdan avans 
yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. Agar bu muddat 
o’tib ketgan bo’lsa yoki xo’jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoxud boshqa 
joydagi ishga o’tganligi munosabati bilan berilgan avansning ushlab qolinishini 
asossiz yoki miqdorini noto’g’ri deb hisoblasa, u holda qarz sud tartibida 
undiriladi; 
g) o’z hisobidan xodim ta’til olib bo’lgan, ish yili tugamasdan turib mehnat 
shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlanmagan davriga tegishli kunlari 


237 
uchun. Ana shu kunlar uchun haq xodimning o’qishga kirganligi yoki pensiyaga 
chiqqanligi munosabati bilan bekor qilinganda ushlab qolinmaydi; 
d) xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar 
yetkazilgan zararning miqdori xodimning o’rtacha oylik ish haqidan ortiq 
bo’lmasa; 
e) mehnat intizomini buzganligi uchun o’rtacha oylik ish haqining 20 % idan 
oshmagan miqdorda jarima. 
Ish haqini to’lash vaqtida ushlab qolinadigan ushlanmalarning umumiy 
miqdori xodimga tegishli bo’lgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi 
kerak. 
Ishchi va xizmatchilardan ushlanadigan daromad solig’i amaldagi 
yo’riqnomada
32
belgilangan tartibda ushlanadi. Jismoniy shaxslardan daromad 
solig’i yagona shkala stavkasi bo’yicha yillik jamg’arma daromadidan ushlanadi: 

har bir fuqaroning soliq majburiyatining bazasi bo’lib o’tgan yili barcha 
manbalardan yig’ilgan daromad summasi hisoblanadi; 

oylik daromad oraliq daromad deb hisoblanadi; 

daromadlar miqdoridan qat’iy nazar soliqdan butunlay ozod qilinadigan 
fuqarolar kategoriyasi nazarda tutilmagan. Daromad miqdoridan qat’iy nazar 
O’zbekiston Respublikasining barcha fuqorolari, chet el fuqarolari va fuqarosi 
bo’lmagan shaxslar soliqqa tortiladi; 

agar fuqoroning korxonasidan oladigan ish haqidan tashqari chetdan yana 
boshqa daromadlari bo’lsa, har yili ish haqisini ham qo’shgan holda olingan 
daromadlarining umumiy summasi to’g’risida soliq inspeksiyasiga deklaratsiya 
topshirishi kerak. 
Shuningdek, ushbu yo’riqnomaga muvofiq soliq to’lovchining asosiy ish 
joyidan olingan soliqqa tortiladigan daromadidan har oyda qonun bilan 
32
Ўз Р молия вазирлиги ва Давлат солиқ қўмитасининг «Жисмоний шахсларнинг даромадларидан бюджетга 
солиқ ҳисоблаш ва тўлаш тартиби тўғрисида» ги йўриқнома. 2002 йил 14 январ 


238 
belgilangan eng kam oylik ish haqi summasi chiqarib tashlanmaydi. Jismoniy 
shaxslardan daromad solig’i yagona shkala stavkasi bo’yicha yillik jamg’arma 
daromaddan quyidagi jadval bo’yicha ushlanadi.
33
Soliqqa tortiladigan daromad 
miqdori 
Soliq summasi 
Eng kam ish haqining 6 baravari 
miqdorigacha 
Daromad summasining 13 % 
Eng kam ish haqining 6 
baravaridan yuqori (+1 so’m) 10 
baravari miqdorigacha 
Eng kam ish haqining olti baravari miqdorida 
olinadigan soliq + olti baravaridan oshadigan 
summaning 18 % 
Eng kam ish haqining 10 
baravaridan yuqori (+1 so’m) 
miqdoridan 
Eng kam ish haqining o’n baravari miqdorida 
olinadigan soliq + o’n baravaridan oshadigan 
summaning 25 % 
Daromad solig’i hisoblangan ish haqining butun sonidan hisoblab topiladi. 
Jismoniy shaxslarning ish haqisi va boshqa daromadlaridan ushlangan daromad 
solig’i summasi korxona tomonidan budjetga o’z vaqtida va to’liq o’tkazib 
berilishi kerak. 
Fuqarolarning daromadlaridan davlat budjeti foydasiga ushlangan soliq 
summalarini hisobga olish uchun 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari 
bo’yicha)» passiv schyoti qo’llaniladi. Bu schyotning kredit qoldig’i korxonaning 
budjetdan bo’lgan qarzini ko’rsatadi, debet oboroti – budjetga o’tkazib berilgan 
summani ko’rsatadi; kredit oboroti – ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan 
ushlangan soliq summasini ko’rsatadi. 
33
Солиқ ва божхона хабарлари. 50-сон (646) 2006 йил 12 декабрь 


239 
Masalan, ishchiga yanvar oyida 450000 so’m ish haqi hisoblandi. 
Ushlanadigan daromad solig’i miqdori quyidagicha bo’ladi: Minimal ish haqi 
28040 so’m.
1) 28040 x 6 = 168240 so’m. x 13% / 100% = 21871.2 so’m 
2) 6 baravaridan oshgan summa 112160 so’m x 18% /100% = 20188.8 so’m 
3) 10 baravaridan oshgan summa 169600 so’m x 25% / 100% = 42400 so’m 
4) 
jami 
ushlanadigan 
daromad solig’i 
miqdori 
84460 
so’m 
(21871.2+20188.8+42400) ni tashkil etadi. Ushbu summaga quyidagicha 
buxgalteriya hisobi yozuvi amalga oshiriladi: Dt 6710 «Хodimlar bilan ish haqi 
bo’yicha hisoblashishlar» schyoti -84460 so’m, Kt 6410 «Budjetga to’lovlar 
bo’yicha qarzlar» schyoti -84460 so’m.
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining № PQ-744 qaroriga asosan 
hisoblangan ish haqidan 1% miqdorida xodimlarning yig’ilib boruvchi pеnsiya 
hisob raqamiga ajratma qilinadi. Ammo hisoblangan 1% yig’ilib boruvchi pеnsiya 
hisob raqamiga ajratma, hisoblangan daromad solig’idan ushlab qolinadi. Bunda 
Dt 6410 «Byudjеtga to’lovlar bo’yicha qarzlar» schеti -4500 so’m, Kt 6520 
«Davlat mag’sadli fondlariga to’lovlar» schеti-4500 so’m. Buxgaltеriya yozuvi 
amalga oshiriladi. Mablaq o’tkazilganda, Dt 6520 «Davlat maqsadli fonlariga 
to’lovlar» schеti -4500 so’m, Kt 5110 «Hisob-kitob» schеti -4500 so’m. tarzida 
buxgaltеriya yozuvi amalga oshiriladi. 
Mablag’ o’tkazib berilganda, Dt 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» 
schyoti -79960 so’m., Kt 5110 «Hisob-kitob» schyoti -79960 so’m. 
Ish haqidan Pensiya fondiga 2,5 % miqdorda ajratma hisoblanganda, Dt 
6710 «Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» schyoti -11250 so’m, Kt 
6520 «Davlat maqsadli fonlariga to’lovlar» schyoti -11250 so’m. 
Mablag’ o’tkazilganda, Dt 6520 «Davlat maqsadli fonlariga to’lovlar» 
schyoti -11250 so’m, Kt 5110 «Hisob-kitob» schyoti -11250 so’m. tarzida 
buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi. 


240 
Ijro varaqalari aliment summalarini ushlash va o’tkazib berish uchun asos 
bo’lib hisoblanadi. Olingan ijro varaqalarini buxgalteriyada maxsus jurnal yoki 
kartochkada ro’yxatga oladi. Хodimlarning arizasiga muvofiq alimentlar quyidagi 
hollarda ushlanadi: agar ushlanmalarning umumiy summasi 50 % dan oshsa, 
shuningdek agar sud qarori bilan boshqa onadan bo’lgan bolalar foydasiga, 
mehnatga layoqatsiz ota-onalar foydasiga, xotini (xotinlari) foydasiga. 
Ijro varaqalari bo’yicha olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi 6990 «Boshqa 
majburiyatlar» schyotining 1-«Ijro hujjatlari bo’yicha tashkilot va shaxslar bilan 
hisob - kitoblar» analitik schyotida yuritiladi. 
Aliment hisobot oyi bo’yicha hisoblangan ish haqi, vaqtinchalik ish 
qobiliyatini yo’qotgan davrida hisoblangan nafaqa summasidan soliqlar 
ushlangandan keyin, shuningdek, hisoblangan pensiya va stipendiya summasidan 
ushlanadi. Bu vaqtda buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv rasmiylashtiriladi: 
Dt 6710 «Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar», Kt 6990-
«Boshqa majburiyatlar» schyoti. 
Ish haqi, pensiya va stipendiyalar to’lash uchun belgilangan uch kunlik 
muddat ichida aliment summalari to’lanishi yoki aliment oluvchilar hisobidan 
pochta orqali o’tkazib berilishi kerak. Bunda 6990- schyoti debetlanib 5010- 
schyoti kreditlanadi. 
Moddiy yordam, ixtirochilik, ratsionalizatorlik takliflari uchun berilgan 
rag’batlantirish va shu kabi summalaridan aliment summasi ushlanmaydi. 
Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha ariza-majburiyatlarning hamma summasini 
korxona bank krediti hisobidan savdo tashkilotlariga o’tkazib berganda kreditga 
sotilgan tovarlar bo’yicha ushlanma operatsiyalar sodir bo’ladi. 
Shunday qilib, qisman ushlanmalarni o’nlab savdo tashkilotlariga o’tkazib 
berish uchun bankka to’lov-topshiriqlari yozish vaqti qisqaradi. Bu shakldagi 
hisoblashishlar uchun schyotlar rejasida 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha 
xodimlarning qarzi» schyoti tayinlangan. Bu schyot aktiv bo’lib uning qoldig’i 


241 
korxonaga qaytarilmagan kredit bo’yicha ishchi va xizmatchilarning qarzini 
ko’rsatadi; debet oboroti – bank krediti hisobidan korxonaning yana bergan 
topshiriq-majburiyat summasini ko’rsatadi; kredit oboroti – qarzni qoplash uchun 
ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan summani ko’rsatadi. 
Basharti xodim majburiyat summasini to’liq qoplamasdan boshqa korxonaga 
ishga o’tsa, korxona savdo tashkilotiga xodimning yangi ish joyini ko’rsatib xabar 
beradi. Korxona shuningdek ssuda bo’yicha bank bilan to’liq hisoblashadi. Agar 
korxona o’z xodimlarining kreditga sotib olgan tovarlari bo’yicha bank kreditidan 
foydalanadigan bo’lsa, 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyotida savdo korxonalari 
bo’yicha shaxsiy schyotlar ochadi. 
Ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlanadigan majburiy 
ushlanmalardan tashqari ularning yozma arizalariga muvofiq ixtiyoriy ushlanmalar 
ham bo’lishi mumkin: ish haqini Хalq bankiga, sug’urta tashkilotlariga o’tkazib 
berish, kasaba uyushmalar badallarini to’lash, dalabog’ uy va uchastkalarni qurish 
va obodonlashtirish uchun olingan ssudani qaytarish. Bunday hisoblashish 
muomalalari 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi» va 
6990-«Boshqa majburiyatlar» schyotlarda hisobga olinadi. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin