Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Mehnatga haq to’lash bo’yicha yagona tarif setka



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

Mehnatga haq to’lash bo’yicha yagona tarif setka 
Mehnatga haq 
to’lash 
bo’yicha 
razradlar 
Nolinchi razradga 
nisbatan tarif 
koeffitsiyentlari 
Mehnatga haq 
to’lash bo’yicha 
razradlar 
Nolinchi razradga 
nisbatan tarif 
koeffitsiyentlari 










10 
11 
1,000 
2,377 
2,616 
2,878 
3,165 
3,467 
3,783 
4,112 
4,454 
4,797 
5,147 
5,503 
12 
13 
14 
15 
16 
17 
18 
19 
20 
21 
22 
5,870 
6,242 
6,617 
7,000 
7,388 
7,781 
8,180 
8,585 
8,995 
9,411 
9,830 
Ishchining ish haqi yoki oklad summasini aniqlash uchun nolinchi 
razryadning mehnatiga to’lanadigan summani mazkur ishchiga belgilangan 
razradning koeffitsiyentiga ko’paytirish kerak. Yuqorida keltirilgan yagona tarif 
setkasini budjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar, tashkilot va korxonalar 
qo’llashga majbur. 
O’zining moliyaviy faoliyatini xo’jalik hisobi asosida yurituvchi barcha 
davlat, aksioner korxonalari va tashkilotlari mehnatga haq to’lashning yagona tarif 
setkasi asosida xodimlarning tarif-malakaviy razradlarini belgilashlari zarur. 


220 
Boshqa mulk shaklidagi korxona, tashkilot va muassasalarga yagona tarif setkasi 
asosida xodimlarning tarif-malakaviy setkasini belgilab olish tavsiya qilinadi. 
Тarif stavkalar va okladlar tizimini asosi bo’lgan nolinchi razryadning 
minimal ish haqi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadi. Хususan nolinchi razryadning minimal ish haqisiga va qonunchilik 
bilan belgilangan o’rtacha oy ish kunlarining uzunligiga (ish vaqtining o’rtacha oy 
fondi) qarab 1-razryadning soatlar tarif stavkalarining minimal o’lchami 
aniqlanadi. Chunonchi, nolinchi razradning minimal ish haqisi 28040 so’m va (40 
soatlik ish haftasida) ish vaqtining o’rtacha oylik fondi 169,2 soat bo’lgan taqdirda 
soatlik tarif stavkasining o’lchami 165,72 so’m bo’ladi (28040 : 169,2). 
1-razrad stavkalarini mehnatga haq to’lash shakllari (ishbay ishchilar va 
vaqtbay ishchilar), shuningdek kasb guruhlari va ish turlari (uch guruh stavkalar) 
bo’yicha tabaqalashtirib korxona mehnatga haq to’lash bo’yicha tarif setkasini 
ishlab chiqishi mumkin. Bir korxona moliyaviy imkoniyatlari va boshqa ishlab 
chiqarish ko’rsatkichlariga qarab o’zining tarif koeffitsiyentlarini ishlab chiqadi. 
Hozirgi vaqtda byudjеtdan moliyalashtiriladigan muassasasalar, tashkilotlar 
va korxonalarda xodimlar mеhnatiga haq to’lash O’zR VMning 2006 yil 26 
oktyabrdagi 218-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yagona tarif sеtkasi (YaTS)ga 
asosan olib boriladi. U o’z ichiga 22 tarif razryadini oladi va tarif koeffitsiеntlari 
orqali turli xil razryaddagi ish va ishchilar (malaka) o’rtasidagi mеhnatga haq 
to’lash nisbatini namoyon etadi. 
Shundan kеlib chiqqan holda, 1-razryad xodimning tarif maoshi, nolinchi 
razryad tarif stavkasini uning razryadiga mos bo’lgan koeffitsiеntga ko’paytirish 
yordamida hisoblanadi. Shunday qilib, xodimning oylik ish haqi quyidagiga tеng: 
28040 x 2,377= 66651,08 so’m,
bu еrda: 


221 
28040
29
- nolinchi razryad tarif stavkasi miqdori, qaysiki qonunchilik bilan 
bеlgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam bo’lishi mumkin emas. 
2,377 - YaTSga asosan 1-razryad uchun tarif koeffitsiеnti.
Mehnatga haq to’lashni tashkil etishning asosiy elementi bo’lib, mahsulot 
birligini ishlab chiqarishga yoki ma’lum tashkiliy-texnik sharoitlarida berilgan ish 
hajmini bajarishga sarflanadigan mehnat o’lchamini belgilovchi, mehnatni 
normalashtirish hisoblanadi. 
Mehnatni normalash, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning asosiy tarkibiy 
qismi sifatida, ishlab chiqarish normasini va vaqt normasini o’z ichiga oladi. 
Normal ish sharoitida belgilangan vaqt (soat, smena, oy) birligida ishlab chiqarsa 
bo’ladigan normalashtiriluvchi mahsulot birligi (dona, metr, tonna)ning miqdori 
ishlab chiqarish normasi bilan belgilanadi. Vaqt normasi esa ma’lum tashkiliy-
texnikaviy sharoitlarda ish bajarish uchun zarur bo’ladigan vaqtni (min., soat) 
nazarda tutadi. 
Korxonalarga mehnatga haq to’lash shakl va tizimlarini mustaqil belgilash 
huquqi berilgan. Mehnatga haq to’lashning ikkita shakli mavjud: ishbay va 
vaqtbay. Mehnatga ishbay shaklida haq to’langanda ish haqi, mahsulotning sifati, 
murakkabligi va ish sharoitini hisobga olgan holda, ishlab chiqarilgan mahsulot 
birligining miqdoriga bog’liq. Vaqtbay shaklida ish haqi, xodimlar malakasi va ish 
sharoitini hisobga olgan holda, sarflangan (haqiqiy ishlagan) vaqtning miqdoriga 
bog’liq. 
Ishbay ish haqi shakli ishchilarni, ilg’or tajribalardan foydalangan holda, 
mehnat unumdorligini oshirishga moddiy jihatdan qiziqtiradi. Mehnatga haq 
to’lashning bu shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini qat’iy tekshirish zarur. 
Mehnatga haq to’lashning ishbay shakli quyidagi mehnatga haq to’lash tizimlariga 
29
2008 yil 16 noyabrdan boshlab eng kam oylik ish haqi miqdori 28040 so’m miqdorida bеlgilandi (O’zR 
Prеzidеntining 22.10.2008 y.dagi "Ish haqi, pеnsiyalar, stipеndiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish 
to’g’risida"gi Farmoni).


222 
bo’linadi: 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin