39
amalga oshirilayotgan xo’jalik siyosati bilan belgilanadi va quyidagilardan:
hisobda aks ettiriladigan obyektlarni boshqarish uchun ma’lumotlarni
yig’ish, ularni filtrlash va kerakli axborotni shakllantirish;
korxonalar faoliyati natijalari haqidagi axborotni o’lchash va taqdim etish;
soliq organlariga mahalliy soliqlar, ish haqiga olinadigan soliqlar va ijtimoiy
sug’urtaga ajratmalar, pensiya fondlari, ish bilan ta’minlash fondi, mulklar,
transport vositalariga soliqlar, aksiz yig’imlari va qo’shilgan qiymat soliqlari va
hokazolar bo’yicha to’lovlarning to’g’riligini nazorat qilish;
xo’jalik hisobini mustahkamlashga yordam berish;
xo’jalik operatsiyalarini samarali boshqarishdan iboratdir;
Yuqorida keltirilgan vazifalardan tashqari xalq xo’jalik hisobi boshqa
vazifalarni ham bajaradi. Хo’jalikdagi imkoniyatlarni yuzaga chiqarish va ulardan
foydalanishga ta’sir ko’rsatadi. Uning ma’lumotlari bo’yicha ishlab chiqarishni
kengaytirish imkoniyatlari, asbob-uskunalaridan foydalanishni yaxshilash,
mablag’larni unumsiz sarflash sabablari aniqlanadi, korxona xo’jalik faoliyatidagi
kamchiliklarni bartaraf qilish va uni yaxshilash yo’llari belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi butun mamlakat bo’yicha hamda har bir korxona,
tashkilot va muassasa bo’yicha belgilangan ishlab chiqarish dasturining
bajarilishini aks ettiradi.
Хo’jalik hisobining oldiga qo’yilgan vazifalariga qarab, ularning uch turi
mavjud:
Dostları ilə paylaş: